Jamiyat
Ko‘ngilli qutqaruvchilarni FVB jamoatchilik guruhlariga jalb etish tartibi belgilandi
Hukumatning joriy yil 17-apreldagi 181-son qarori bilan «Volontyorlar va ko‘ngilli qutqaruvchilarni «Favqulodda vaziyatlar volontyori» jamoatchilik guruhlariga jalb etish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, jamoatchilik guruhlariga faqat 18 yoshdan katta bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari jalb etiladi.
Bunda a’zo bo‘lish istagidagi shaxslar Volontyorlar elektron platformasi (volontyor.uz) orqali hisobga qo‘yilgandan so‘ng hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga (bosh boshqarmalariga) ariza bilan murojaat qiladi.
Jamoatchilik guruhlarining a’zolariga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:
Favqulodda vaziyatlar vaziri tavsiyanomasiga asosan Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasining bakalavriat yo‘nalishiga o‘qishga kirishda o‘zlari to‘plagan ballarning 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball berish;
ko‘ngilli qutqaruvchilarga «mahalla yettiligi» tavsiyanomasiga asosan hududiy qutqaruv tuzilmalarida qutqaruvchi lavozimiga ishga qabul qilish bo‘yicha tanlovda belgilangan tartibda ustuvorlik berish.
Akademiyaga o‘qishga kirishda qo‘shimcha ball berish uchun tavsiyanoma Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tashkil etiladigan tanlovda g‘olib bo‘lgan volontyorlarga beriladi.
Tanlov 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan volontyorlar ishtirokida o‘tkaziladi.
Volontyorlarning faoliyati tuman (shahar), viloyat va respublika darajasida quyidagi mezonlar asosida to‘plangan ballar orqali baholanadi:
«mahallabay» tamoyili asosida favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari;
favqulodda vaziyatlarda qidiruv-qutqaruv ishlaridagi ishtiroki;
favqulodda vaziyatlar zonasida aholiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va evakuatsiya tadbirlaridagi ishtiroki va boshqalar.
Baholash natijalariga ko‘ra har bir hududdan 1 nafardan jami 14 nafar volontyorga tavsiyanoma beriladi.
Tavsiyanoma 1 o‘quv yili uchun amal qiladi.
Jamiyat
Qashqadaryoda lolazorni payhon qilganlar jarimaga tortildi
Qashqadaryoda lolazorni payhon qilganlar jarimaga tortildi
Source link
Jamiyat
3 oyda O‘zbekistonga 2,8 mlndan ortiq turist tashrif buyurdi
2026-yilning yanvar-mart oylarida 164 ta mamlakatdan jami 2 872 502 nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 770 ming nafarga yoki 36,6 foizga oshgan.
Turistlar soni bo‘yicha TOP-10 davlatlar:
Qirg‘iz Respublikasi – 807 095 nafar;
Tojikiston – 713 904 nafar;
Qozog‘iston – 681 921 nafar;
Rossiya – 223 285 nafar;
Afg‘oniston – 120 184 nafar;
Xitoy – 87 023 nafar;
Turkmaniston – 79 046 nafar;
Turkiya – 39 445 nafar;
Hindiston – 12 600 nafar;
Koreya Respublikasi – 7 813 nafar.
Jamiyat
Hiyla
Hiyla
Source link
Jamiyat
3 oyda 1,6 mln o‘zbekistonlik xorijga safar qildi
2026-yil yanvar–mart oylarida 1 million 631 ming nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarolari turizm maqsadida xorijga safar qildi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 111,6 ming nafarga oshgan.
Ma’lum bo‘lishicha, asosiy safarlar qo‘shni davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Jumladan, 2026 yilning dastlabki uch oyida eng ko‘p safar qilingan davlat Qirg‘iziston bo‘lib, 660 579 nafar fuqaro ushbu mamlakatga borgan.
Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston (284 024 nafar) va Tojikiston (282 040 nafar) qayd etilgan. Shuningdek, Saudiya Arabistoni 136 060 nafar bilan yuqori o‘rinni egallagan. Rossiya, Turkiya, BAA, Xitoy, Tailand va Misr ham eng ko‘p tanlangan yo‘nalishlar qatoriga kirgan.
