Iqtisodiyot
O‘zbekiston Italiya bilan investitsiya bitimini tasdiqladi
Prezidentning 2025 yil 31 oktyabrdagi PQ–326-son qarori bilan O‘zbekiston hukumati va Italiya hukumati o‘rtasida investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. Hujjat 2025 yil 29 may kuni Samarqand shahrida imzolangan.
Qarorga muvofiq, ushbu xalqaro shartnoma investorlar huquqlarini muhofaza qilish, sarmoyalarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish, nizolarni hal etish mexanizmlarini belgilash va ikki mamlakat o‘rtasidagi sarmoyaviy hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bitim ijrosi uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi. Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari shartnoma kuchga kirgandan so‘ng uning qoidalari to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Bitim xalqaro-huquqiy tartib-qoidalarga muvofiq kuchga kiradi, texnik tartibotlar, ratifikatsiya hujjatlarini almashish va amaliy yo‘l xaritasi yuzasidan qo‘shimcha rasmiy ma’lumotlar taqdim etilgan sari jamoatchilikka e’lon qilinadi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda Xitoy, Rossiya va Turkiya sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni oshib bormoqda
Iqtisodiyot | 15:31
279
2 daqiqa o‘qiladi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 noyabr holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 17 595 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning soni oxirgi besh yil ichida 1,9 barobarga oshgan bo‘lib, eng ko‘p korxonalar Xitoy, Rossiya va Turkiya sarmoyadorlari ishtirokida tashkil etilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatdagi chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalarning 4 204 tasi – qo‘shma, 13 391 tasi – xorijiy korxona hisoblanadi.
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha top-10 davlat quyidagicha shakllandi:
Xitoy – 4 731 ta;
Rossiya – 3 177 ta;
Turkiya – 2 090 ta;
Qozog‘iston – 1 185 ta;
Janubiy Koreya – 683 ta;
Afg‘oniston – 636 ta;
BAA – 396 ta;
Tojikiston – 379 ta;
Hindiston – 356 ta;
AQSh – 328 ta.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida esa chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar quyidagi yo‘nalishlarda to‘planishgan:
savdo – 6 286 ta;
sanoat – 3 647 ta;
qurilish – 1 358 ta;
axborot va aloqa – 1 354 ta;
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 725 ta;
tashish va saqlash – 572 ta;
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 437 ta;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 206 ta;
boshqa turlar – 3 010 ta.
Ma’lumotlar chet el sarmoyadorlarining O‘zbekiston bozoriga qiziqishi ortib borayotgani, ayniqsa savdo va sanoat sohalarida faollik yuqori ekanini ko‘rsatmoqda.
Iqtisodiyot
Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlarga qo‘yiladigan yangi talablar tasdiqlanadi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlarni toifaga ajratish mezonlari, ularning moliyaviy hisoboti va auditiga qo‘yiladigan talablar hamda reyestrni shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini e’lon qildi.
Nizomga ko‘ra:
jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar toifasiga kiritish mezonlari belgilab qo‘yiladi;
bunday tashkilotlar 2026 yil 1 yanvardan boshlab bosqichma-bosqich Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida buxgalteriya hisobi yuritadi va moliyaviy hisobot tuzadi;
jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlarning yillik moliyaviy hisoboti tegishli tartibda auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshiriladi va auditning xalqaro standartlariga muvofiq auditorlik xulosasi rasmiylashtiriladi;
jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar reyestri maxsus vakolatli davlat organi tomonidan elektron shaklda yuritiladi hamda har yili Hukumat portali yagona platformasi va Ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtiriladi.
Shuningdek, Nizomda jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar tomonidan:
moliyaviy hisobotlar va konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni,
auditorlik xulosalarini
oraliq elektron platformalar orqali oshkor qilib borish majburiyati nazarda tutilgan.
Qayd etilishicha, moliyaviy hisobot va auditorlik xulosalarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki oshkor qilmaslik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Iqtisodiyot
2025 yilning eng tez rivojlanayotgan mamlakatlari
Bugungi kunda jahon iqtisodiyoti real yalpi ichki mahsulot (YaIM) o‘sish sur’atlari bo‘yicha ziddiyatli manzarani namoyon qilmoqda. Yevropa iqtisodiy o‘sish sur’atlarining sekinlashuvi bilan to‘qnash kelayotgan bir paytda, qator rivojlanayotgan mamlakatlar, aksincha, global o‘rtacha darajadan kamida ikki baravar tez sur’atda rivojlanmoqda. Janubiy Sudandan to Efiopiyagacha – 2025 yilda iqtisodiy yuksalishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida eksport salohiyati namoyon bo‘lmoqda.
Yuqoridagi infografikada Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ)ning World Economic Outlook nomli so‘nggi hisobotiga ko‘ra, 2025 yilning eng tez o‘suvchi iqtisodiyotlari ko‘rsatilgan. Janubiy Sudan iqtisodiyoti o‘tgan yili shikastlangan asosiy neft quvur liniyasini tiklashdan keyin deyarli 25 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Shunga qaramay, Janubiy Sudan iqtisodiyoti juda ham zaif holatda qolmoqda. Qo‘shni Sudandagi mojaro mamlakat milliy daromadining taxminan 90 foizini tashkil etuvchi neft yetkazib berishni yana izdan chiqarishi mumkin.
