Iqtisodiyot

May oyi uchun inflatsiya darajasi e’lon qilindi

Published

on


May oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 1,5 foizga oshgan.

2025 yilning may oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 1,5 foizga qimmatlashdi.   

  

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, iste’mol sektoridagi narxlar 2025 yilning may oyida yillik INI 108,7 foizni tashkil etib, joriy yilning aprel oyiga (110,1 foiz) nisbatan 1,4 foiz bandga pasaydi.

  

2025 yilning may oyida iste’mol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,8 foizga pasaydi, nooziq-ovqat tovarlari 1,7 foizga va aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 5,9 foizga oshgani kuzatilgan.  

  

Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat ko‘rsatish obektlarida 170 mingga yaqin narxlar qayd etilgan.  

  

420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version