Dunyodan
Jorjiya sobiq bosh vaziri 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Gruziyaning sobiq bosh vaziri Irakliy Gariboshvili pul yuvishda ayblanib, besh yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Gruziya Bosh prokuraturasiga ko‘ra, Gariboshvili aybni tan olishga rozi bo‘lgan va besh yilga qamoq va 1 million lari (370 ming dollar) miqdorida jarimaga tortilgan.
“Janob Irakliy Gariboshvili o‘z aybiga iqror bo‘ldi va kelishuv shartlariga rozi bo‘ldi”, — deyiladi prokurorlar Facebook’dagi postida.
Oktyabr oyida Gariboshviliga Gruziya Jinoyat kodeksining 194-moddasi bo‘yicha yirik miqdorda daromad olish bilan bog‘liq holda pul yuvishda ayblangan edi.
Ayblov xulosasiga ko‘ra, 2019-2024-yillarda Gruziya mudofaa vaziri va bosh vazir lavozimlarida ishlagan Gariboshviliga o‘zining rasmiy maoshidan tashqari har qanday tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi va tovon puli olishi taqiqlangan.
Gariboshvili “Gruziya orzusi” partiyasi asoschisi, milliarder Bidzina Ivanishvilining eng yaqin do‘stlaridan biri hisoblangan. Gariboshvili o‘tgan yilning aprel oyida siyosatdan ketishi va faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qilgan edi.