Dunyodan
Livan-Isroil o’t ochishni to’xtatish muddati uch haftaga uzaytirildi
Prezident Tramp Livan va Isroil oʻrtasidagi oʻt ochishni toʻxtatish rejimini uch haftaga uzaytirganini eʼlon qildi.
Oq uyning bildirishicha, bu qaror Oval kabinetda Isroil va Livanning yuqori martabali rasmiylari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng qabul qilingan.
“Qo’shma Shtatlar o’zini Hizbullohdan himoya qilish uchun Livan bilan ishlamoqda”, deb yozgan Prezident Tramp o’zining “Truth Social” ijtimoiy tarmog’idagi sahifasida.
Prezident yaqin orada Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Livan prezidenti Jozef Aunni Vashingtonda kutib olishini qo‘shimcha qildi.
16 aprel kuni Prezident Tramp Oq uyda Isroil va Livan o‘rtasida 34 yil ichida o‘tkazilgan ilk ikki tomonlama uchrashuvdan so‘ng ikki davlat 10 kunlik sulh imzolaganini e’lon qildi.
Isroil avvalroq Eronni qo‘llab-quvvatlagan va Isroilni o‘qqa tutgan Hizbulloh pozitsiyalariga hujum qilgan edi.
Otashkesim e’lon qilinganiga qaramay, mintaqada zo’ravonlik davom etmoqda. Livan chorshanba kuni jurnalist Amal Xalilning o‘limiga sabab bo‘lgan havo hujumida Isroilni aybladi. Isroil o’z qo’shinlari xavfsizligini ta’minlash uchun harakat qilganini aytadi.
Livanda tinchlik o’rnatilishi Eronning AQSh bilan muzokaralardagi talablaridan biri bo’ldi.