Jamiyat
Markaziy bank 7 ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi 2026 yilning yanvar oyida jami 6 marta yig‘ilish o‘tkazib, ularda 27 ta masalani ko‘rib chiqqan va tegishli qarorlar qabul qilgan.
Jumladan, ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida jami 17 ta masala ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, «Baraka biznes hamkor mikromoliya tashkiloti» va «Effective money mikromoliya tashkiloti» mas’uliyati cheklangan jamiyatlari o‘z arizasiga asosan mikromoliya tashkilotlari reyestridan chiqarildi. Bundan tashqari, «IT Unisoft group aksiyadorlik jamiyatiga to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya ham o‘z arizasiga muvofiq bekor qilindi.
Shu bilan birga, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 10 ta masala ko‘rib chiqildi. Xususan, Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi, bank va mikromoliya tashkilotlarida o‘tkazilgan inspeksiya natijalari, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, hamda to‘lov tashkilotlarida belgilangan talablariga rioya etilishiga doir masalalar muhokama qilindi.
Qonunchilik talablariga muvofiq faoliyatini tashkil etmaganligi uchun 4 ta to‘lov tashkilotiga nisbatan qat’iy choralar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirish berildi. Shuningdek, korporativ bank kartalariga xizmat ko‘rsatish jarayonida qonunchilik talablari buzilgani, hamda inspeksiyalar davomida aniqlangan kamchiliklar uchun 7 ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi.
Shuningdek, joriy yil yanvar oyida bank faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar yetarli darajada samara bermagani, jumladan, ustav kapitali qonunchilikda belgilangan eng kam miqdorga yetkazmagani va bank faoliyatiga oid qator talablar bajarilmagani sababli «Yangi bank» aksiyadorlik jamiyatining bank faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyasi bekor qilindi.
Jamiyat
Aholini masjidlar orqali ogohlantirish tizimi joriy etildi
BMT Taraqqiyot dasturi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda aholini erta ogohlantirish tizimini kengaytirishga qaratilgan yangi tizim joriy qildi. Loyiha doirasida masjidlarga maxsus uskunalar o‘rnatilib, tezkor xabarlar tashqi ovoz kuchaytirgichlar orqali uzatiladi.
Ma’lum qilinishicha, hozirga qadar Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridagi 272 ta masjid ushbu tizim bilan jihozlangan. Ogohlantirish radiusi 500 metrdan 2000 metrgacha yetadi.
Yangi tizimning muhim jihati shundaki, u aloqa va elektr uzilishlari sharoitida ham ishlay oladi. Bu esa favqulodda holatlarda axborot uzilishining oldini olishga xizmat qiladi.
Loyihaga ko‘ra, ushbu usul orqali 6,5 million nafarga yaqin aholini qamrab olish mumkin.
Jamiyat
1 apreldan haydovchilarga jarima ballari kamera orqali ham hisoblanadi
2026 yil 1 apreldan yo‘l qoidabuzarliklari uchun jarima ballari kamera orqali ham hisoblanadi. Endilikda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali aniqlangan qoidabuzarliklar ham haydovchilarning jarima ballari hisobida inobatga olinadi.
Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari faqat YHX xodimlari tomonidan emas, balki yo‘llarda o‘rnatilgan kameralar orqali qayd etilgan taqdirda ham jarima ballari hisoblanadi. Bu esa haydovchilar mas’uliyatini oshirish va qoidabuzarliklarni kamaytirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, yangi tartibga asosan jarima ballarini taqsimlash mexanizmi ham joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, agar transport vositasini uning mulkdori emas, balki boshqa shaxs ishonchnoma, sug‘urta polisi yoki yo‘l varaqasi asosida boshqargan bo‘lsa, jarima ballari aynan qoidabuzarlikni sodir etgan haydovchiga yuklanishi mumkin.
Mazkur o‘zgarishlar yo‘llarda intizomni mustahkamlash, adolatli javobgarlikni ta’minlash va qoidabuzarliklar sonini qisqartirishga xizmat qiladi.
Jamiyat
IIV tizimida bir guruh ayol xodimalar rahbarlik lavozimlariga tayinlandi
Ichki ishlar vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalarida qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Jumladan, vazirlik tizimida:
Podpolkovnik Jumayeva Kamilla Muratovna Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti yetakchi mutaxassisi lavozimida xizmat qilgan.
Podpolkovnik Muxamedaliyeva Nigora Musurmonovna IIV Tibbiyot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — davolash-profilaktika ishlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i-shifokor lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar IIV Tibbiyot boshqarmasi davolash-profilaktika ishlarini tashkil etish bo‘limi bosh inspektori lavozimida ishlagan.
Podpolkovnik Qilicheva Sayyoraxon Baxtiyarovna IIV Markaziy poliklinika boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar IIV Markaziy poliklinika boshlig‘ining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Mayor Maxmudova Gulnoza Usmonaliyevna IIV Markaziy gospital bo‘linma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar IIV Tibbiyot boshqarmasi katta mutaxassisi lavozimida ishlagan.
Buxoro viloyati boshqarmasida:
Kapitan Rajabova Gulruh Baxtiyorovna Buxoro viloyati IIB Davolash-profilaktika muassasalari tibbiyot bo‘limi gospital boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Buxoro viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati JQB katta tezkor vakili lavozimida ishlagan.
