Iqtisodiyot

may oyida 1,1 million nafarga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi

Published

on


2025 yil may oyida O‘zbekistonga 1,1 million nafarga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan oydagi rekordni yangiladi – o‘shanda sayyohlar soni birinchi marta milliondan oshgandi. Bunday o‘sishga turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli erishilmoqda. Mamlakat yanada ochiqroq bo‘lib, boshqa davlatlar bilan faol hamkorlik qilmoqda.

O‘zbekiston Prezidentining turizmni rivojlantirishga qaratilgan Farmon va qarorlaridagi sohaga investitsiyalarni jalb etish, vizasiz rejimni kengaytirish hamda xalqaro ko‘rgazma va forumlarda ishtirok etish kabi yo‘nalishlar muhim o‘rin tutmoqda. Bularning barchasi O‘zbekistonni xorijiy sayyohlar uchun tobora jozibador mamlakatga aylantirmoqda.

Kelajakda turizm infratuzilmasini yanada takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish va diversifikatsiya qilish, jahon sayyohlik bozorida O‘zbekistonning takrorlanmas hamda raqobatbardosh yo‘nalish sifatidagi obro‘sini mustahkamlash ishlari davom ettirilishi rejalashtirilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version