Iqtisodiyot
Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatish muddatiga oid cheklovlar bekor qilinadi
Yangi barpo etiladigan ixtisoslashtirilgan zonalar faqat maxsus iqtisodiy zona yoki sanoat zonasi shaklida tashkil etiladi.
«Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025 yilda maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
– maxsus iqtisodiy zonalarda 2,3 milliard AQSh dollari miqdoridagi investitsiyalarni o‘zlashtirish, eksport hajmini 1 milliard AQSh dollariga yetkazish, ishlab chiqarish hajmini 4,3 milliard AQSh dollariga teng miqdorda ta’minlash va 12 mingta yangi doimiy ish o‘rinlarini yaratish;
– sanoat zonalarida 800 million AQSh dollari miqdoridagi investitsiyalarni o‘zlashtirish, eksport hajmini 512,2 million AQSh dollariga yetkazish, ishlab chiqarish hajmini
– 1,8 milliard AQSh dollariga teng miqdorda ta’minlash va 17 mingta yangi doimiy ish o‘rinlarini yaratish.
Yangi barpo etiladigan ixtisoslashtirilgan zonalar faqat maxsus iqtisodiy zona yoki sanoat zonasi shaklida tashkil etiladi.
Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyati bo‘yicha faqat eksportga yo‘naltirilgan loyihalarga ixtisoslashgan, maydoni o‘ralgan maxsus eksport zonasi turida ham tashkil etilishi mumkin.
Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatish muddatiga oid cheklovlar bekor qilinadi.
Iqtisodiyot
16-apreldan dollar sezilarli ravishda oshadi
Markaziy bank 2026-yil 16-apreldan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 49,05 so‘mga oshib, 12 190,43 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 49,29 so‘mga oshdi va 14 362,76 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 526,57 so‘m bo‘ldi (+83,5).
Rossiya rubli 162,09 so‘m etib belgilandi (+1,83).
Iqtisodiyot
O‘zbekistonga kofe importi keskin kamaydi
2026-yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonga 20 ta xorijiy davlatdan 136,2 tonna kofe import qilindi. Uning umumiy qiymati 1,6 mln AQSh dollarini tashkil etgan, deya xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 65,4 tonnaga yoki 32,4 foizga kamaygan. Shu tariqa, mamlakatga kofe yetkazib berish hajmida sezilarli pasayish qayd etilgan.
2026-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistonga eng ko‘p kofe yetkazib bergan davlat 46,3 tonna bilan Italiya bo‘ldi.
Shuningdek, Efiopiya 26,7 tonna, Vetnam 15 tonna, Germaniya 14,8 tonna va Rossiya 14,2 tonna hajmda kofe eksport qilgan.
Qolgan 19,2 tonna kofe esa boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu esa import bozorida bir nechta asosiy yetkazib beruvchilar ustunligini ko‘rsatadi.
Iqtisodiyot
18:01 O‘zbekistonga smartfon va noutbuklar importining yangicha kanali ochiladi
18:01
O‘zbekistonga smartfon va noutbuklar importining yangicha kanali ochiladi
Source link
Iqtisodiyot
O‘zbekiston avtomobil bozorida Chevrolet’ning ulushi 80 foizdan pasaydi
UzAuto Motors 1-chorakda sotuvlarni 12 foizga oshirishga erishdi, lekin boshqalar undan ancha tezroq o‘syapti. Masalan, BYD Uzbekistan hozir o‘tgan yilga qaraganda 2 barobar ko‘proq avtomobil sotmoqda. O‘tgan bir yil davomida Yuan Up’ga talab 5 barobarga oshdi. Song Plus sotuvlari esa 2 karraga ko‘paydi.
O‘zbekiston avtomobil sanoati korxonalari 2026 yil 1-choragida 91 088 ta avtomobil sotdi, deya xabar berdi “O‘zavtosanoat” AJ. Bu ko‘rsatkich – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15 735 taga yoki 21 foizga ko‘p.
Bir yillik dinamikaga qaralsa, BYD Uzbekistan sotuvlarni qariyb 2 barobarga oshirgani e’tiborli. Kompaniya o‘tgan yili yanvar-mart oylarida 4045 ta avtomobil sotgan bo‘lsa, joriy yilning shu davrida sotuvlari 93 foizga oshgan va 7799 taga yetgan.