Katta leytenant Xafizova Parvina Narmuratovna Buxoro viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Buxoro viloyati IIB Davolash-profilaktika muassasalari tibbiyot bo‘limi gospital boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Toshkent shahar bosh boshqarmasida:
Podpolkovnik Azizova Yulduz Izatilayevna Toshkent shahar IIBB Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha IIO FMB Migratsiya va personallashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Toshkent shahar IIBB Tezkor-qidiruv xizmati katta tezkor vakili lavozimida xizmat qilgan.
Podpolkovnik Chutboyeva Nasiba Uralovna Toshkent shahar IIBB Migratsiya va personallashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – ichki migratsiya va fuqarolik bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Toshkent shahar IIBB Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi moliyaviy ta’minot xizmati pensiya ta’minoti bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida xizmat qilgan.
Namangan viloyati boshqarmasida:
Podpolkovnik Karimova Zuxra Shamsiddin qizi Namangan viloyati IIB jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Namangan shahar IIBning Namangan davlat universitetiga xizmat ko‘rsatuvchi profilaktika inspektori lavozimida xizmat qilgan.
Jizzax viloyati boshqarmasida:
Mayor Saidova Malikaxon G‘ayratovna Jizzax viloyat IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish Markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Jizzax viloyat IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori lavozimida ishlagan.
Kapitan Jumanova Dilnoza Ravshanovna Jizzax viloyati IIB Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika xizmati huquqiy statistika markazi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika xizmati huquqiy statistika markazi arxiv ma’lumotlar guruhi katta inspektori lavozimida ishlagan.
Samarqand viloyati boshqarmasida:
Podpolkovnik Yunusova Moxina Mavzudinovna Samarqand viloyati IIB huzuridagi Migratsiya va personallashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori lavozimida xizmat qilgan.
Qashqadaryo viloyati boshqarmasida:
Podpolkovnik Abdullayeva Shoxista Abdurashitovna Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor-qidiruv xizmati bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor-qidiruv xizmati xodimasi lavozimida xizmat qilgan.
Podpolkovnik Nazarova Mahliyo Jo‘raboyevna Qashqadaryo viloyat IIB Migratsiya va personallashtirish boshqarmasi chet el fuqarolari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Jamiyat
Emomali Rahmon davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelyapti
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 26-27 mart kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.
Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar hamda O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Bo‘lajak tadbirlar kun tartibidanO‘zbekiston – Tojikiston do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.
Siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va hududlararo hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi hamdatransport sohasida o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish, suv va energetika xavfsizligini ta’minlash hamda keng ko‘lamli madaniy va gumanitar almashinuvlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar hamda ko‘p tomonlama formatlar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashadilar.
Shuningdek, bir qator yangi qo‘shma loyihalarni ishga tushirish ko‘zda tutilgan, ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolanishi rejalashtirilgan.
Jamiyat
Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlar 4,3 mlrd so‘m mukofot olgan
2026-yilning yanvar–fevral oylarida «Soliq» mobil ilovasidagi «Soliq hamkor» tizimi orqali 21 964 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 18 826 tasi chek bermaslik, 620 tasi karta orqali to‘lovni qabul qilmaslik, 35 tasi summa oshirish, 2 483 tasi boshqa holatlarga to‘g‘ri keladi.
4 890 ta murojaat takroriy yoki tekshiruv jarayonida bo‘lgani sababli ko‘rib chiqilmagan. Qolganlari asosida 12 216 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilgan.
Tekshiruvlarda 99,2 foiz holatda qonunbuzarlik tasdiqlangan. Fuqarolarga 6 701 ta holat bo‘yicha jami 4,3 mlrd so‘m mukofot to‘langan.
Mukofotlar hududlar kesimida turlicha taqsimlangan. Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida – 1 328 ta holat va 901 mln so‘m.
Toshkent viloyatida 673 ta holat uchun 396,5 mln so‘m, Samarqandda 639 ta holat uchun 462,5 mln so‘m, Farg‘onada 545 ta holat uchun 325 mln so‘m to‘langan.
Shuningdek, Andijonda 509 ta va 325,5 mln so‘m, Buxoroda 521 ta va 330 mln so‘m, Xorazmda esa 469 ta holat va 285 mln so‘mni tashkil etgan.
Qashqadaryoda 333 ta holat uchun 204,5 mln so‘m, Surxondaryoda 332 ta va 217,5 mln so‘m, Qoraqalpog‘istonda 314 ta va 192,5 mln so‘m mukofot berilgan.
-
Siyosat4 days agoIslom bank ishi anʼanaviy foizlarga asoslangan modellardan nimasi bilan farq qiladi?
-
Jamiyat3 days agoO‘zbekistonda taksichilarni aldashning yangi firibgarlik usuli fosh etildi
-
Dunyodan3 days ago
Prezident Tramp Eronga Hormuz boʻgʻozini ochish uchun 48 soat vaqt berdi
-
Turk dunyosi3 days agoBuyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Gretsiya, Turkiya, Kipr va Dubayga sayohatlar haqidagi soʻnggi maʼlumotlarni eʼlon qildi
-
Dunyodan2 days ago
Eron tarixidagi eng katta banknotalar muomalaga chiqariladi
-
Jamiyat1 day ago
O‘zbekistonliklar qaysi mamlakatlarga eng ko‘p safar qilmoqda (top-10)
-
Iqtisodiyot3 days agoO‘zbekiston eksporti 35 yilda qariyb 19 barobarga oshdi
-
Jamiyat3 days ago
Namanganda yirik turistik majmua qurilishi boshlandi
