Jamiyat

Odam savdosida gumonlangan ayol Istanbulda ushlandi

Published

on


Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti hamda Turkiya Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida odam savdosida gumonlangan va bir necha yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, 1995 yilda tug‘ilgan mazkur ayol 6 yil muqaddam sodir etilgan jinoyat yuzasidan qidiruvga berilgan bo‘lib, Turkiyaga qochib ketib, uzoq vaqt davomida yashirinib yurgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u Istanbul shahrida yashab kelgan holda 2025 yilda sheriklari bilan til biriktirib, bir nechta ayollarni moddiy manfaat evaziga shahvoniy xizmatlar ko‘rsatishga jalb qilgan.

Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi yana bir nechta ayolni Turkiyaga yuborishga uringan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version