Mahalliy
Maktablarda bir o‘qituvchiga necha nafar o‘quvchi to‘g‘ri keladi?
Ctatistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili boshiga umumta’lim muassasalarida bir nafar o‘qituvchi (o‘rindoshlarsiz)ga o‘rtacha 12 nafar o‘quvchi to‘g‘ri kelmoqda.
Ushbu ko‘rsatkich hududlar kesimida quyidagicha:
Toshkent shahri — 17 nafar
Andijon viloyati — 14 nafar
Toshkent viloyati — 14 nafar
Namangan viloyati — 13 nafar
Samarqand viloyati — 13 nafar
Farg‘ona viloyati — 12 nafar
Sirdaryo viloyati — 12 nafar
Surxondaryo viloyati — 11 nafar
Jizzax viloyati — 11 nafar
Xorazm viloyati — 11 nafar
Buxoro viloyati — 11 nafar
Qashqadaryo viloyati — 11 nafar
Qoraqalpog‘iston Resp. — 9 nafar
Navoiy viloyati — 9 nafar
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili boshida mamlakatimizdagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar(o‘rindoshlarsiz)ning umumiy soni 564,9 ming nafarni tashkil etgan. Umumta’lim muassasalari soni esa 10 943 ta.