Shuningdek, 1-chorakda ADM Jizzakh sotuvlari 26 foizga (8623 tadan 10 886 taga), Khorezm Auto sotuvlari 24 foizga (21 275 tadan 26 348 taga) oshgan.
Bozor yetakchisi UzAuto Motors esa 12 foizlik o‘sishga erishgan: 1-chorakda sotilgan avtomobillar soni 40 985 tadan 45 881 taga yetgan.
Avtomobil brendlari kesimidagi raqamlarga kelsak, Chevrolet brendining bozordagi ulushi 80 foizdan pasayganini ko‘rish mumkin: o‘tgan yili 1-chorakda bu brendga mansub avtomobillar bozorning 82,6 foizini tashkil etgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 79,3 foizgacha tushgan.
Shu bilan birga, Chevrolet sotuvlari 16 foizga oshganini ham qayd etish lozim. Lekin boshqa brendlar, aniqrog‘i BYD (+93%) va Kia (+65%) sotuvlari bozor yetakchisiga qaraganda tezroq o‘sgani natijasida, o‘tgan bir yil davomida Chevrolet’ning bozordagi dominant ulushi 3,3 foiz punktga qisqargan.
Avtomobil modellari qatori yetakchisi – Chevrolet Cobalt sotuvi joriy yil birinchi chorakda 24 mingtaga yetmagan, bu – 17 foizlik pasayishni ko‘rsatadi.
Damas, Tracker va Onix’ga talab esa sezilarli oshgan: Damas sotuvi 22 foizga (18,8 mingta sotilgan), Tracker xaridorlari 55 foizga (11,2 mingta), Onix sotuvlari esa 156 foizga (10,4 mingta) ko‘paygan.
Chevrolet brendidan tashqarida eng ko‘p sotilayotgan model hamon Kia Sonet bo‘lib qolmoqda: bu avtomobil joriy yil 1-chorakda salkam 5600 ta sotildi, bu – bir yil oldingiga qaraganda 43 foizga ko‘p.
Keyingi o‘rindagi BYD Song Plus Champion DMI sotuvlari 2 barobarga oshgan (2,8 mingta sotilgan, +97%), lekin o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi u emas.
BYD Uzbekistan o‘tgan yili shu davrda qariyb 400 ta Yuan Up sotgan edi, joriy yilda esa bu ko‘rsatkich 2,1 mingtaga yetdi. Ya’ni bu modelga talab o‘tgan bir yil davomida 5,2 barobarga oshgan.
“O‘zavtosanoat” AJ e’lon qilgan infografikalar
2025 yil 1-chorak:
2026 yil 1-chorak:
Iqtisodiyot
Soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish va yangi imtiyozlar bermaslik zarur – XVJ missiyasi
Xalqaro valuta jamg‘armasi O‘zbekiston hukumatiga 2027 yildan mineral resurslarni chiqarib tashlagan holda nominal birlamchi taqchillikning yuqori chegarasini belgilashni tavsiya etyapti. Shuningdek, ayrim tovarlar bo‘yicha aksiz stavkalarini oshirish, eski soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish va yangilarini bermaslik kerakligi ta’kidlanyapti.
Xalqaro valuta jamg‘armasi missiyasi O‘zbekistonga 2026 yil uchun budjet ijrosi doirasida xarajatlarni oshirish holatlarini imkon qadar cheklashni tavsiya etyapti. Bu inflyatsion bosimni jilovlashga yordam beradi.
«Budjetda, ayniqsa, oltin narxlariga oid daromadlar bo‘yicha ehtiyotkor prognozlar inobatga olingan sharoitda daromadlar rejasining ortig‘i bilan bajarilishi ehtimoli mavjud bo‘lsa ham, xarajatlarning budjetda belgilangan darajadan oshib ketishini cheklash muhim. Aks holda allaqachon yuqori bo‘lgan ichki talab, neft narxlarining balandligi va savdo yo‘nalishlaridagi uzilishlar fonida inflyatsion bosim yanada kuchayishi mumkin», deyiladi hisobotda.
