Jamiyat
«Karkidon» suv ombori hududida 635 mlrd so‘mlik majmua barpo etilmoqda: tafsilotlar
Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida Quva tumanida agrovoltaika texnologiyasi joriy etilgan qishloq xo‘jaligi majmuasi bilan tanishdi.
Yurtimizda qishloq va suv xo‘jaligida energiya sarfi ortib borayotgani hisobga olinib, «yashil» energiya quvvatlarini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Agrovoltaika usuli bir yerning o‘zida ham mahsulot yetishtirish, ham quyosh panellari orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatimizda agrovoltaika yo‘nalishida 10 gigavattgacha quvvat yaratish salohiyati mavjud.
Bu yondashuv O‘zbekiston sharoitida, ayniqsa, quyoshli kunlar ko‘p bo‘lgan hududlar uchun samaralidir. Panellar ekinlarga soya berib, tuproq namligini uzoqroq saqlaydi, suv sarfini kamaytiradi. Ekinlar esa yer haroratini me’yorda ushlab, quyosh modullarining samarali ishlashiga yordam beradi.
Majmuada suv tejamkorligiga qaratilgan ilg‘or texnologiyalar ham joriy etilgan. Xususan, Avstriyaning «Bauer» kompaniyasi texnologiyasi asosida yomg‘irlatib sug‘orish tizimi qo‘llanilmoqda. Bu usul suvni ekin maydoniga bir me’yorda yetkazib, tuproq namligini saqlash, o‘g‘itni maqsadli berish va hosildorlikni oshirish imkonini beradi.
Mazkur texnologiya avval respublikadagi fermer xo‘jaliklarida sinovdan o‘tkazilib, suv sarfini 40 foizga, o‘g‘it sarfini 35 foizga, qo‘l mehnatini 90 foizga kamaytirish va hosildorlikni 25 foizga oshirish samarasini ko‘rsatgan.
110 gektar maydonni egallagan majmuada intensiv bog‘dorchilik, chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishlari uyg‘unlashtirilgan. Bu qayta tiklanuvchi energiya manbalari va suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan mamlakatimizdagi ilk agromajmualardan biri hisoblanadi.
Hududda 10 mingta quyosh paneli o‘rnatilgan. Ular elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan birga tuproq namligini saqlash va ekinlar uchun soya hosil qilishga xizmat qiladi. Baliqchilik hovuzlarida kislorod berish jarayoni elektr energiyasi hisobiga amalga oshiriladi, hovuz suvi esa mineral moddalarga boy holda uzumzor va bog‘larni oziqlantirishga yo‘naltiriladi.
Chorvachilik yo‘nalishida qoramollar quyosh panellari soyasida saqlanadi, bog‘ hududidagi o‘tlar bilan oziqlanadi, organik o‘g‘it esa yer unumdorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu tariqa majmuada energiya, suv, ozuqa va o‘g‘it bir-birini to‘ldiruvchi yagona tizimga birlashtirilgan.
Bunday tizim qishloq xo‘jaligi, energetika va chorvachilikni o‘zaro bog‘lab, yerdan ikki karra samara olish, mahsulot tannarxini pasaytirish va bozorda raqobatbardoshlikni oshirish imkonini beradi. Eng muhimi, bu fermerlar daromadini ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Hozirda agromajmuada uzumning eksportbop «Avatar» navi yetishtirilib, zotdor qoramol va qo‘ylar parvarishlanmoqda, intensiv baliqchilik yo‘lga qo‘yilgan. Natijada 100 dan ortiq oilaning daromadi oshirilib, 350 nafar aholi bandligi ta’minlanmoqda. Eksport hajmi 2,5 million dollarni tashkil etadi.
Endilikda nafaqat mamlakatimiz, balki butun mintaqa uchun noyob bo‘lgan ushbu tajribani respublikaning 13 ta hududida 2 ming gektar maydonda ommalashtirish rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari majmua faoliyati bilan tanishar ekan, agrodronlar yordamida ekinlarni dorilash va monitoring qilish ishlarini ham ko‘zdan kechirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Quva tumanidagi «Karkidon» suv ombori hududida barpo etilgan yangi turizm majmuasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.
