Sport
Kannavaroning ilk o‘yinida O‘zbekiston Quvaytni yengdi
FIFA kunlaridan o‘rin olgan O‘zbekiston – Kuvayt xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu o‘yin italiyalik bosh murabbiy Fabio Kannavaroning O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi sifatidagi ilk debyut o‘yini bo‘ldi.
O‘yinning 10 daqiqasida jamoa sardori Eldor Shomurodov hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 9 daqiqa o‘tib Hojimat Erkinov hisobni 2:0 ko‘rinishiga yetkazdi.
Ikkinchi bo‘limda, 68 daqiqada jamoamiz foydasiga penalti belgilandi. Ammo, Otabek Shukurov penaltini aniq ijro eta olmadi.
Endi vakillarimiz 13 oktyabr kuni Urugvayga qarshi maydonga tushadi.