XVJga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi urush bilan bog‘liq ehtimoliy qo‘shimcha mablag‘ ajratish zarur bo‘lsa, umumiy subsidiyalar va narxlarni tartibga solishdan qochish kerak. Chunki bunday choralar katta xarajat talab qiladi, bozorni buzadi va ularni keyinchalik bekor qilish qiyin kechadi.
Shuningdek, 2027 yildan boshlab mineral resurslarni chiqarib tashlagan holda nominal birlamchi taqchillikning yuqori chegarasini belgilash tavsiya etilyapti. Bu mineral resurslar qazib chiqarishdan tushadigan o‘zgaruvchan daromadlarni boshqarish mexanizmini mustahkamlash uchun umumiy taqchillikning 3 foizlik maqsadli ko‘rsatkichiga qo‘shimcha ravishda amalga oshiriladi.
Soliq siyosati
Davlat tez o‘sib borayotgan aholining ta’lim, tibbiyot va infratuzilmaga bo‘lgan ehtiyojlarini moliyalashtira olishi uchun XVJ yangilangan o‘rta muddatli daromadlar strategiyasini amalga oshirishni taklif qilyapti.
Xususan, soliq siyosati sohasida ayrim tovarlar bo‘yicha aksiz stavkalarini oshirish, eski soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish va yangi imtiyozlar bermaslik zarur. Bu ayniqsa, foyda solig‘i bo‘yicha «soliq ta’tili» va pasaytirilgan stavkalarga taalluqli. Shuningdek, foyda solig‘i va bojxona bojlari bo‘yicha amaldagi qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlarni bekor qilish kerak.
«Soliq tushumlarini oshirish jarayonida QQSni qaytarish bo‘yicha qarzdorlik to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik va mavjud qarzdorlikni bartaraf etish zarur. Bunga hisob-fakturalar uchun yangi risk baholash tizimini joriy etish orqali erishish mumkin. Ushbu tizim tekshirilgan arizalar bo‘yicha QQSni tezkor va avtomatik qaytarishni ta’minlashga xizmat qiladi», deyiladi hisobotda.
Shuningdek, budjet institutlarini isloh qilish, jumladan, qarzni boshqarish strategiyasini e’lon qilish va budjet statistikasini rivojlantirish borasidagi yutuqlar ahamiyatga egaligi ta’kidlandi.
«Shu bilan birga, qo‘shimcha taraqqiyot uchun imkoniyatlar mavjud. G‘aznachilik jarayonlarini yanada avtomatlashtirish budjet ijrosi bo‘yicha hisobotlarni o‘z vaqtida tekshirish va tayyorlash imkonini beradi hamda xarajatlar samaradorligini baholashni osonlashtiradi. Budjet bilan birga soliq xarajatlari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilish ham shaffoflikni oshiradi. Fiskal xatarlarni kamaytirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar qatoriga DXSh majburiyatlari uchun yillik yuqori chegarani yanada qat’iylashtirish, shartnomalarini standartlashtirish, Iqtisodiyot va moliya vazirligining DXSh ustidan nazorat vakolatlari va axborot bazasini mustahkamlash, shuningdek, budjet hujjatlaridagi davlat korxonalari bilan bog‘liq xatarlar haqida ma’lumotlarni oshkora qilish tartibini takomillashtirish kiradi», deya qayd etgan XVJ missiyasi.
-
Sport4 days ago
«Real Madrid» chempionlik uchun kurashlardan chiqdimi?
-
Dunyodan3 days ago
Eron rahbarlari AQSh va Isroildan tovon puli talab qilmoqda
-
Dunyodan5 days ago
Kim Chen In Janubiy Koreya prezidentining kechirim so‘rashiga javob berdi
-
Dunyodan4 days ago
Rossiya mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari 19 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
-
Dunyodan3 days ago
Eronning sobiq tashqi ishlar vaziri havo hujumida halok bo‘ldi
-
Jamiyat4 days ago«Qamchiq» dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
-
Iqtisodiyot3 days ago
Centrum Air mavsumning asosiy yo‘nalishlaridan birini ishga tushiradi – Antalyaga kunlik reyslar
-
Sport2 days agoToshkentda taekvondo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati start oldi
