Connect with us

Jamiyat

Jizzaxda Nexia yuk mashinasi bilan to‘qnashdi, haydovchi halok bo‘ldi

Published

on


Jizzax shahrida Nexia-3 qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan «KamAZ» yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Yengil avtomobilning 19 yoshli haydovchisi turli tan jarohatlari bilan jonlantirish bo‘limiga yetkazilgan, ammo shifoxonada vafot etgan.

Foto: Jizzax viloyati IIB

Jizzax shahrida Nexia-3 rusumli yengil avtomobil yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa 9 dekabr kuni soat 05:10 atrofida shaharning «Xayrobod» MFY hududidan o‘tuvchi D-047 Jizzax–Do‘stlik–Gagarin-M39 avtomobil yo‘lining 5-kilometrida yuz bergan.

19 yoshli haydovchi Nexia-3 avtomobilini Olmachi–Xayrobod yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan «KamAZ-53212» rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

Haydovchi turli tan jarohatlari bilan RShTYoIM Jizzax filiali jonlantirish bo‘limiga yetkazilgan va o‘sha yerda vafot etgan.

Avvalroq Jizzax–G‘allaorol avtomobil yo‘lida o‘zidan oldinda ketayotgan mashinani quvib o‘tmoqchi bo‘lgan Matiz ZIL-130 yuk mashinasi bilan to‘qnashgan, oqibatda Matiz haydovchisi va 2 yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘lgani xabar qilingandi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

1,8 mlrd so‘mlik jarimani kamaytirishni va’da qilgan muhandis qo‘lga olindi

Published

on


Farg‘ona viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati bo‘yicha hisoblangan yirik miqdordagi jarimani kamaytirishni va’da qilgan mansabdor shaxs pora olish vaqtida qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Energosavdo” filiali Farg‘ona bo‘linmasi muhandisi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, O‘zbekiston tumanida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli xonadon va xususiy bog‘chada elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani yuzasidan rasmiylashtirilgan dalolatnoma bo‘yicha hisoblangan 1,8 mlrd so‘m jarimani 210 mln so‘mga tushirib berishni va’da qilgan.

Buning evaziga u fuqarodan 10 ming AQSh dollari miqdorida pora talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muhandis so‘ralgan pul mablag‘ining 9 ming AQSh dollarini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Dalolatnoma rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan gazchilar ushlandi

Published

on


Jizzax viloyatida fuqaroni aldab, tabiiy gaz hisoblagichi bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan gaz ta’minoti bo‘limi xodimlarining noqonuniy harakatlari fosh etildi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Sharof Rashidovtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi gazchilari J.A. va G‘.X. o‘zaro til biriktirib, fuqaro D.I.ni aldagani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, ular fuqaroga go‘yoki xonadonidagi tabiiy gaz hisoblagichi buzilganligini aytib, ushbu holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirmasliklari evaziga 10 mln so‘m talab qilgan. Shuningdek, ular muqaddam 5 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Tadbir davomida gazchilar tomonidan olingan 5 mln so‘m pul mablag‘ining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Maldivda murakkab vaziyatga tushgan o‘zbekistonlik fuqaro vatanga qaytarildi

Published

on


O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi ko‘magida Maldiv orollarida mehnat faoliyati davomida murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandosh vatanga qaytarildi.

Foto: Carl Court / Getty Images

Ma’lum qilinishicha, elchixonaning tezkor harakatlari natijasida fuqaroga barcha zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi. Xususan, diplomatlar uning huquqiy maqomini tartibga solish va Maldiv orollaridan chiqib ketishini ta’minlash maqsadida mahalliy vakolatli organlar bilan muzokaralar olib borgan.

Natijada, u 2026 yil 15 mart kuni sog‘-omon O‘zbekistonga qaytarildi.

Shu munosabat bilan elchixona xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yoki rejalashtirayotgan fuqarolarni qonun talablariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi. Jumladan, mehnat faoliyatini faqat rasmiy shartnoma va tegishli ishchi vizasi asosida amalga oshirish, borilayotgan mamlakat qonunchiligi bilan oldindan tanishish hamda xorijga yetib borgach, konsullik ro‘yxatidan o‘tish tavsiya etildi.

Shuningdek, pasport va boshqa shaxsiy hujjatlarni uchinchi shaxslarga topshirmaslik zarurligi ta’kidlandi.

Elchixona favqulodda holatlar yoki huquqiy muammolar yuzaga kelganda Dehli shahridagi diplomatik missiyaning konsullik bo‘limiga zudlik bilan murojaat qilishni so‘radi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ekopolitsiya rahbariga o‘rinbosar tayinlandi

Published

on


Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi rahbariga o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Fazlitdin Ibodullayevich Salomov Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari – Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U avval qator tashkilotlarda, jumladan Hisob palatasida faoliyat olib borgan. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Uyqusizlik va tushkunlikni kamaytirishning oddiy yo‘li topildi

Published

on



Uyqusizlik va tushkunlikni kamaytirishning oddiy yo‘li topildi



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.