Dunyodan
“Men u erda akula bilan uchrashaman deb o’ylamagan edim …”
Avstraliyalik olimlar birinchi marta akulalar Janubiy okeanda yashashini aniqladilar. Associated Press agentligi tadqiqot qurilmasiga o‘rnatilgan kamera akulani Janubiy Shetlend orollari yaqinida taxminan 490 metr chuqurlikda yozib olganini xabar qildi.
Tadqiqotchi Alan Jeymison shunday dedi: “Biz u yerda akulalarni uchratishimizni kutmagan edik, chunki qoidaga ko‘ra, Antarktidada akula yo‘q. Va bu kichik akula emas, bu ulkan akula. Bu mavjudotlar haqiqiy tanklarning ajdodlaridir”.
Uzunligi 3 dan 4 metrgacha bo‘lgan akula 2025-yil yanvar oyida kameraga tushib qolgan va hozirda bu haqdagi ma’lumotlar ommaga e’lon qilingan.