Bu maskan Farg‘ona vodiysida yozgi dam olish, ekoturizm va faol hordiq chiqarish uchun eng jozibador manzillardan biriga aylanishi kutilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2025-yil 1-apreldagi qaroriga muvofiq, bu yerda qiymati 635 milliard so‘mlik zamonaviy turizm majmuasi shakllantirilmoqda. Hududda yo‘l infratuzilmasi yaxshilanib, obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.
508 gektar maydonni egallagan majmua agroturizm, ekoturizm va ekstremal turizm imkoniyatlarini birlashtirgan. Bu yerda 45 ta shale, 57 ta zamonaviy mehmon uyi, agroturizm majmuasi, gullar bog‘i, lavandazor, ekobozor, sokin hududlar va restoranlar tashkil etilgan.
Prezidentimiz hududda yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekan, bunday loyihalar aholi farovonligi, hudud iqtisodiyoti va mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Turizm mamlakatni dunyoga tanitish, yangi ish o‘rinlari yaratish va xizmatlar eksportini kengaytirishning samarali yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.
Loyiha doirasida yuzdan ortiq tadbirkorlik sub’yekti tashkil etilib, 2 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi. Yiliga 750 ming nafar sayyohni qabul qilish, 3 milliard so‘mlik budjet tushumi hamda 5 million dollarlik xizmatlar eksportini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Majmua 2027 yildan to‘liq quvvatda ishga tushiriladi.
Kelgusida bu yerda motokross maydonlari, 2 kilometrli dor yo‘li, karting va golf maydonlari tashkil etiladi. Bu imkoniyatlar «Karkidon» majmuasini faol turizm yo‘nalishidagi flagman maskanlardan biriga aylantiradi.
Mutasaddilarga turizm va xizmat ko‘rsatish sohalarini yanada rivojlantirish, mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish, eng muhimi, aholi manfaatiga xizmat qiladigan barqaror tizimni shakllantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Tashrif davomida davlatimiz rahbari yangi mehmonxona va savdo majmualari faoliyati bilan ham tanishdi. Shu yerning o‘zida sayyohlik sohasida istiqbolda amalga oshiriladigan loyihalar taqdimot qilindi.
Jumladan, Taxtako‘pir tumanida Qoratereng ko‘li, Xonobod tumanida sun’iy ko‘l, Xatirchi tumanida «Ko‘ksaroy suv ombori, Pop tumanida Arashan ko‘li, Nurobod tumanida «Sobirsoy» va Kattaqo‘rg‘on tumanidagi «Kattaqo‘rg‘on» suv omborlari atrofida ham yirik turizm majmualarini barpo etish rejalashtirilgan.
Bu kabi loyihalar mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini kengaytirish, hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va aholi daromadini oshirishga xizmat qiladi.
Jamiyat
Jahon banki Özbekistonga 800 mln dollar ajratişni maʼqulladi
Jahon banki Özbekistondagi iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni qöllab-quvvatlaş uçun 800 mln dollarlik moliyalaştiriş paketini maʼqulladi.
Islohotlar yuqori haq tölanadigan iş örinlarini köpaytiriş, xususiy sektor rolini kengaytiriş, ekologik barqaror va inklyuziv iqtisodiyotni şakllantirişga qaratilgan.
Moliyalaştiriş paketi doirasida ijtimoiy suğurta, jumladan, homiladorlik va tuğiş hamda vaqtinça mehnatga layoqatsizlik böyiça nafaqalar qamrovini kengaytiriş, xavfsiz mehnat şaroitlarini taʼminlaş mexanizmlarini mustahkamlaş nazarda tutilgan.
Şuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi va oilalarga körsatiladigan xizmatlar sifatini yaxşilaş maqsadida ijtimoiy xodimlarning kasbiy malakasi oşiriladi.
Keng polosali internetdan foydalanuvçilar sonini yana 500 ming nafarga oşiriş rejalaştirilgan bölib, ularning 250 ming nafarini xotin-qizlar taşkil etadi. Fermerlarning 35 foizini qişloq xöjaligi suğurtasi bilan qamrab oliş ham közda tutilgan.
