Connect with us

Siyosat

O‘zbek mutaxassislarining Koreya laboratoriyalari hamda ilg‘or korxonalarida stajirovka o‘tashi bo‘yicha yagona dastur yo‘lga qo‘yiladi

Published

on


Seul shahriga tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev birinchi «Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi» biznes sammitida ishtirok etdi.

Tadbirda Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon hamda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdilar.

Mamlakatimiz yetakchisi biznes sammit ishtirokchilarini samimiy qutlab, «Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi» formati bugun sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Davlatimiz rahbari hamkorlikni mamlakatlar salohiyatining bir-birini to‘ldirishi tamoyili asosida yo‘lga qo‘yishni taklif etdi. Bunda koreys kompaniyalari Markaziy Osiyoni 80 milliondan ortiq aholiga, o‘sib borayotgan talabga hamda katta resurs, energetika va inson salohiyatiga ega yagona imkoniyatlar makoni sifatida qabul qilishi muhimligi ta’kidlandi.

Har bir mamlakatning xomashyo bazasidan kelib chiqib, Markaziy Osiyoda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va to‘liq ishlab chiqarish zanjirlarini yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Masalan, O‘zbekistonning mineral-xomashyo bazasi kamida 3 trillion dollarga baholanmoqda.

Muhim minerallar sohasida yaqin yillarda umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 120 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Mintaqaning resurs bazasini Koreyaning moliyaviy va texnologik imkoniyatlari bilan birlashtirib, asosiy e’tiborni xomashyo eksportidan ko‘ra uni chuqur qayta ishlash va tayyor yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratish taklif etildi.

Qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va kadrlar tayyorlash muhim yo‘nalish sifatida belgilandi. Mamlakatlarimizga Koreya kompaniyalari, universitetlari va tadqiqot markazlarini jalb etib, intellektual mulk huquqi bilan himoyalangan yangi mahsulotlarni ishlab chiqish uchun yagona hamkorlik tizimini yaratish taklif qilindi.

Sun’iy intellektga alohida e’tibor qaratildi. U besh yil davomida har bir mamlakat iqtisodiyotida kamida 10 milliard dollarlik qo‘shilgan qiymat yaratish imkonini beradi. Shu maqsadda Qoraqalpog‘istonda sun’iy intellekt data-markazlari uchun keng imtiyozlarga ega xab tashkil etildi. Koreys kompaniyalari ushbu sohaga investitsiya kiritishga taklif qilindi.

Yarimo‘tkazgichlar va mikroelektronika ishlab chiqarishda hamkorlikning istiqbolli ekani qayd etildi. Nurafshon shahridagi Kelajak texnologiyalari markazi negizida yarimo‘tkazgichlar, sanoat mikroelektronikasi va yangi materiallarni loyihalash hamda sinovdan o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma markaz tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Koreya va Markaziy Osiyo kompaniyalarining ilmiy-tadqiqot bo‘linmalari hamda laboratoriyalarini joylashtirish uchun sharoit yaratishga tayyor.

Biotexnologiyalar va farmatsevtikani rivojlantirishda katta salohiyat mavjud. O‘zbekistonda dori vositalari va tibbiy buyumlar bozori hajmi 3 milliard dollarga yetdi. Tadqiqotlar, klinik baza va ishlab chiqarishni birlashtiruvchi biofarmatsevtika klasterini tashkil etish taklif qilindi.

Bunda asosiy e’tibor mutaxassislar tayyorlashga, jumladan, mintaqa miqyosida muhandislarni o‘qitish va ularning Koreya laboratoriyalari hamda ilg‘or korxonalarida stajirovka o‘tashini tashkil etish bo‘yicha yagona dasturni yo‘lga qo‘yishga qaratildi.

Koreys kompaniyalari misni qayta ishlash, elektrotexnika uskunalarini ishlab chiqarish, avtomobil va elektromobil sanoati uchun butlovchi qismlarni mahalliylashtirish, robototexnika va avtomatlashtirish, biotexnologiyalar va farmatsevtika, gidroenergetika, energiyani saqlash tizimlari, energetika tarmoqlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, transport va shahar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga taklif etildi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi spikeri bilan uchrashdi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida 15 sentyabr kuni Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Cho Chjon Shik bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston – Koreya alohida strategik sheriklik munosabatlarini ilgari surishda ikki mamlakat parlamentlari muhim o‘rin tutayotgani ta’kidlandi.

Parlamentlararo “do‘stlik guruhlari” faol ish olib bormoqda, parlament delegatsiyalarining muntazam tashriflari amalga oshirilmoqda, qonun chiqaruvchi organlarning tegishli qo‘mitalari o‘rtasida samarali tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.