Ma’lumot o‘rnida, 2026-yilning yanvar-mart oylarida 164 ta mamlakatdan jami 2 872 502 nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Jamiyat
“Toshkent yog‘-moy kombinati”ning ishchilari chorasiz qoldirildi
“Toshkent yog‘-moy kombinati” nomi bilan mashxur zavod bo‘lgan. Unda bir vaqtlar minglab odamlar ishlagan, ro‘zg‘or tebratgan. 2022 yilda kombinat xususiylashtirilib, 2025 yilda tugatilgan. Bu vaqtda kombinatning o‘nlab ishchilaridan qariyb 10 mlrd so‘m qarzi bo‘lgan. Mol-mulklari sotilib, binolari buzilib ketgan kombinatning qarzini qoplashga yaragulik xech vaqosi yo‘q. Hujjatda 2 ta yuk mashinasi bor: ularning ham qayerda ekani “noma’lum”.
Tarixiy zavodning tugatilishi
Bir vaqtlar Yashnobod tumanida “Toshkent yog‘-moy kombinati” nomi bilan mashxur zavod bo‘lgan. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi 2022 yil noyabrida “Toshkent yog‘-moy kombinati” aksiyadorlik jamiyatidagi 56 foiz davlat ulushini “Toyloq Toza Hudud” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga sotgan.
Keyinroq, 2024 yil iyunida kombinatning aksiyadorlari uni ixtiyoriy tugatishga qaror qiladi va I.Irnazarov tugatish boshqaruvchisi etib tayinlanadi.
Tugatuvchining 2025 yil 21 yanvardagi onlayn arizasiga asosan jamiyat ixtiyoriy tugatish jarayoniga o‘tkazilgan va 2025 yil 21 may kuni Yashnobod tuman davlat xizmatlari markazi “Toshkent yog‘-moy kombinati” AJni davlat reyestridan chiqargan.
Haqdorlar bor edi…
Ammo bu paytda kombinatning o‘nlab ishchilari mehnat qonunchiligining qo‘pol buzilishlaridan jabr ko‘rayotgan, milliardlab haqlarini undira olishmayotgan edi.
Jumladan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudi “Toshkent yog‘-moy kombinati”dan uning turli sexlarida faoliyat yuritgan ellik nafardan ortiq ishchilariga ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolgan vaqt uchun ish haqi va boshqa to‘lovlarni undirib berishni nazarda tutuvchi qarorlar chiqargan.
“O‘lgan o‘lolmagan” kombinat
Pulni undirishning yagona yo‘li kombinatni tiklash edi. Ishchilar bor harakatni shunga qaratishdi va sud orqali buning uddasidan chiqishdi.
Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining 2025 yil 4 sentabrdagi hal qiluv qarori bilan “Toshkent yog‘-moy kombinati” AJni davlat reyestridan chiqarish va tugatish haqidagi vakolatli organ yozuvlari haqiqiy emas deb topildi.
«Juda katta hudud edi. Hozir mana shu katta hududni buzib tashlab, ko‘zimiz oldida bizni ishsiz qoldirib uy qurishyapti. Odamlarning ko‘z yoshi ustiga uy qurishyapti, ishsizligi ustiga uy qurishyapti. Biz aksionerlar bilan hisob-kitob qilishmadi. Noqonuniy bizni ishdan bo‘shatgani uchun oliy sud quyi instansiyalar ishga tiklab qo‘ydi, pullarimizni undirib berdi, lekin shularni ijro qilishdan bosh tortishyapti. Bizning huquqlarimizni poymol qilishyapti.
Biz aksiyadormiz ham, aksiyalarimiz ulushlarini bermasdan turib, biz bilan hisob-kitob qilmasdan turib, tugatib tashladi. Biz keyin ma’muriy sudga berdik. Sudyalar bizning tomonimizga hal qilib berishdi. Lekin huquqlarimizni poymol qilgan holda mablag‘larimizni, ish haqlarimizni to‘lab bermayapti. Rahbar o‘zini olib qochib yuribdi. Korxona rahbari, tugatuvchi Ernazarov Nodir. U bizga hozirda MIBda turgan sakkiz milliarddan oshiq pullarimizni to‘lab bermayapti», deydi murojaatchilardan biri Sanobar Qahhorova.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda sobiq korxona hududida yangi Bashkent turar joy majmuasi qurilyapti. Hududning sotilishida monetar aksiyadorlarning roziligi olinmagan.