Energetika sohasida elektr energiyasi isteʼmolçilarining 15 foiziga xususiy operatorlar boşqaruvidagi taqsimlaş tarmoqlari orqali xizmat körsatiş, energiya samaradorligini oşirişga 10 mln dollarlik xususiy investitsiya jalb qiliş hamda taqsimlangan qayta tiklanuvçi energiya quvvatini 3 ming megavattga yetkaziş maqsad qilingan.
Jamiyat
Prezident maktubi — yoş avlodga mehr va maʼrifat saboği
Davlatimiz rahbarining nabirasi Şavkatbekka yöllagan samimiy maktubi nafaqat oilaviy mehr ifodasi, balki Özbekiston yoşlarini ilm olişga, öz ustida işlaşga va Vatanga munosib farzand bölib kamol topişga çorlovçi ezgu murojaatdir.
Toşkent şahri Olmazor tumanidagi 133-maktab öquvçilari ham maktubdagi samimiy satrlar orqali yoş avlodga körsatilayotgan eʼtibor va ğamxörlikni his etdilar.
Maktubdagi quyidagi satrlar har bir öquvçi uçun muhim hayotiy saboq böla oladi:
«Ilm-maʼrifat örganişga sidqidildan harakat qil! Çunki bilim va tafakkur bitmas-tuganmas boylikdir».
Bu satrlar yoşlarning qalbida bilimga intiliş, orzu-maqsadlar sari dadil qadam taşlaş va kelajak uçun masʼuliyat hissini mustahkamlaydi.
Jamiyat
Özbekistonda huquqbuzarlik holatlari haqida xabar beriş tartibi belgilandi
Hukumatning 2026-yil 25-noyabrdagi 640-son qarori bilan «Huquqbuzarlik holatlari haqida xabar qiliş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, xabardor qiluvçi subyektlar öz xizmat va kasbiy faoliyati davomida huquqbuzarliklar, jumladan, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zöravonlik, voyaga yetmaganlarning nikohi hamda 16 yoşgaça bölgan şaxslarning homiladorlik holatlari haqida xabar beradi.
Bunday holatlar quyidagi manbalar orqali aniqlanadi:
jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari;
taʼlim-tarbiya jarayonidagi pedagogik kuzatuvlar, öquvçilar va ularning ota-onalari bilan suhbatlar;
tibbiy yordam va reabilitatsiya xizmatlarini körsatiş, tibbiy körikdan ötkaziş va dispanser nazoratiga oliş jarayonlari;
xizmat va kasbiy faoliyat davomida boşqa manbalardan olingan maʼlumotlar.
Masʼul xodim xabarnoma yuboriş vaqtida yoki undan söng zudlik bilan jabrlanuvçiga xabarnomaning mazmuni, qonunçilikda belgilangan himoya çoralari, jumladan, himoya orderi oliş imkoniyati haqida maʼlumot berişi lozim.
Şuningdek, jabrlanuvçiga «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari va boşqa taşkilotlarda mavjud xizmatlar, bepul yuridik maslahat oliş huquqi tuşuntiriladi.
Idoraviy axborot tizimlari töliq integratsiya qilinguniga qadar huquqbuzarlik holatlari haqida Içki işlar vazirligining 102 yoki 112 yagona dispetçerlik xizmatiga qönğiroq qiliş orqali xabar beriladi.
Jamiyat
Muddatli tölovga savdo qiluvçi ayrim taşkilotlar uçun yangi tartib taklif qilindi
Markaziy bank bölib tölaş şartida tovar, iş va xizmatlar sotuvçi taşkilotlarning qaysilari hisob röyxatidan ötişi şartligini aniqlaş tartibini işlab çiqdi.
Markaziy bank boşqaruvining qaror loyihasiga köra, taşkilot bir çorak yakunlari böyiça quyidagi ikki mezonga bir vaqtda javob bersa, Markaziy bankda hisob röyxatidan ötişi va muddatli tölov xizmati operatorlari reyestriga kirişi şart böladi:
tovarlar, işlar va xizmatlarni sotiş böyiça jami aylanmasi 500 mln sömdan oşsa;
şu aylanmada bölib tölaş xizmatining uluşi 50 foiz yoki undan köp bölsa.