Milliy Assambleya va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkala palatasida “Elektron parlament” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Oliy darajada erishilgan, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarning amalga oshirilishi ustidan parlament monitoringini ta’minlash maqsadida o‘zaro hamkorlik mexanizmini yaratish zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida 2027-yilda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 35 yilligi munosabati bilan “parlament diplomatiyasi” yo‘nalishida bir qator tadbirlar o‘tkazishga kelishib olindi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston — Koreya biznes forumidagi asosiy fikrlari

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyevning Seuldagi O‘zbekiston – Koreya biznes forumi ochilishidagi nutqidan asosiy fikrlari taqdim etildi. Jumladan:

​Koreya – O‘zbekistonning vaqt sinovidan o‘tgan do‘sti va alohida strategik sherigi;

​Koreya biznesi O‘zbekistonda shunchaki faoliyat yuritishga emas, balki yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, texnologiyalar va infratuzilmani rivojlantirishga investitsiya kiritishga taklif qilindi;

​Maqsad – O‘zbekistonni mintaqadagi asosiy ishlab chiqarish, texnologik va eksport maydonlaridan biriga aylantirish;

​Mamlakatimizda muhim minerallar sohasida yaqin yillarda umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 120 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan;

​O‘zbekistonning tabiiy resurslari, inson kapitali va o‘sib borayotgan bozorini Koreyaning texnologiyalari, muhandislik tajribasi va jahon brendlari bilan uyg‘unlashtirish taklif etildi;

​Ustuvor vazifa – shunchaki xomashyo eksport qilish emas, balki O‘zbekistonda chuqur qayta ishlashdan tortib, tayyor yuqori texnologigali mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish;

​2030 yilga qadar O‘zbekiston elektrotexnika sanoati hajmini 11 milliard dollarga, eksportni esa 5 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan;

​Strategik vazifa – yig‘uv ishlab chiqarishlaridan zamonaviy, to‘liq siklli klasterlarga o‘tish;

​Koreya kompaniyalari, universitetlari va tadqiqot markazlarini o‘zbekistonlik hamkorlar bilan yagona tandemga birlashtirish taklif etildi;

​Nafaqat mahsulot ishlab chiqarish, balki intellektual mulk huquqiga ega bo‘lgan yangi mahsulotlarni ishlab chiqish ham muhim;

​Koreyaning yetakchi kompaniyalariga ilmiy tadqiqotlar, klinik baza va ishlab chiqarishni birlashtirgan biofarmatsevtika klasteri tashkil etish taklif qilinmoqda;

​Asosiy e’tibor mutaxassislar tayyorlashga qaratilishi lozim. Shu bois, O‘zbekiston – Koreya muhandislarni tayyorlash yagona ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish muhim hisoblanadi;

​Koreya investorlariga transport va shahar infratuzilmasi sohasidagi loyihalar – Yangi Toshkentdagi obyektlar, aeroportlar, temir yo‘llar, avtomobil magistrallari va logistika markazlari taklif etildi;

​O‘zbekiston Koreya kompaniyalarining Markaziy Osiyodagi ishlab chiqarish va eksport xabiga aylanishi uchun barcha imkoniyatlarga ega. Shu maqsadda O‘zbekiston – Koreya sanoat-texnologik alyansini tashkil etish taklif qilindi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston va Koreya hamkorligiga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi

Published

on


Koreya Respublikasining yetakchi nashrlaridan biri — The Chosun Daily gazetasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik» sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.

Davlat rahbari maqolada O‘zbekiston va Koreya munosabatlari tarixiy ildizlarga ega ekanini ta’kidlab, bugungi kunda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar «alohida strategik sheriklik» darajasiga ko‘tarilganini qayd etgan.

Prezidentning ta’kidlashicha, Koreya O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng yaqin va ishonchli iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ikki tomonlama savdo hajmi besh barobar oshgan, Koreya investitsiyalarining umumiy hajmi 8 milliard dollardan oshgan va 700 dan ziyod qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda.

Maqolada sun’iy intellekt, yarimo‘tkazgichlar, robototexnika, elektromobillar, biofarmatsevtika, «aqlli» qishloq xo‘jaligi va «aqlli» shaharlar kelgusi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Koreya kompaniyalarining mamlakatda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish markazlarini tashkil etishini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekani bildirilgan.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Koreya hamkorligini XXI asrning «yangi Ipak yo‘li»ga qiyoslagan. Uning fikricha, Koreya texnologiyalari va kapitali Markaziy Osiyoning resurslari va geografik imkoniyatlari bilan uyg‘unlashsa, yangi qiymat zanjirlari, zamonaviy ishlab chiqarish tarmoqlari va logistika yo‘laklarini shakllantirish mumkin.

Prezident, shuningdek, ta’lim va inson kapitaliga alohida urg‘u berib, Koreya universitetlari va ilmiy muassasalari bilan akademik almashinuvlar, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda ilmiy-tadqiqot markazlarini kengaytirish muhimligini qayd etgan.

Maqolada O‘zbekistondagi koreys diasporasining ikki xalq o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashdagi o‘rni ham alohida e’tirof etilgan. Prezident Koreyani «qalbida alohida o‘rin tutuvchi mamlakat» deb atagan.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Seuldagi Milliy yodgorlik majmuasiga bordi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yurt ozodligi va mustaqilligi yo‘lida jon fido qilgan vatanparvarlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatishdan boshlandi.

Davlatimiz rahbari rafiqasi bilan birga Seuldagi Milliy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Xotira ustuni poyiga gulchambar qo‘ydi hamda Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi prezidenti qarorgohida tantanali kutib olindi

Published

on


14-sentyabr kuni Koreya Respublikasi Prezidentining “Chong Va De” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari va rafiqasini Prezident Li Chje Myon va rafiqasi qarshi oldilar.

Oliy martabali mehmon sharafiga Faxriy qorovul saf tortdi. Ikki davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Shundan so‘ng davlatimiz rahbari “Chong Va De” saroyining Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.

Birgalikda rasmga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.