Jamiyat
O‘rikzor bozorida bir guruh shaxslar mushtlashishdi
Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, yuk mashinasi haydovchisi va bozordagi fuqarolar tortishuvi o‘zaro janjalga aylanib ketgan.
Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi bozorda bir guruh erkaklar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi.
Qayd etilishicha, holat “Yusuf Sakkokiy” mahallasida joylashgan O‘rikzor bozori hududida yuz bergan.
Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, “Isuzu” yuk mashinasi haydovchisi va bozordagi fuqarolar tortishuvi o‘zaro janjalga aylanib ketgan.
Tekshiruv davomida tomonlar bir-biriga nisbatan kuch ishlatgani, voqea joyida temir jism va toshlar qo‘llangani aniqlangan. Ayrim ishtirokchilar tan jarohati olgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.