Sport

«Nasaf» Osiyo Chempionlar Ligasida beshinchi o‘yinni ham yutqazdi

Published

on


O‘zbekiston chempioni turnirda o‘ta muvaffaqiyatsiz ishtirok etmoqda.

OFK Elit Osiyo Chempionlar Ligasida 5-tur o‘yinlari boshlandi.

O‘zbekiston chempioni «Nasaf» o‘z maydonida Eronning «Traktor» klubi bilan o‘ynadi va 0:1 hisobida yutqazdi. Yagona golga albaniyalik Regi Lushkya mualliflik qildi.

Bu Ro‘ziqul Berdiyev jamoasining nufuzli musobaqada qatorasiga beshinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. «Nasaf» turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda, «Traktor» 11 ochko bilan peshqadamlar safida boryapti.

«Nasaf» navbatdagi o‘yinni 23 dekabr kuni safarda Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubiga qarshi o‘tkazadi.

Elit OChL. G‘arb mintaqasi. 5-tur

24 noyabr, Qarshi, Markaziy stadion

«Nasaf» 0:1 «Traktor» (Eron)

Gol: Regi Lushkya (17)

Bosh hakam: Muhammad Nazmiy (Malayziya)

NASAF: Abduvohid Ne’matov, Alibek Davronov, Adenis Shala, Dragan Cheran, Sharof Muhiddinov (Javohir Sidiqov 73), Suhrob Nurulloyev (Stefan Cholovich 59), Husayn Norchayev (Diyor Abdunazarov 59), Sardor Bahromov, Shuhrat Muhammadiyev, Sherzod Nasrullayev, Umar Eshmurodov

TRAKTOR: Alirizo Beyronvand, Xalilzoda Shujaiy, Aleksandar Sedlar, Tibor Xalilovich (Mahdiy Turobiy 84), Daniyol Ismoilfar, Sodiq Muharramiy, Mahdiy Hoshiminajod, Odil Hamrobekov, Domagoy Drozdek, Regi Lushkya (Mahdiy Sheriy 68), Amirhusayn Husaynzoda

Ogohlantirish: Alibek Davronov (73)



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version