Sport

Joze Mourino faoliyatida ikkinchi marta «Real» bosh murabbiyi bo‘ldi

Published

on


Mutaxassis bilan 3 yillik shartnoma imzolandi. U jamoaga 13 iyulda, mavsumoldi o‘yinlari boshlanadigan kuni qo‘shiladi.

Ispaniyaning «Real Madrid» klubi Joze Mourino bosh murabbiy bo‘lganini e’lon qildi.

Mutaxassis bilan 3 yillik shartnoma imzolandi. U jamoaga 13 iyulda, mavsumoldi o‘yinlari boshlanadigan kuni qo‘shiladi.

63 yoshli portugaliyalik «Benfika» klubidan «Real»ga o‘tdi va Alvaro Arbeloa o‘rnini egalladi. Madridliklar Lissabon klubiga murabbiy uchun 15 million yevro tovon to‘laydigan bo‘ldi.

Mourino ikkinchi marta «Real»ga tayinlanmoqda. U 2010-2013 yillarda ushbu klubda ishlagan va La Liga chempionligi, Ispaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan edi. Shuningdek, u «Portu», «Chelsi», «Inter», «MYu», «Tottenhem» va «Fenerbahche» klublarini ham boshqargan.





Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version