Jamiyat
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Hind okeani yonidagi ushbu orol yolg‘izlik, estetik dam olish va madaniy an’analarga muvofiqlikni izlaydiganlarning asosiy tanloviga aylangan. Ayniqsa, shaxsiylik va qulaylikni qadrlaydigan musulmon oilalar va juftliklar uchun ayni muddao.
Nega aynan Maldiv
Maldivda har bir mehmonxona – bu alohida orol, har bir villa esa sizning shaxsiy hududingiz. Dam olishingizga hech kim xalaqit qilmaydi, shovqin, olomon va plyajda tasodifiy odamlar yo‘q.
Halol yeguliklar va servis
Ko‘plab kurortlar halol-menyu taklif qiladi, ayrimlarida esa spirtli ichimliklar umuman yo‘q. Xodimlardan mehmonlarning madaniyati va shaxsiy qarashlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish talab qilinadi.
Oilalar uchun ideal
Keng oilaviy villalar, bolalar klublari, enagalar, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul joylashuv imkoniyati – hammasi sizning qulayligingiz uchun yaratilgan.
Madaniy muvofiqlik
Maldiv – bu musulmon davlati, shuning uchun ham islomiy mamlakatlardan bo‘lgan sayyohlar bu yerda o‘zini qulay his qiladi. Bu yerda biron narsani tushuntirishingiz kerak bo‘lmaydi, sizni shunchaki tushunishadi.
Yozgi mavsum Maldiv bilan tanishish uchun eng yaxshi vaqt
• Turlar narxi qishki mavsumga qaraganda 30-40% ga arzonroq;
• Sayyohlar kam – yolg‘izlik va to‘liq dam olish muhiti;
• Tabiat o‘sha-o‘sha hayratlanarli: moviy suv, yumshoq qum, marjon qoyalar.
Turistik to‘plamga quyidagilar kiritilgan:
• Ikki tarafga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz;
• Yashash joyi;
• Konsepsiya bo‘yicha ovqatlanish;
• Orolgacha transfer (qayiq yoki gidrosamolyot);
• Tibbiy sug‘urta;
• Barcha bosqichda konsultatsiya va hamrohlik;
• eSIM – mobil internet.
Eng yaqin uchib ketish sanasi – shu yakshanba kuni. Bir kishi uchun 7 kechali tur narxi 911 USD dan boshlanadi.
Turga quyidagilar kiritilgan:
• Toshkentdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz;
• Mehmonxona yoki villada yashash;
• Halol-opsiyada ovqatlanish (BB, HB, AI);
• Transfer (qayiq yoki gidrosamolyot);
• Tibbiy sug‘urta;
• Barcha bosqichda qo‘llab-quvvatlash va hamrohlik.
Maxsus taklif: quyosh ostidagi o‘z ideal joyingizni tanlang
Yozda Maldivda dam olish yanada hamyonbop bo‘lmoqda. Kurortlar narxlarni tushiryapti, bonuslar taqdim etmoqda va oilalar, juftliklar hamda tinchlik, uslub va qulaylikni qadrlaydiganlar uchun alohida sharoitlar yaratmoqda.
Villa Park (Sun Island)
• 12 yoshgacha bo‘lgan ikki nafar bola uchun bepul yashash va ovqatlanish;
• Bolali oilalar uchun ideal;
• Qumli plyajlar, keng villalar va faol mashg‘ulotlar.
JW Marriott Maldives Resort & Spa
• 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar ota-onasi bilan bepul ovqatlanadi;
• Premium darajadagi servis va to‘liq shaxsiylik;
• Yolg‘izlik va hashamatli dam olishni yaxshi ko‘radiganlar uchun ideal.
You & Me by Cocoon Maldives
• Yashash uchun 35% chegirma;
• Kurort faqat kattalar uchun, bolalar va spirtli ichimliklar yo‘q;
• Yolg‘iz qolishni istaydigan juftliklar uchun tinchlik, uslub va romantika.
Cocoon Maldives
• Yashash uchun 20% chegirma;
• Zamonaviy uslub, halol ovqatlanish opsiyasi, ideal snorkeling;
• Estetika va qulaylik uyg‘unligi.
Joy Island Maldives
• Yashash uchun 20% chegirma;
• 01.08 dan 30.09 gacha bo‘lgan joylashuv sanalariga qo‘shimcha chegirma;
• Taklif faqat yangi band qilishlarga amal qiladi.
