Connect with us

Iqtisodiyot

NRG Uzbekistan yana bir ulkan loyihani amalga oshirmoqda – Maftun Makon’da katta bayram bo‘lib o‘tdi

Published

on


NRG Uzbekistan kompaniyasi 15 gektar maydonda zamonaviy va keng majmua Maftun Makon turar joy mavzesi qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda. Mahalla poytaxtning istiqbolli rivojlanayotgan hududi — Toshkentning yangi markazida, Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘yida joylashgan.

NRG Maftun Makon rivojlangan infratuzilmasi bilan ajralib turadi. Markaziy Osiyo universiteti, Olimpiya shaharchasi, Yangi O‘zbekiston bog‘i, shuningdek, masjidlar va supermarketlar bevosita yaqin hududda joylashgan bo‘lib, aholiga kundalik hayotda qulaylik va farovonlikni ta’minlaydi.

Mavzening eng katta afzalligi — turar-joy binolari derazalaridan Chimyon tog‘larining go‘zal manzaralari ochilib, shinamlik va tabiatga yaqinlik muhitini yaratadi.

NRG Uzbekistan kompaniyasi loyiha bo‘yicha barcha majburiyatlarini to‘liq bajarib, rivojlanishni ishonch bilan va keng ko‘lamda davom ettirayotganini, shuningdek, sifat va mas’uliyatga sodiqligini tasdiqlamoqda.

26 va 27 iyun kunlari kompaniya Maftun Makon Nur hamda Maftun Makon Kaya turar joy majmualarining baxtli aholisiga kalitlarni tantanali ravishda topshirdi.

27 iyun kuni keng ko‘lamli va istiqbolli loyihaning bir qismiga aylangan yuzlab oilalar uchun yangi hayot boshlanishini belgilab bergan Maftun Makon Fest bo‘lib o‘tdi.

Sahnada xonanda Lola va DJ ZOFF yorqin chiqishlari bilan barchani quvontirdi. Hovli musiqa ohanglari ostida jonlandi: bolalar quvonch bilan har tomonga yugurib o‘ynashar, o‘smirlar ijtimoiy tarmoqlar uchun surat va lavhalar olishar, kattalar esa dam olib, o‘zlarini katta va muhim voqeaning bir qismiga aylanganliklarini his qilishardi.

NRG kompaniyasi bu bilan to‘xtab qolmaydi. 2025 yilda Toshkentning turli tumanlarida yana to‘rtta turar-joy majmuasini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Har bir loyiha o‘ziga xos muhitga ega bo‘lib, yuzlab oilalar uchun yangi shinam uyga aylanadi, poytaxtdagi hayot sifatini rivojlantirish va yaxshilashni davom ettiradi.

Tafsilotlar uchun NRG savdo bo‘limiga murojaat qiling: 1060.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda bir oyda 376,8 mlrd so‘mlik farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarildi

Published

on


2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 376,8 mlrd so‘mlik asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 10,5 foizga oshgan. Jumladan, yanvar oyida hududlarda ishlab chiqarish hajmi quyidagicha bo‘lgan:
Toshkent shahri — 265,6 mlrd so‘m;
Namangan viloyati — 34,2 mlrd so‘m;
Sirdaryo viloyati — 28,4 mlrd so‘m;
Samarqand viloyati — 19,3 mlrd so‘m;
Toshkent viloyati — 15,8 mlrd so‘m;
Surxondaryo viloyati — 5,2 mlrd so‘m;
Andijon viloyati — 4,3 mlrd so‘m;
Buxoro viloyati — 1,2 mlrd so‘m;
Farg‘ona viloyati — 1,1 mlrd so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 0,9 mlrd so‘m;
Xorazm viloyati — 0,8 mlrd so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 0,1 mlrd so‘m.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq farmatsevtika vositalarini ishlab chiqarishni boshlagan tadbirkorlarga qator imtiyozlar berilishi haqida xabar bergandik.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Ta’limda sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari qariyb 8 mingga yetdi

Published

on


2026-yil 1-fevral holatida O‘zbekistonda ta’lim sohasida 7 975 ta tadbirkorlik sub’yekti faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2025 yilning shu davriga nisbatan 2 mingtaga yoki 35,3 foizga oshgan. Yillar kesimida ko‘rsatkichlar quyidagicha bo‘lgan:
2022 yil – 6 130 ta;
2023 yil – 7 295 ta;
2024 yil – 6 504 ta;
2025 yil – 5 965 ta;
2026 yil – 7 975 ta.