Loyihada uşbu mezonlardan işlab çiqaruvçi korxonalar mustasno qilingan. Bölib tölaş aylanmasini hisoblaşda sotilgan tovar, iş va xizmatlar qiymati bilan birga ular böyiça olingan daromadlar, jumladan foizli daromadlar ham inobatga olinadi.
Taşkilotlar körsatkiçlarini har çorak yakunida mustaqil hisoblaşi kerak. Belgilangan mezonlarga javob bergan taşkilot çorakdan keyingi oyning 20-kunidan keçiktirmay Markaziy bankka ariza va hujjatlar bilan murojaat qilişi nazarda tutilmoqda.
Loyihaga köra, Soliq qömitasi elektron hisobvaraq-fakturalar, onlayn kassa çeklari va tegişli mahsulot hamda xizmat kodlari asosida taşkilotlar haqidagi maʼlumotlarni şakllantiradi. Bu maʼlumotlar çorakdan keyingi oyning 15-kunidan keçiktirmay Markaziy bankka elektron tarzda taqdim etiladi. Markaziy bank ularni beş iş kuni içida tahlil qilib, zarurat bölsa, qöşimça maʼlumot söraydi.
Banklar va mikromoliya taşkilotlari reyestrga Markaziy bankni xabardor qiliş orqali, boşqa yuridik şaxslar esa hisob röyxatidan ötiş orqali kiritilişi belgilanmoqda.
Hujjatda mezonlarga javob bera turib, hisob röyxatidan ötmasdan faoliyat yuritiş nizom talablarini buziş deb baholanişi qayd etilgan. Loyihada buning uçun alohida jarima miqdori körsatilmagan.
Qarorni 2027-yil 1-yanvardan kuçga kiritiş taklif qilinmoqda. Hujjat hozirça loyiha maqomida.
Jamiyat
«Bözsuv» oqova suv tozalaş inşootida jiddiy ekologik qoidabuzarliklar aniqlandi
Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Ekopolitsiya xodimlari Toşkent viloyatining Zangiota tumanida joylaşgan «Bözsuv» oqova suv tozalaş inşootida aholidan kelib tuşgan eʼtirozlar asosida ekologik nazorat tekşiruvini ötkazdi.
Tekşiruvda 1-toifa xavflilik darajasiga mansub mazkur strategik inşootda texnologik jarayonlar izdan çiqqanligi, oqova suvlarni tozalaş samaradorligi belgilangan 70 foiz örniga 47,6–51,5 foizgaça tuşib ketganligi aniqlangan. Şuningdek, «Bözsuv» kanaliga zararli va yetarli darajada tozalanmagan oqova suvlar taşlanayotgani qayd etilgan.
Xususan, 2026-yil 11-13-noyabr kunlari kanalga taşlanayotgan oqova suvlardan olingan namunalarning laboratoriya tahlilida 13 ta ifloslantiruvçi moddadan 9 tasi belgilangan meʼyordan bir neça ön barobar yuqori ekani maʼlum bölgan. Inşoot samaradorligi pasayişi oqibatida atrofga kuçli badböy hidlar tarqalib, yaqin hududda yaşovçi aholining ommaviy eʼtirozlariga sabab bölgan.
Qömita maʼlumotiga köra, bunga asosiy sabablardan biri inşoot masʼullari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 11-son qarori talablariga zid ravişda tarkibida oğir kimyoviy böyoqlar va zaharli moddalar bölgan yirik töqimaçilik, qoğozni qayta işlaş, quşxona hamda boşqa işlab çiqariş korxonalarining oqova suvlarini mahalliy tozalaş tizimisiz qabul qiliş bölgan.
Inşoot rahbariyati bunday korxonalarni tarmoqdan uziş va Ekologiya organlarini xabardor qiliş talablarini bajarmagan. Şuningdek, Davlat ekologik ekspertizasining 2024-yildagi xulosasida belgilangan inşootni modernizatsiya qiliş, qöşimça tozalaş majmuasini quriş hamda oqova suvlar sifatini avtomatlaştirilgan nazorat qiliş tizimlarini joriy etiş böyiça talablar bajarilmagan.
