Siyosat
MAGATE rahbari Toshkentga keldi va O‘zbekistonning atom energetikasi dasturini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi
Prezident devoni rahbari Saida Mirziyoyeva Jizax viloyatida atom elektr stansiyasi qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi.
Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
Uchrashuvda tomonlar mamlakat atom energetikasi infratuzilmasini rivojlantirish, yadro tibbiyotini kengaytirish va ushbu sohada mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi.
Grossining tashrifi O‘zbekiston mahalliy atom energetikasi sanoatini yo‘lga qo‘yish rejalarini ilgari surayotgan paytga to‘g‘ri keldi. Ushbu sohani rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan institutsional va texnik infratuzilmani barpo etish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Bundan avval janob Grossi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Atom energiyasi agentligi (O‘zatom) rahbariyati bilan uchrashuvda MAGATE O‘zbekiston yadro dasturini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga tayyorligini yana bir bor tasdiqladi.
MAGATE direktori, shuningdek, Oʻzbekistonning milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantirish borasidagi saʼy-harakatlarini ijobiy baholadi va mamlakatning atom energetikasini xalqaro standartlar va MAGATE tavsiyalariga muvofiq rivojlantirish borasidagi izchil yondashuvini yuqori baholadi.