Bundan tashqari, 2026-yil yanvarda ta’lim xizmatlari hajmi qariyb 3,3 trln so‘mni tashkil etib, 2025-yilga nisbatan 22,8 foizga o‘sdi.

Ma’lumot o‘rnida, 2026-yil 1-mart holatiga O‘zbekistonda jami 419 mingta tijorat tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Tramp jamoasi neft narxi 200 dollarga chiqishiga tayyorlanmoqda

Published

on


Amerikalik rasmiylar AQSh barcha kutilmagan ssenariylarga, jumladan, Yaqin Sharqdagi mojaro uzoq cho‘zilishiga tayyor bo‘lishiga ishonch hosil qilmoqchi.

Donald Tramp ma’muriyati rasmiylari neft narxi bir barrel uchun 200 dollargacha chiqadigan bo‘lsa, iqtisodiyot qay ahvolga tushishini o‘rganmoqda, deb xabar berdi Bloomberg vaziyatdan xabardor bo‘lgan manbalariga tayanib.

Nashr suhbatdoshlari keskinlik davrida neft narxi keskin ko‘tarilishi sharoitidagi iqtisodiyotni modellashtirish muntazam ravishda o‘tkazilishi va bu prognoz hisoblanmasligini qayd etishgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu orqali ma’muriyat mamlakat barcha ehtimoliy ssenariylarga tayyor turishiga ishonch hosil qilmoqchi.

Yaqin Sharqdagi urush boshlanishidan oldin ham moliya vaziri Skott Bessent ehtimoliy mojaro neft narxi oshishiga olib kelishi borasida xavotir bildirgandi, deyishmoqda manbalar. Ular vazirlik xodimlari bir necha hafta mobaynida o‘z xavotirlarini Oq uyga bildirib kelishganini qo‘shimcha qilishgan.

Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Kush Desai esa ma’muriyat har doim turli ssenariylar va iqtisodiy oqibatlarni baholasa-da, neft narxi bir barrel uchun 200 dollargacha ko‘tarilishi ehtimolini ko‘rib chiqmasligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bessent «Epik g‘azab» amaliyotini o‘tkazish natijasida yuzaga kelgan qisqa muddatli tebranishlardan «tashvishga tushmagan».

Bloomberg agentligi qayd etishicha, bir necha oy ichida neft narxi bir barrel uchun 170 dollarga ko‘tarilishi ham AQSh va Yevropada inflatsiyani tezlashtiradi va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini pasaytiradi, bir barrel uchun 200  dollarlik narx esa «jahon iqtisodiyoti uchun og‘ir zarba»ga aylanadi. AQShda allaqachon benzin uchun narxlar 30 foizga oshgani sezilarli ta’sirga aylandi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

P2P-o‘tkazmalarining maqsadini ko‘rsatish bo‘yicha talab bekor qilindi(mi?)

Published

on


Mart oyi boshidan beri qator to‘lov tashkilotlari va bank mobil ilovalarida kartalar o‘rtasida pul o‘tkazmalarining maqsadini ko‘rsatish talabi joriy etilgandi. Ushbu majburiyat bekor qilingani aytilyapti. Markaziy bank axborot xizmati Kun.uz’ga bu talab boshidanoq ixtiyoriy bo‘lganini ma’lum qildi. Ammo regulyatorning 17 fevralda banklar va to‘lov tashkilotlariga yuborgan xatida sanksiyalar qo‘llanishiga oid bandlar bor edi.

