Iqtisodiyot
Jizzaxda AES qurilishi boshlandi
Markaziy Osiyo – Rossiya sammiti doirasida, Forish tumanida kam quvvatli atom elektr stansiyasi reaktorining binosi uchun kotlovan qazish ishlariga start berildi. Birinchi betonni quyish 2026 yil mart oyiga reja qilingan. “Rosatom” rahbari Aleksey Lixachyovga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya “uzoq o‘n yilliklar davom etadigan” yadroviy hamkorlikka qadam qo‘ymoqda.
Azim Ahmadxo‘jayev va Aleksey Lixachyov / Foto: “O‘zatom” matbuot xizmati
Jizzax viloyatining Forish tumanida kichik quvvatli atom elektr stansiyasi (AES) reaktori binosi uchun poydevor kotlovanini qazish ishlari boshlandi.
Shuningdek, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida Yadro tibbiyot markazini tashkil etish ishlariga start berildi.
Bu ikki tadbirga bag‘ishlangan tantanali marosim 9 oktyabr kuni Tojikistonning Dushanbe shahrida, Markaziy Osiyo – Rossiya sammiti doirasida o‘tkazildi. Unda “O‘zatom” direktori Azim Ahmadxo‘jayev va “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachyov ramziy tugmani bosib, ikkala loyihaga start berdi.
O‘zatom xabariga ko‘ra, AES reaktorini joylashtirish uchun 2026 yil mart oyida birinchi betonni quyish ko‘zda tutilgan.
“Ushbu yirik loyiha mamlakatimiz energetik mustaqilligini ta’minlash, ekologik toza energiya yetkazib berish imkonini beradi”, – dedi “O‘zatom” agentligi direktori Azim Ahmadxo‘jayev.
“Bu O‘zbekistonning energetik mustaqilligi uchun yangi davrni ochadi, barqaror energiya ta’minotini ta’minlaydi, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi va minglab yangi ish o‘rinlarini yaratadi”, – dedi AES qurilishi direksiyasi direktori Abdijamil Kalmuratov.
Avval xabar berilganidek, subpudratchi sifatida Enter Engineering tanlangan. “Rosatom”ning ma’lum qilishicha, kotlovan qazishda qariyb 1,5 mln kub metr tuproq ishlari bajariladi, kotlovanning chuqurligi 13 metr bo‘ladi.
“Ishlar O‘zbekistondagi subpudratchi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilmoqda. Rosatom xizmat muddati minimum 60 yil bo‘lgan stansiyani quradi va uni ekspluatatsiya qilishda barcha zaruriy ko‘makni ko‘rsatadi. Bizni uzoq o‘n yilliklar davom etadigan sermahsul va o‘zaro manfaatli hamkorlik kutmoqda”, – dedi “Rosatom” direktori Aleksey Lixachev.
Kichik AESda har biri 55 megavattlik ikkita RITM-200N reaktorlari, ayni shu maydonda joylashadigan katta AESda esa har biri 1 gigavattlik ikkita VVER-1000 reaktorlari joylashadi. Shu tariqa, loyihaning umumiy quvvati 2,1 gigavattni tashkil etadi.
Birinchi bosqichda kichik quvvatli reaktorlar ishga tushiriladi.
Loyiha Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. XAEA loyihaning normativ-huquqiy bazasini tayyorlash, milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantirish va loyihalash hamda ekspluatatsiya jarayonida xavfsizlik talablarini ta’minlash bo‘yicha ekspert, texnik va metodologik yordam ko‘rsatadi.
Yadro tibbiyot markazi
Mirzo Ulug‘bek tumanida ochilgan Yadro tibbiyot markazi saraton kasalliklarini erta tashxislash va ularning rivojlanishini oldini olish imkonini beradi.
Birinchi bosqichda pozitron-emission tomografiya/kompyuter tomografiyasi (PET/KT) yordamida onkologik kasalliklarni erta tashxislash yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, “Gamma-pichoq” va “Kiber-pichoq” qurilmalari yordamida shishlarni invaziv bo‘lmagan usulda davolash joriy qilinadi. Markazda radiofarmpreparatlar laboratoriyasi tashkil etiladi.
Markaz yadro tibbiyoti bo‘yicha kadrlar tayyorlashning milliy tizimini rivojlantirish uchun ilmiy baza bo‘ladi. Bu yerda radiologiya, tibbiy fizika va radioximiya bo‘yicha mutaxassislar uchun 100 dan ortiq yuqori texnologiyali ish o‘rinlari yaratiladi.
2025–2026-yillarda markaz birinchi bosqichda zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanadi, keyingi bosqichlarda radionuklid va proton terapiyasini joriy etish rejalashtirilgan.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston kartoshkani asosan qaysi davlatlardan sotib oldi?
