Sport

«Nasaf» muxlislari Namangandagi o‘yindan qaytishda YTHga uchradi

Published

on


Muxlislardan biri vafot etgan. Klub matbuot xizmati YTHga uchragan muxlislarni «klubning ashaddiy muxlislari» deb atagan.

Qarshining «Nasaf» klubi muxlislari 30 oktyabr kuni Namanganda «Navbahor»ga qarshi kechgan o‘yindan qaytishda YTHga uchradi. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lib, to‘rt kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

«Nasaf» klubi matbuot xizmatida YTH ishtirokchilari klubning ashaddiy muxlislari bo‘lganini qayd etgan.

«Nasaf» futbol klubi jamoamizning fidoyi muxlisi Mahmud Muhammadiyevning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.


Kuni kecha Namangan shahrida bo‘lib o‘tgan «Navbahor» va «Nasaf» uchrashuvida jamoamizni stadiondan qo‘llab-quvvatlash uchun borgan bir guruh muxlislar Namangan–Qarshi yo‘nalishida ortga qaytish chog‘ida Taxtiqoracha dovonida yo‘l-transport hodisasiga uchragan.


Afsuski, mazkur hodisa oqibatida tan jarohati olgan muxlislardan biri – Mahmud Muhammadiyev hayotdan ko‘z yumgan. Qolgan to‘rt nafar muxlis turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan», – deyiladi klub xabarida.​

Samarqand viloyati YHXB xabariga ko‘ra, mazkur YTH haydovchi uxlab qolishi oqibatida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 31 oktyabr kuni soat 08:30 larda Urgut tumani «Qoratepa» MFY hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 1113-kilometrida sodir bo‘lgan.

Kia Sonet haydovchisi Samarqand–Qarshi yo‘nalishida harakatlanib borayotganida, charchoq oqibatida uxlab qolgan va rul boshqaruvini yo‘qotgan. Shu sababli avtomobil yo‘lning o‘ng tomonidagi tuproq uyumiga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Oqibatda haydovchi va bir nafar yo‘lovchi Urgut tuman markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan. Yo‘lovchi shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tuman IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version