“Kuchuklar bilan mazamizni qochirishdi”
«Qonuniy bizga chiqarib bergan oliy sudga, iqtisod sudiga, hammasiga rahmat. Lekin bizga nimagadir MIB yordam bermayapti. O‘sha pullarni qonuniy olishimizga yordam berishlarini so‘raymiz. Aksiyalarimiz ham 30 yil davomida bir marta olganman.
Ishdan bizlarni bo‘shatib yubordi. Bo‘shatganda ham bizlar hisob-kitob qilib, oxirida berishi kerak bo‘lgan hisob-kitoblarining hech qaysisini bergan yo‘q, bosh tortishdi hammasidan, chiqarib yuborishdi. Darvozadan kiramiz desak, bizlarni haydab kuchuklar bilan mazalarimizni qochirib qo‘yishdi», deb ta’kidlaydi Karima Murodova.
Undiruv MIBda
Xozir undiruv majburiy ijro buyurosi yurituvida – undiriladigan miqdor sal kam 10 mlrd so‘m atrofida.
Majburiy ijro byurosi markaziy mahkamasining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining tegishli qarorlariga asosan qarzdor “TOSHKENT YOG’-MOY KOMBINATI” AJdan 51 nafar fuqaro foydasiga jami 9 mlrd 896 mln so‘m qarz, davlat foydasiga 32 ta ijro xujjati bo‘yicha 382 mln 463 ming so‘m davlat boji, 12 nafar fuqarolarni ishga tiklash hamda 12 nafar fuqaro bo‘yicha ish haqilarni soliqda aks ettirish majburiyatini yuklash bilan bog‘liq ijro hujjatlari mavjud.
Kombinatda qo‘lga ilingulik xech vaqo yo‘q
Ma’lum bo‘lishicha kombinat nomida 2 ta:
– 1991 yilda ishlab chiqarilgan GBK 8350 rusumli
– 1993 yilda ishlab chiqarilgan “KAMAZ 53212” rusumli yuk va tirkama transport vositalari borligi aniqlangan.
MIB tomonidan tegishli tartibda taqiq qo‘yilib, qidiruv e’lon qilingan.
Kombinat yo‘q, o‘rnida «novostroyka»lar
Qiziq tomoni, Kombinat joylashgan Yashnobod tuman, Jarqo‘rg‘on ko‘chasi 47-uy manzilida Kombinatga tegishli bino va inshoatlar butkul buzib tashlangan, uning o‘rnida ko‘p qavatli turar joy binolari qurilmoqda. Shu sababli 7 nafar fuqarolarning “TOSHKENT YOG’-MOY KOMBINATI” AJga ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro xujjatlari ijrosini ta’minlash imkoniyati bo‘lmagan.
Xullas, guvohi bo‘lganingizdek bir vaqtlar O‘zbekistonning qudratli korxonalaridan biri bo‘lgan kombinat bugun yo‘q – uning o‘nlab ishchilari esa haqini ololmay sarson, sargardon.
-
Siyosat3 days ago
«Muruvvat» internat uylari «G‘amxo‘rlik» markazlariga aylantiriladi
-
Iqtisodiyot5 days ago21 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzilishlar aniqlandi
-
Dunyodan3 days ago
Eron nega Hurmuzni yana qamal qildi?
-
Jamiyat5 days ago
Reklama qonunchiligini buzgan qurilish kompaniyalari jarimaga tortildi
-
Siyosat3 days agoO‘zbekistonda bolalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishni kuchaytirmoqda
-
Jamiyat3 days ago«World Content Market»da ilk bor O‘zbekiston milliy paviloni tashkil etildi
-
Jamiyat3 days ago16:13 “Qo‘rquv bo‘lishi tabiiy, ammo bu sizni to‘xtatmasin”, – 17 yoshida NASA va SpaceX bilan kosmik loyihani amalga oshirgan Akbar hikoyasi
-
Siyosat3 days agoO‘zbekistonda bolalarga qarshi jinoyatlar uchun jazo qat’iylashtirildi
