Iqtisodiyot
O‘zbekiston asosan qaysi davlatlarga eksport qilmoqda?
2026-yil yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonning umumiy eksport hajmi qariyb 10 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, mamlakat mahsulotlari eng ko‘p Rossiya, Xitoy va Afg‘oniston bozorlariga yetkazib berilgan.
Eksport geografiyasi O‘zbekiston tashqi savdosida qo‘shni davlatlar va yirik iqtisodiyotlarga e’tibor kuchliligicha qolayotganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, Rossiya 1,5 milliard dollarlik ko‘rsatkich bilan mamlakatning eng yirik eksport bozori bo‘lib turibdi.
Ikkinchi o‘rinni 919,6 million dollar bilan Xitoy egallagan bo‘lsa, Afg‘oniston 643,7 million dollarlik natija bilan uchinchi o‘rindan joy oldi.
Shuningdek, bu davrda Fransiyaga eksport hajmi 498,6 million dollarga yetgan. Bu ko‘rsatkich mamlakatning Yevropa bozorlaridagi ishtirokini kengaytirish imkoniyatlari mavjudligini ko‘rsatadi.
Qozog‘istonga 425,5 million dollarlik, Turkiyaga 361,4 million dollarlik mahsulot eksport qilingan. Shu jumladan, Birlashgan Arab Amirliklariga eksport hajmi 265,5 million dollarni tashkil etgan.
Qirg‘izistonga 254,2 million dollarlik, Tojikistonga 213,3 million dollarlik mahsulot yetkazib berilgan. AQSh esa 122,5 million dollarlik eksport bilan o‘nlikdan joy olgan.