O‘zbekiston kartoshkani asosan qaysi davlatlardan sotib oldi?
Source link
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha qaysi hududlar yetakchi?
2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 19 trln so‘mlik kiyimlar ishlab chiqarilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Andijon viloyatida qayd etilgan — 7,1 trln so‘m. Bu ko‘rsatkich ikkinchi o‘rindagi Toshkent viloyati natijasidan 3 barobardan ko‘proq yuqori.
Toshkent viloyatida kiyim ishlab chiqarish hajmi 2,1 trln so‘m, Namanganda 1,8 trln so‘m, Toshkent shahrida esa 1,7 trln so‘mni tashkil etgan. Farg‘ona viloyatida ham 1,4 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Samarqand viloyatida yirik korxonalar 1 trln so‘mlik kiyim mahsulotlari ishlab chiqargan. Qashqadaryoda bu ko‘rsatkich 897,9 mlrd so‘m, Buxoroda 659,8 mlrd so‘m, Xorazmda 620,1 mlrd so‘m bo‘lgan.
Navoiy viloyatida kiyim ishlab chiqarish hajmi 578 mlrd so‘m, Sirdaryoda 324,7 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 307,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Bulardan tashqari, Surxondaryoda 227,1 mlrd so‘m, Jizzax viloyatida esa 203 mlrd so‘mlik kiyim mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Iqtisodiyot
Dushanbadan dollar bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘ladi?
Dushanbadan dollar bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘ladi?
Source link
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda xorijiy investitsiyali korxonalar soni 21 mingga yaqinlashdi
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatida O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 20 973 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Ularning 4 685 tasi qo‘shma korxona, 16 288 tasi esa xorijiy korxona hisoblanadi. Bu mamlakatda xorijiy kapital ishtirokidagi biznes subyektlari soni sezilarli ko‘payganini ko‘rsatmoqda.
So‘nggi besh yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalarning umumiy soni 1,7 barobarga oshgan. Korxonalar soni bo‘yicha Xitoy yetakchilik qilmoqda.
Xitoyga tegishli xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 6 241 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich bilan mamlakatlar reytingida Xitoy birinchi o‘rinni egallagan.
Rossiya 3 512 ta korxona bilan ikkinchi o‘rinda, Turkiya esa 2 327 ta korxona bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston — 1 321 ta va Janubiy Koreya — 730 ta korxona bilan egallagan.
Shuningdek, Afg‘onistonda 706 ta, Ozarbayjonda 492 ta, Tojikistonda 467 ta, Birlashgan Arab Amirliklarida 453 ta va Hindistonda 439 ta korxona qayd etilgan.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda farmatsevtika ishlab chiqarishi 3 trln so‘mga yetdi
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan qariyb 3 trln so‘mlik asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 22,3 foizga oshgan. Yarim yillik natijalar farmatsevtika sanoatida ishlab chiqarish hajmi o‘sganini ko‘rsatmoqda.
Hududlar kesimida eng katta ishlab chiqarish hajmi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan. Poytaxtda 1,8 trln so‘mlik farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqarilgan.
Sirdaryo viloyati 443,6 mlrd so‘mlik ishlab chiqarish bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Toshkent viloyatida 226,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Namangan viloyatida ishlab chiqarish hajmi 169,1 mlrd so‘mni tashkil etgan. Samarqand viloyatida 116,9 mlrd so‘m, Andijonda 71,4 mlrd so‘mlik farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqarilgan.
Farg‘onada 53,4 mlrd so‘m, Surxondaryoda 49,3 mlrd so‘m, Qashqadaryoda 15,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Xorazm viloyatida 12,1 mlrd so‘m, Buxoroda 7,8 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3,5 mlrd so‘mlik farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqarilgan. Jizzax va Navoiy viloyatlarida esa ishlab chiqarish hajmi 0,1 mlrd so‘mdan qayd etilgan.
-
Siyosat1 day ago
Илҳом Алиев Тошкентда тантанали кутиб олинди
-
Mahalliy3 days ago
O‘zbekistonda 10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumga ko‘chirishi mumkin bo‘ladi
-
Iqtisodiyot5 days ago
Yangi boshlayotgan tadbirkorlar 5 mlrd so‘mgacha kreditni onlayn rasmiylashtirishi mumkin
-
Jamiyat3 days ago
O‘zbekistonda endi uylarni «rassrochka»ga olib bo‘lmaydimi?
-
Iqtisodiyot2 days ago
O‘zbekistonda kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha qaysi hududlar yetakchi?
-
Siyosat2 days ago
To‘qayev prezidentlikka qayta nomzod qo‘yishi haqidagi savolga javob berdi
-
Siyosat5 days agoSirdaryo viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi
-
Siyosat4 days ago
Ilhom Aliyev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