25 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy bank P2P maqsadini ko‘rsatishga oid talabni bekor qilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Markaziy bank matbuot xizmati Kun.uz’ga: “majburiy bo‘lmagan narsani boshidan bekor qilib bo‘lmaydi; ixtiyoriy edi — bu masala noto‘g‘ri talqin qilingan”, deya javob berdi. Shuningdek, regulyator 5 martdayoq P2P maqsadini ko‘rsatish ixtiyoriyligi haqida rasman ma’lum qilgani eslatib o‘tildi.

17 fevralda Markaziy bank tomonidan banklar va to‘lov tashkilotlariga yuborilgan xatda o‘tkazma maqsadini ko‘rsatish majburiy talab ekani va 1 martga qadar ko‘rsatma ijro etilmasa, sanksiyalar qo‘llanishi nazarda tutilgandi.

Jamoatchilik bosimidan keyin, 5 mart kuni Markaziy bank axborot xizmati jarayonning “texnik” ekanligini bildirib, kiritilgan 16 ta to‘lov maqsadi parametrlari esa namunaviyligi, bank yoki to‘lov tashkiloti o‘z mobil ilovasi arxitekturasidan kelib chiqqan holda uni ixtiyoriy belgilashi mumkinligini qayd etgandi.

Kun.uz’ga ma’lum bo‘lishicha, bir qator to‘lov tashkilotlari va banklar 5 martdagi bayonotdan keyin Markaziy bankka murojaat qilib, P2P maqsadini ko‘rsatish talabi borasida so‘ragan. Regulyator “biz ixtiyoriy deb aytdik, kiritsangiz ham, kiritmasangiz ham bo‘ladi” deya javob bergan. Shundan keyin tarmoqlarda bu talab bekor bo‘libdi, degan gaplar tarqalgan.

Avvalroq, Kun.uz suhbatlashgan bank-moliya sohasi mutaxassislari P2P maqsadini ko‘rsatishni kartadan o‘tkazmalar nazoratiga oid yangi urinish deb baholagandi — ular agar maqsad iqtisodiyotni “oqartirish” bo‘lsa, kartadan kartaga o‘tkazmalarni ommalashtirish kerak, deya fikr bildirgand



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Markaziy bank 11 ta tijorat bankini jarimaga tortdi

Published

on


Faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etmagani, shuningdek inspeksiya va o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar sabab 11 ta bank jarimaga tortildi. Shuningdek, 14 bank va 4 ta to‘lov tashkiloti ogohlantirildi.

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2026 yilning fevral oyidagi yig‘ilishlarda 43 ta masala ko‘rib chiqildi va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi, deya xabar berdi regulyator axborot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, ko‘rib chiqilgan masalalarning 30 tasi ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishiga to‘g‘ri keldi. Jumladan, 3 ta holatda kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartishlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan, 1 ta kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish, 6 ta banklarda audit o‘tkazish huquqini berish uchun auditorlik malaka sertifikatini taqdim etish, 5 ta mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish, 1 ta to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish, shuningdek, 14 ta tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.

Shu bilan birga, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga doir 13 ta masala ham ko‘rib chiqilgan. Ularda Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi, tijorat banklarida o‘tkazilgan inspeksiya natijalari, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, bank va to‘lov tashkilotlarida kiberxavfsizlik talablariga rioya etish hamda tashkilotlarning moliyaviy xizmatlarini «tartibga solish qumdoni» doirasida sinovdan o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etmagani, shuningdek inspeksiya va o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar sabab 11 ta bank jarimaga tortildi.

14 bank va 4 ta to‘lov tashkiloti prudensial normativ talablarga rioya etilmaganligi, o‘z faoliyatini qonunchilik hujjatlari talablariga belgilangan tartibda muvofiqlashtirmaganligi hamda o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar uchun ogohlantirildi.

Bundan tashqari, 8 ta bank bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarning moliyaviy barqarorlikka salbiy ta’sirini kamaytirish va makroprudensial buferlar shakllantirishni ta’minlash maqsadida aksiyadorlarga oddiy aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lash orqali foydani taqsimlamaslik talabi belgilandi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.