Connect with us

Iqtisodiyot

O‘zbekiston Afg‘onistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

Published

on


Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Afg‘onistonning yetakchi farmatsevtika distribyutor kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Foto: Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama farmatsevtika sohasidagi hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan:

➡️ O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida farmatsevtika mahsulotlari eksport-importi hajmini oshirish;

➡️ Afg‘oniston hududida qo‘shma farmatsevtika ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish;

➡️ malakali kadrlar tayyorlash va tajriba almashish;

➡️ farmatsevtika sanoatidagi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Delegatsiya uchun O‘zbekistonning yetakchi farmatsevtika korxonalariga “tanishuv tur” tashkil qilindi. Mehmonlar xalqaro GMP standartlariga mos ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik liniyalar, laboratoriya va nazorat tizimlari bilan yaqindan tanishdi.

Afg‘onistonlik tadbirkorlar O‘zbekiston farmatsevtika sanoatining jadal rivojlanayotganini, mahsulotlarning sifati va eksport salohiyati yuqori ekanini e’tirof etdi. Ular Afg‘oniston bozorida O‘zbekiston mahsulotlariga ehtiyoj yuqori ekanini qayd etdilar va tez fursatda qo‘shma korxonalarni ishga tushirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Avtosug‘urta narxlari bir yilda qariyb 3 barobarga oshdi — Markaziy bank

Published

on


O‘zbekiston Markaziy banki 2026-yil mart oyidagi xizmatlar narxi yillik o‘zgarishiga oid ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, eng katta narx o‘sishi 281,8 foiz bilan shaxsiy transport vositalarini sug‘urtalashda qayd etildi.

Trolleybusda yo‘l haqi bir yilda 100 foizga, tarmoq gaz 39,2 foizga, sovuq suv 35,1 foizga qimmatladi. Haydovchilik kurslari narxi ham 35,8 foizga oshdi.

Shuningdek, chiqindi tashlash xizmati 28,7 foiz, suyultirilgan gaz 25 foiz, tramvayda yo‘l haqi 23,3 foiz, muzey xizmatlari esa 21,1 foizga qimmatladi.

Arzonlashgan xizmatlar ro‘yxatida ichki yo‘lovchi havo transporti birinchi o‘rinda — yillik 10,9 foizga tushdi. Pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash 6,7 foizga, xalqaro yo‘lovchi havo transporti 5,5 foizga arzonladi.

Shu jumladan, nodavlat oliy ta’lim muassasalarida o‘qish narxi 0,5 foizga, mikromoliyaviy xizmatlar esa 0,02 foizga pasaydi. Metroda yo‘l haqi, mobil internet, davlat maktabgacha ta’lim va davlat OTMlarida o‘qish narxlari o‘zgarmadi.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, iste’mol narxlari indeksi savatidagi jami 98 turdagi xizmatdan 68 tasining, ya’ni 69 foizining yillik narx o‘sishi 10 foizdan past bo‘ldi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

16-apreldan dollar sezilarli ravishda oshadi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 16-apreldan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 49,05 so‘mga oshib, 12 190,43 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 49,29 so‘mga oshdi va 14 362,76 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 526,57 so‘m bo‘ldi (+83,5).

Rossiya rubli 162,09 so‘m etib belgilandi (+1,83).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonga kofe importi keskin kamaydi

Published

on


2026-yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonga 20 ta xorijiy davlatdan 136,2 tonna kofe import qilindi. Uning umumiy qiymati 1,6 mln AQSh dollarini tashkil etgan, deya xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 65,4 tonnaga yoki 32,4 foizga kamaygan. Shu tariqa, mamlakatga kofe yetkazib berish hajmida sezilarli pasayish qayd etilgan.

2026-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistonga eng ko‘p kofe yetkazib bergan davlat 46,3 tonna bilan Italiya bo‘ldi.

Shuningdek, Efiopiya 26,7 tonna, Vetnam 15 tonna, Germaniya 14,8 tonna va Rossiya 14,2 tonna hajmda kofe eksport qilgan.