Xuddi shunday, Liviya va Gayanada YaIMning yuqori o‘sishi ham neft eksporti hajmlarining oshishi bilan bog‘liq. Xususan, Gayana neft sanoati 2025 yilning o‘zida taxminan 2,5 milliard dollar daromad keltirishi, 2030 yilga borib esa mamlakat sohillari yaqinida ochilgan yirik konlar hisobiga bu ko‘rsatkich 10 milliard dollarga yetishi mumkinligi qayd etilgan.
Rivojlangan iqtisodiyotlar orasida ushbu ro‘yxatga faqat Irlandiya kirdi. Bu yerda o‘sish, asosan, Tramp ma’muriyati tomonidan tariflar joriy etilishidan oldin farmatsevtika mahsulotlari eksporti oshishi hisobiga ta’minlanmoqda.
Shu orada, savdo sohasidagi keskinliklar saqlanib qolayotganiga qaramay, Hindiston iqtisodiyoti 6,6 foizga o‘sishi kutilmoqda. Dunyoda eng yuqori darajadagi boj stavkalaridan biri sanaladigan 33–36 foizlik bojlarga qaramasdan, AQShga tovar eksporti mamlakat YaIMning taxminan 2 foizini ta’minlab beruvchi muhim omil bo‘lib qolmoqda.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yana dollar qimmatlashib bormoqda
O‘zbekistonda yana dollar qimmatlashib bormoqda
Source link
Iqtisodiyot
Markaziy Osiyo davlatlari umumiy sanoat brendini yaratadi
2025 yil 13 noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashabbusi bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarboyjon savdo va investitsiyalar vazirlari kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, Made in Central Asia sanoat brendini shakllantirish va qo‘shma ishlab chiqarishlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirning asosiy maqsadi mintaqa davlatlari o‘rtasida savdo, investitsiya va sanoat kooperatsiyasi sohalarida amaliy hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish hamda kooperatsion ishlab chiqarishlarni yaratishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishdan iborat bo‘ldi. Ushbu yig‘ilish mintaqaviy iqtisodiy muloqotni institutsional asosda rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida qayd etildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri Arman Shakkaliyev, Tojikiston iqtisodiy taraqqiyot va savdo vaziri Zavqi Zavqizoda, Turkmanistonning savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Nazar Agahanov, Ozarboyjon iqtisodiyot vaziri birinchi o‘rinbosari Elnur Aliyev, Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Duyshonkul Chotonov ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida Markaziy Osiyo mamlakatlarining savdo va investitsiya uchun mas’ul rahbarlari o‘zaro savdoni rivojlantirish va sanoat integratsiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni muhokama qildi.
Xususan, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 20 milliard AQSh dollariga yetkazish bo‘yicha samarali mexanizmlarni yaratish;
Made in Central Asia brendi ostida qo‘shma ishlab chiqarish maydonlarini shakllantirish;
xalqaro moliya institutlari va yirik investorlarni infratuzilma va sanoat loyihalariga jalb etish.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro savdosi so‘nggi yillarda barqaror o‘sish sur’atlarini namoyon etmoqda.
2017 yilda tovar ayirboshlash hajmi 3,2 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib bu ko‘rsatkich ikki baravaridan ortiq o‘sib, 6,9 mlrd dollarga yetdi.
Shu jumladan:
Qozog‘iston bilan savdo hajmi 4 mlrd dollarga yaqinlashgan;
Qirg‘iziston bilan – 700 mln dollar atrofida;
Tojikiston bilan – 570 mln dollardan oshgan;
Turkmaniston bilan so‘nggi besh yilda savdo ikki baravaridan ko‘proq o‘sib, 1,15 mlrd dollarga yetgan;
Ozarboyjon bilan savdo aylanmasi esa joriy yil boshidan buyon 13 foizga o‘sgani qayd etildi.
Yig‘ilishda bojxona va chegara tartib-taomillarini yanada optimallashtirish, transport-logistika infratuzilmasini uyg‘unlashtirish, ishlab chiqarish zanjirlarini birlashtira oladigan sanoat hablarini yaratish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, xomashyo va texnologik imkoniyatlarni birgalikda o‘zlashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar eksportini kengaytirish yo‘nalishlari bo‘yicha ham taklif va tashabbuslar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, kooperatsiya va qo‘shma ishlab chiqarishlarni rivojlantirish, shuningdek, investitsion o‘zaro hamkorlikning yangi mexanizmlarini shakllantirishga oid asosiy kelishuvlarni o‘z ichiga olgan qo‘shma kommyunike imzolandi.
Tadbir konstruktiv va ishchan ruhda o‘tdi hamda Markaziy Osiyo davlatlarining sanoat va investitsiya sohalarida eng dinamik rivojlanayotgan hududlardan biri sifatida mintaqaning birgalikda ilgarilashini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini yana bir bor tasdiqladi.
-
Jamiyat3 days agoIsh vaqtidan tashqari ishlaganlarga ikki hissagacha haq to‘lanadi
-
Jamiyat3 days agoToshkent uchun yana 56 dona zamonaviy metro vagonlari xarid qilinadi
-
Jamiyat3 days agoTezkor tadbirlarda valuta ayirboshlashning noqonuniy sxemalari aniqlandi
-
Jamiyat4 days agoPrezident huzurida ekologiya bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi
-
Dunyodan3 days agoIsroil ko’chmanchilari G’arbiy Siqilning hujumi sifatida Falastin omborlari va erlariga o’t qo’yishdi
-
Iqtisodiyot1 day agoO‘zbekistonda qariyb yarim million korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda
-
Jamiyat4 days agoSamarqand va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotishga urinishlar fosh etildi
-
Dunyodan3 days agoVenesuela biz bilan taranglik sharoitida harbiy mashqlarni boshlaydi
