Dunyodan
Kreml Ukraina va AQSh bilan muzokaralarning yangi sanalarini e’lon qildi.
Kreml Ukraina, Rossiya va AQSh o’rtasidagi uch tomonlama muzokaralarning navbatdagi raundi 17 va 18 fevral kunlari bo’lib o’tishini ma’lum qildi. Uchrashuv Jenevada o’tkazilishi rejalashtirilgan. Rossiya delegatsiyasiga prezident maslahatchisi Vladimir Medinskiy boshchilik qildi.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham muzokaralar kelasi hafta davom etishini tasdiqladi.
“Biz yangi muzokaralar haqiqatan ham kelasi hafta bo’lib o’tishiga kelishib oldik. Joylashuv va aniq sanalar haqida ma’lumot beramiz”, – dedi Peskov.
Politico avvalroq masaladan xabardor manbalarga tayanib, uch tomonlama muzokaralar kelasi haftadayoq tiklanishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Gazetada Abu-Dabi va Mayami potentsial joylar sifatida ko’rsatilgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham muzokaralar 17-18 fevral kunlari bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytdi va Mayamini ehtimoliy yo‘nalishlardan biri sifatida tilga oldi. Biroq Dmitriy Peskov bir hafta oldin bunday imkoniyatni inkor qilgan edi.
“Yoʻq, bunday masalalar muhokama qilinmayapti”, dedi u AQShda uchrashuv oʻtkazish imkoniyati haqidagi savolga javob berar ekan.