Qolgan 19,2 tonna kofe esa boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu esa import bozorida bir nechta asosiy yetkazib beruvchilar ustunligini ko‘rsatadi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

18:01 O‘zbekistonga smartfon va noutbuklar importining yangicha kanali ochiladi

Published

on



18:01

O‘zbekistonga smartfon va noutbuklar importining yangicha kanali ochiladi



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston avtomobil bozorida Chevrolet’ning ulushi 80 foizdan pasaydi

Published

on


UzAuto Motors 1-chorakda sotuvlarni 12 foizga oshirishga erishdi, lekin boshqalar undan ancha tezroq o‘syapti. Masalan, BYD Uzbekistan hozir o‘tgan yilga qaraganda 2 barobar ko‘proq avtomobil sotmoqda. O‘tgan bir yil davomida Yuan Up’ga talab 5 barobarga oshdi. Song Plus sotuvlari esa 2 karraga ko‘paydi.

O‘zbekiston avtomobil sanoati korxonalari 2026 yil 1-choragida 91 088 ta avtomobil sotdi, deya xabar berdi “O‘zavtosanoat” AJ. Bu ko‘rsatkich – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15 735 taga yoki 21 foizga ko‘p.

Bir yillik dinamikaga qaralsa, BYD Uzbekistan sotuvlarni qariyb 2 barobarga oshirgani e’tiborli. Kompaniya o‘tgan yili yanvar-mart oylarida 4045 ta avtomobil sotgan bo‘lsa, joriy yilning shu davrida sotuvlari 93 foizga oshgan va 7799 taga yetgan.

Shuningdek, 1-chorakda ADM Jizzakh sotuvlari 26 foizga (8623 tadan 10 886 taga), Khorezm Auto sotuvlari 24 foizga (21 275 tadan 26 348 taga) oshgan.

Bozor yetakchisi UzAuto Motors esa 12 foizlik o‘sishga erishgan: 1-chorakda sotilgan avtomobillar soni 40 985 tadan 45 881 taga yetgan.

Avtomobil brendlari kesimidagi raqamlarga kelsak, Chevrolet brendining bozordagi ulushi 80 foizdan pasayganini ko‘rish mumkin: o‘tgan yili 1-chorakda bu brendga mansub avtomobillar bozorning 82,6 foizini tashkil etgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 79,3 foizgacha tushgan.

Shu bilan birga, Chevrolet sotuvlari 16 foizga oshganini ham qayd etish lozim. Lekin boshqa brendlar, aniqrog‘i BYD (+93%) va Kia (+65%) sotuvlari bozor yetakchisiga qaraganda tezroq o‘sgani natijasida, o‘tgan bir yil davomida Chevrolet’ning bozordagi dominant ulushi 3,3 foiz punktga qisqargan.

Avtomobil modellari qatori yetakchisi – Chevrolet Cobalt sotuvi joriy yil birinchi chorakda 24 mingtaga yetmagan, bu – 17 foizlik pasayishni ko‘rsatadi.

Damas, Tracker va Onix’ga talab esa sezilarli oshgan: Damas sotuvi 22 foizga (18,8 mingta sotilgan), Tracker xaridorlari 55 foizga (11,2 mingta), Onix sotuvlari esa 156 foizga (10,4 mingta) ko‘paygan.

Chevrolet brendidan tashqarida eng ko‘p sotilayotgan model hamon Kia Sonet bo‘lib qolmoqda: bu avtomobil joriy yil 1-chorakda salkam 5600 ta sotildi, bu – bir yil oldingiga qaraganda 43 foizga ko‘p.

Keyingi o‘rindagi BYD Song Plus Champion DMI sotuvlari 2 barobarga oshgan (2,8 mingta sotilgan, +97%), lekin o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi u emas.

BYD Uzbekistan o‘tgan yili shu davrda qariyb 400 ta Yuan Up sotgan edi, joriy yilda esa bu ko‘rsatkich 2,1 mingtaga yetdi. Ya’ni bu modelga talab o‘tgan bir yil davomida 5,2 barobarga oshgan.

“O‘zavtosanoat” AJ e’lon qilgan infografikalar

2025 yil 1-chorak:

2026 yil 1-chorak:



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.