Iqtisodiyot

Neft mahsulotlari zaxiramiz 2−3 oy uchun yetarli – Energetika vazirligi

Published

on


O‘zbekistonda neft mahsulotlari zaxirasi 2-3 oy uchun yetarli. Bu haqda energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Umid Mamadaminov prezident Shavkat Mirziyoyev huzuridagi yig‘ilishdan so‘ng «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: Videodan kadr / O‘zbekiston 24

«Hozirgi geosiyosiy vaziyatda boshqa davlatlarda energetika xavfsizligiga ham tahdid qilinganini ko‘rib turibmiz. Shuning uchun neft mahsulotlarining faqatgina zaxirasini yaratish emas, bu mahsulotlarni ishlab chiqarish obektlarini rivojlantirish juda muhim», dedi u.

Uning ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda O‘zbekistonda neft mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1,2 mln tonnadan oshgan. Bundan tashqari, xususiy tadbirkorlar yana 600−700 ming tonna mahsulot import qilmoqda. «Shu hisobdan neft mahsulotlariga bo‘lgan barcha ehtiyojimiz qoplanadi», dedi u.

Madaminovning aytishicha, yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va yoqilg‘i zaxiralarini tayyorlash masalalari ham ko‘rib chiqilgan.

«Kuz-qishga alohida reja qilib olganmiz. Yetarlicha zaxiralar yaratilgan va hozirgi ichki ishlab chiqarishimiz bor, shularni hisobga oladigan bo‘lsak, 100 ming tonnadan oshiq mahsulot o‘zimizda ishlab chiqariladi. Ya’ni ishontirib aytamanki, kelasi 2-3 oy uchun bizning zaxiramiz yetarli», dedi u.

Uning ta’kidlashicha, butun tizim tashkilotlari, hududlar va boshqa tarmoq vakillari bilan birgalikda kuz-qish betalofat o‘tkaziladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version