Sport

Nodirbek Abdusattorov Blits bo‘yicha jahon chempionatida ikkinchi bo‘ldi

Published

on


O‘zbekistonlik shaxmatchi finalda blits bo‘yicha jahon chempionatlari rekordchisi Magnus Karlsenga yutqazdi.

Qatarning Doha shahrida shaxmatning Rapid va Blits turi bo‘yicha jahon chempionati (FIDE World Rapid & Blitz Chess Championships 2025) o‘tkazildi.

Blits bo‘yicha jahon chempionati finalida norvegiyalik Magnus Karlsen va o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov to‘qnash keldi.

Bahs 2,5:1,5 hisobida norvegiyalik grossmeyster foydasiga yakunlandi. Bu Magnus Karlsenning blits bo‘yicha jahon chempionatlarida rekord darajadagi to‘qqizinchi g‘alabasi bo‘ldi.

Musobaqada dunyoning eng kuchli grossmeysterlari, jumladan Gukesh Dommaraju va reytingning boshqa yetakchilari ham ishtirok etdi. Turnir Shveytsariya tizimi bo‘yicha (19 turgacha) o‘tkazildi. Shundan so‘ng eng yaxshi o‘yinchilar nokaut-o‘yinlarni o‘tkazdi. O‘yinda vaqt nazorati 3 daqiqa + har bir yurish uchun 2 soniya shaklida bo‘ldi. Blits turniri mukofot jamg‘armasi 350 ming yevroni tashkil qildi. G‘olib 70 ming yevroga ega chiqdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version