Sport

O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Published

on


Futbolchilar 3:3 hisobidagi durangdan so‘ng penaltilar seriyasida dramatik g‘alabaga erishdi.

O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 23 yillik tanaffusdan so‘ng Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Sport vazirligi.

Poytaxtdagi Bunyodkor stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Nepal jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Qayd etilishicha, futbolchilar 3:3 hisobidagi durangdan so‘ng penaltilar seriyasida dramatik g‘alabaga erishdi va Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Guruhning 5 iyul kuni bo‘lib o‘tgan so‘nggi o‘yinida asosiy vaqt 3:3 (penalti — 4:2) hisobida yakunlandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version