Jamiyat
Mustaqillik shohko‘chasida Li 9 va BYD o‘zaro to‘qnashdi
Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida ma’lumot taqdim etildi.
Joriy yilning 30 sentabr kuni soat 01:00 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik shohko‘chasi 42A-uy qarshisida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.
BYD rusumli avtomashina va Lixiang L9 rusumli avtomashina o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida Lixiang L9 haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.