Tekşiruvda inşoot rahbariyati davlat nazoratiga tösqinlik qilgani va ekologik maʼlumotlarni yaşirgani ham aniqlangan. Jumladan, 2026-yil 17-noyabr kuni inşoot xodimlari Ekopolitsiya va irrigatsiya mutaxassislarining qonuniy faoliyatiga tösqinlik qilib, 3-son çiqariş nuqtasida «Bözsuv» kanaliga taşlanayotgan oqova suv hajmini ölçaşga yöl qöymagan.
Bundan taşqari, jamiyat taqdim etgan hisobotlarda yillik oqova suv hajmi 2023-yilga nisbatan 131,3 million kub metrga, yaʼni 54 foizga kamaytirib körsatilgan. Biroq bunday katta hajmdagi suvning qayerga yöqolgani böyiça birorta asoslovçi hujjat taqdim etilmagan.
Oqova suvlar tarkibidagi 15 ta ifloslantiruvçi moddadan 9 tasi, jumladan, neft mahsulotlari, oğir metallar, SPAV va xrom yillar davomida hisobotlardan yaşirib kelingani qayd etilgan.
Qömita Toşkent şahar Ekologiya boş boşqarmasi masʼullari faoliyatini ham tanqid qilgan. Inşoot Toşkent viloyatining Zangiota tumanida joylaşgan bölişiga qaramay, boşqarma tomonidan notöğri tuzilgan hisobotlar tekşirilmasdan qabul qilib kelingan.
Boşqarma laboratoriyasi 2026-yil davomida umuman nazorat tahlillari olmagan. Şu sababli jamiyatdan 15 turdagi ifloslantiruvçi modda böyiça tahlil natijalari talab qilinmagan. Qömita bu holat yirik miqdordagi kompensatsiya tölovlaridan böyin tovlaşga şaroit yaratganini bildirgan. Şuningdek, 2026-yilning birinçi va ikkinçi çoraklari uçun ham hisobot taqdim etilmagan.
Yana bir qoidabuzarlik sifatida yiliga hosil böladigan 23 ming 541 tonna çiqindi, asosiy qismi xavfli çökindi — loy bölgan çiqindilar belgilangan tartibda utilizatsiya qilinmasdan, oçiq yer maydonlariga noqonuniy taşlab kelingani aniqlangan. Bu böyiça ham hisobot taqdim etilmagan.
Aniqlangan qoidabuzarliklar va yaşirilgan maʼlumotlar qayta hisob-kitob qilingaç, jamiyat zimmasiga atrof-muhitga yetkazilgan zarar uçun qöşimça kompensatsiya tölovi hisoblangan. «Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida»gi Qonunning 55-moddasiga asosan moliyaviy sanksiya ham qöllanilgan.
Şuningdek, kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan 15 banddan iborat majburiy körsatma berilgan. Uşbu talablar belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, inşoot faoliyatini töxtatiş böyiça iqtisodiy sudga daʼvo arizasi kiritiladi.
Öz xizmat vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan yondaşgan Toşkent şahar Ekologiya boş boşqarmasi masʼul xodimlariga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkazilişi belgilangan. Töplangan barça hujjatlar huquqiy baho beriş uçun Boş prokuraturaga yuboriladi.
-
Sport3 days ago
Özbekiston Jahon yelkanli sport federatsiyasiga tölaqonli aʼzo böldi
-
Sport3 days ago
Anzur Ismoilov futbolçilik faoliyatini yakunladi
-
Mahalliy3 days ago
Özbekistonlik öquvçilar AQŞdagi ilmiy yarmarkalarga jalb etiladi
-
Jamiyat3 days ago
Sayyoramizdagi eng badavlat ayollar
-
Mahalliy3 days ago
Birinçi sinf öquvçilari 2027-yildan yangi alifboda öqiydi – loyiha
-
Siyosat3 days ago
Özbekiston «beşinçi havo erkinligi» rejimi asosida aviaqatnovlarni kengaytirmoqçi
-
Jamiyat3 days agoNon qadri — boşoq qilmagan avlodga xat
-
Sport3 days ago
Şavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidentini qabul qildi: tafsilotlar
