Sport

OChL-2. «Andijon» beshinchi o‘yinni ham durang bilan yakunladi

Published

on


«Andijon» va Turkmanistonning «Arqadag‘» klubi o‘rtasidagi bahs 1:1 hisobida yakunlandi.

Osiyo Chempionlar Ligasi 2 guruh bosqichidan o‘rin olgan «Andijon» va Turkmanistonning «Arqadag‘» klubi o‘rtasidagi bahs durang natija bilan yakunlandi. Ushbu turnir nufuzi jihatidan Osiyo Chempionlar Ligasi Elit musobaqasidan keyingi o‘rinda turadi.

26 noyabr kuni Andijonda o‘tkazilgan bahsda Ismoil Akinade 63-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Bu «Andijon»ning turnirdagi birinchi goli bo‘ldi. Oradan besh daqiqa o‘tgach, Didar Durdiyev hisobni tenglashtirdi. Bu «Andijon»ning turnirda o‘tkazib yuborgan ilk goli bo‘ldi.

Bu natijadan so‘ng, «Andijon» 5 ochko jamg‘ardi va guruhda uchinchi o‘rinni egallab turibdi. «Arqadag‘» 4 ochko bilan 4-o‘rinda. Qatarning «Al-Ahliy» klubida 7 ochko, Bahraynning «Al-Xolidiya» klubida 6 ochko bor.

«Andijon» turnirdagi so‘nggi o‘yinni 24 dekabr kuni safarda Qatarning «Al-Ahliy» klubiga qarshi o‘tkazadi.

OChL-2. Guruh bosqichi, 5-tur

26 noyabr, Andijon

«Andijon» 1:1 «Arqadag‘» (Turkmaniston)

Gollar: Ismoil Akinade (63) – Didar Durdiyev (68)

ANDIJON: Mohirbek Komilov, Abduvohid G‘ulomov, Ismoil Akinade, Shahzod Azmiddinov, Damir Temirov, Usmonali Ismonaliyev, Doniyor Abdumannopov, Muhammadkarim Toirov, Kristian Novak, Oleg Zoteyev, Bektemir Abdumannonov

ARQADAG‘: Rasul Choriyev, Guychimirat Annaguliyev, Mekan Saparov, Didar Durdiyev, Ibraim Mammedov, Velmirat Ballakov, Mirza Beknazarov, Arzuguli Saparguliyev, Yazgilich Gurbanov, Shamammet Xidirov, Ahmet Atayev



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version