Villalar uchun qo‘shimcha chegirmalar:
• Beach Villa, Ocean Villa, Ocean Suite, Ocean Residence, oyilaviy villalar – 28% chegirma;
• Sunset Pool, Family Pool Beach Villa – 23% chegirma.
Aksiya 31 iyulga qadar amal qiladi.
Turni asialuxe.uz saytida, 1111 qisqa raqami orqali, kompaniya ofislarida va mamlakatdagi istalgan turistik agentlikda xarid qilish mumkin.
Telefon: 1111
Sayt: asialuxe.uz
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram: @asialuxe.travel
Telegram: t.me/Asialuxe
Reklama huquqi asosida
Jamiyat
O‘zbekistonda suv tanqisligini kamaytirish uchun 600 mlrd so‘mlik dastur tasdiqlandi
Hukumat 2026-yilda suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv tanqisligining oldini olishga qaratilgan qaror qabul qildi.
Hujjatga ko‘ra, respublika bo‘yicha suv xo‘jaligi tizimini modernizatsiya qilish va infratuzilmani yaxshilash uchun 600 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.
Qarorda belgilanishicha, mazkur mablag‘ning 480 mlrd so‘mi kanallarni betonlashtirish va rekonstruksiya qilishga, qolgan 120 mlrd so‘mi esa suv bilan bog‘liq chora-tadbirlarga ajratiladi.
Dastur doirasida kanallar va suv tarmoqlari ta’mirlanib, yangi suv omborlari va infratuzilmalar barpo etiladi. Shuningdek, suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilinadi va suv hisobini yuritish tizimi kuchaytiriladi.
Hujjatga ilova qilingan ro‘yxatga ko‘ra, 2026 yilda:
– Qoraqalpog‘iston
– Andijon, Buxoro, Jizzax
– Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand
– Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent
– Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida o‘nlab kanallar rekonstruksiya qilinadi va betonlashtiriladi.
Shuningdek, kelgusida suvdan foydalanish limitlari joriy etiladi hamda suv yetkazib berish va hisobini raqamlashtirish kuchaytiriladi.
Jamiyat
Yaponlar o‘z uyida qanday qilib mukammal ozodalikni saqlaydi?
Bu mamlakatda uyni tozalash og‘ir mehnat hisoblanmaydi.
Yaponiyada biz tushunadigan ma’nodagi «uyni katta tozalash» tushunchasi deyarli noma’lum, ammo uylar hech qanday qiyinchiliksiz ozoda bo‘lib qoladi.
Buning siri qimmat vositalar yoki murakkab texnikalarda emas, balki odamlarning kundalik hayotiga kirib borgan oddiy odatlarda.
Ta’kidlanishicha, yaponlar an’anaviy tozalash ishlariga soatlab vaqt sarflash o‘rniga har kuni 5-10 daqiqa tozalash qoidasiga amal qiladi.
Kichik, ammo muntazam harakatlar, masalan, narsalarni tartibga keltirish, foydalanilgandan so‘ng darhol yuzalarni artish yoki xonalarni har kuni shamollatish uyni iflos bo‘lishiga imkon bermaydi.
Shuningdek, bu mamlakatda ta’lim muhim rol o‘ynaydi, maktablarda bolalar ozodalikka o‘rgatiladi, gigiyena odatga aylanadi. Shuning uchun uyni parvarish qilish og‘ir mehnat sifatida emas, balki bo‘shashtiruvchi va samarali faoliyat sifatida qabul qilinadi.
Yaponiyadagi uylarda tartib va gigiyenani saqlaydigan to‘rtta asosiy odat:
– Ko‘chada kiyiladigan poyabzal uyga kirmaydi;
– Kundalik «soudzi» – har bir buyumning o‘z o‘rni bor, keraksiz narsalar tashlab yuboriladi;
– Darhol tozalash – yuzalar artiladi va idishlar ishlatilgan zahoti darhol yuviladi;
– Tez-tez shamollatish – toza havo changning cho‘kishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Natijada, minimal, ammo doimiy sa’y-harakatlar bilan saqlanadigan ozoda, keng va yoqimli makon paydo bo‘ladi.
Jamiyat
O‘zbekistonda taksichilarni aldashning yangi firibgarlik usuli fosh etildi
Qarshi shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan taksi haydovchilarini aldash bilan shug‘ullangan firibgarlar fosh etildi. Ular o‘zlarini yo‘lovchi sifatida ko‘rsatib, turli bahonalar orqali haydovchilardan pul va bank ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan.
Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, jinoyatchilar maxsus mobil ilovalar orqali taksi buyurtma qilgan. Manzilga yetib kelgan haydovchilardan esa “naqd pul yo‘qligi”ni bahona qilib, mablag‘ni karta orqali o‘tkazishni so‘ragan. Shu orqali ular haydovchilarning bank kartasi ma’lumotlari hamda SMS orqali keladigan tasdiq kodlarini qo‘lga kiritgan.
Operativ tadbirlar davomida mazkur jinoyatlarga aloqador bo‘lgan Farg‘ona shahrida yashovchi 22 yoshli shaxs aniqlanib, u qilgan jinoyatlarini tan olgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda mashhur kompaniyalar nomidan tarqatilayotgan soxta aksiyalar ham aniqlangani xabar qilingan edi. Bunday holatlarda fuqarolarga kvartira, vaucher yoki bepul internet trafigi va’da qilinib, aslida ularning shaxsiy va bank ma’lumotlarini qo‘lga kiritish maqsad qilingan.
Jamiyat
Afg‘onistondan kartoshka ko‘rinishida olib o‘tilayotgan 72 kg gashish fosh qilindi
Termiz tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi yuk mashina chegarada ko‘rikdan o‘tkazilgan. Uning yukxonasidagi kartoshkalar orasidan kartoshka ko‘rinishida yasalgan 72 kg gashish topilgan. Ushbu narkotik modda Rossiyaga olib ketilayotgan bo‘lgan.
Surxondaryoda Afg‘onistondan Rossiyaga olib ketilayotgan katta miqdordagi narkotik modda fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Termiz tumanida yashovchi 25 yoshli haydovchi boshqaruvidagi MAN yuk mashinasi Afg‘onistondan “Termiz-avtomobil yo‘li” xalqaro o‘tkazish punktiga kirib kelgan vaqtda DXX Chegara qo‘shinlari va Bojxona idoralari xodimlari hamkorligida ko‘rikdan o‘tkazilgan. Jarayonda mashina yukxonasida kartoshka mahsulotlari borligi ma’lum bo‘lgan.
Qishloq xo‘jaligi mahsuloti sinchkovlik bilan tekshirilganda ularning orasiga kartoshka ko‘rinishida yasalgan 222 dona bo‘lakdan iborat 72 kg 300 gr gashish yashirilganligi aniqlangan. Narkotik modda protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, katta miqdordagi ushbu narkotik modda Rossiyaga olib ketilayotgan bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Samarqandda 38 kilogrammga yaqin narkotik modda aniqlangandi.
Jamiyat
Ayrim ko‘chalarda avtoulovlar harakatiga vaqtincha o‘zgarish kiritiladi
Elektr ta’minotini yaxshilash hamda iste’molchilarga sifatli elektr xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida 2026 yil 24 martdan 31 martga qadar Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mingbuloq va Shukur Burhonov ko‘chalarida yerosti kabel tarmoqlarini tortish ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan mazkur hududda avtoulovlar harakatiga vaqtincha o‘zgarishlar kiritiladi. Xususan, Mingbuloq ko‘chasining Hamroyeva ko‘chasidan kirish qismida harakat vaqtincha cheklanadi. Avtoulovlar yo‘lning ikkinchi bo‘lagidan qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadi. Shuningdek, Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Mingbuloq ko‘chasiga harakatlanish imkoniyati saqlab qolinadi.
Bundan tashqari, Mingbuloq ko‘chasidan Shukur Burhonov ko‘chasiga harakatlanish ham vaqtincha cheklanadi.
Mas’ullar haydovchilardan belgilangan tartib va tezlik me’yorlariga qat’iy amal qilgan holda harakatlanishni so‘ramoqda. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raldi.
-
Dunyodan5 days ago
Isroil Livan janubida quruqlikdan operatsiya boshladi
-
Jamiyat4 days agoChilonzorda Al-Xorazmiy ko‘chasining bir qismi yopiladi
-
Siyosat4 days ago
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
-
Jamiyat4 days agoToshkentda bayram kunlari jamoat transporti uchun maxsus jadval joriy etildi
-
Mahalliy5 days agoRo‘zadan keyin 90 foiz odamlar yo‘l qo‘yadigan xato
-
Jamiyat4 days agoCoca-Cola O‘zbekistonda Ramazon oyida bir qator xayriya tashabbuslarini amalga oshirdi
-
Jamiyat3 days agoImom Buxoriy masjid-majmuasida ilk hayit namozi o‘qildi (foto)
-
Iqtisodiyot5 days ago
Xizmatlar bozorining qariyb 40 foizi Toshkentda — statistika
