Dunyodan
Kanadadagi maktabdagi otishmada 10 kishi halok bo‘ldi
Kanadaning Britaniya Kolumbiyasidagi Tumbler Ridge o’rta maktabida ommaviy otishma sodir bo’ldi. Kamida 10 kishi, jumladan hujumchi halok bo‘lgan. Bu haqda CBC telekanali xabar berdi.
Huquq-tartibot organlaridagi manbalarga ko‘ra, voqea joyiga yetib kelgan xodimlar maktab binosi ichidan olti kishining jasadini topgan. Boshqa jabrlanuvchi kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. CBC xabariga ko’ra, halok bo’lgan ikki kishi alohida joylarda topilgan va tergovga ko’ra, voqea bilan ham bog’liq. Otishma sodir etganlikda gumon qilingan shaxs o‘lik holda topilgan.
Ikki yarador vertolyotda og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. 25 nafarga yaqin fuqaroga mahalliy tibbiyot muassasalariga yo‘llanma berildi.