Dunyodan
NASAning Oyga boradigan kosmik kemasidagi hojatxona buzildi
Kecha, 1 aprel kuni Oyga uchgan “Orion” kosmik kemasida texnik nosozlik yuz berdi.
NASA agentligining xabar berishicha, parvoz vaqtida ekipaj kema hojatxonasida muammo aniqlangani haqida xabar bergan. Mutaxassislar vaziyatni tezda tahlil qilishdi, ekipaj bilan muammoni hal qilish uchun ishladilar va tizim normal ishlashiga qaytdi.
“Shu bilan birga, 1-aprelga rejalashtirilgan orbital parametrlarini oʻzgartirish boʻyicha manevr oldidan signal chirogʻi yoqilganda kema bortida yana bir texnik ogohlantirish qayd etildi. Boshqaruv markazi maʼlumotlarni oʻrganib chiqdi, ekipajga aniq koʻrsatmalar berdi va bu muammo ham bartaraf etildi”, — deyiladi agentlik xabarida.
Ekipaj hozirda belgilangan tartibda dam olmoqda. To‘rt soatlik uyqudan so‘ng kosmonavtlar 2 aprel kuni ertalab uyg‘onib, navbatdagi muhim qadamga tayyorgarlik ko‘rishadi.
“Missiya rejadagidek davom etmoqda va barcha tizimlar nazorat ostida ishlamoqda”, — deyiladi xabarda.