Connect with us

Jamiyat

Jizzax viloyati iqtisodida “katta sakrash” qilinishi lozimligi ta’kidlandi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 iyul kuni Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi, hududlardagi ishlarning borishi va aholini qiynayotgan masalalar hal etilishi yuzasidan hisobot bilan tanishdi.

O‘tgan yil 31 dekabrda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilinib, zarur masalalar hal etib berilgan edi. Xususan, unda 2025 yilda 2 milliard dollar investitsiya jalb etish, eksportni 285 million dollarga yetkazish, 168 ming odamni ishli qilish chora-tadbirlari belgilangandi.

Bu vazifalar birin-ketin bajarilmoqda. O‘tgan olti oyda Jizzaxda sanoat, servis va qishloq xo‘jaligida 200 ta loyiha ishga tushdi. Viloyatga 662 million dollar investitsiya kirib keldi.

Lekin Do‘stlik, Zafarobod, Paxtakor, Mirzacho‘l tumanlari bu borada ancha orqada qolayapti. Shu bois yangi loyihalarni avvalo shu tumanlarga joylashtirib, odamlarni ishli qilish zarur.

So‘nggi vaqtlarda viloyatda 250 million dollarlik yirik turizm majmualari ishga tushgani natijasida bir yilda sayyohlar oqimi 2 karra oshdi. Buni yanada oshirish uchun hamma sharoit bor.

Yana bir katta imkoniyat – yer. Jizzaxda 1 million 300 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlari bo‘lgani bilan atigi 40 foizida ekin ekilayapti. Bir gektarga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromad ham boshqa viloyatlarga nisbatan kam. Aslida, yerdan samarali foydalanib, oziq-ovqat mahsulotlari va chorva ozuqasini ko‘paytirish mumkin.

Davlatimiz rahbarining tashabbusiga muvofiq, Jizzax viloyatida ham mutasaddilar, soha mutaxassislari va yetakchi tadbirkorlardan iborat “Islohotlar shtabi” tuzildi.

Yig‘ilishda mazkur shtab tomonidan tayyorlangan yangi loyihalar taqdimot qilindi. Unga ko‘ra, umumiy qiymati 520 million dollarlik 200 ta loyiha shakllantirilgan. Ularning natijasida 12 mingta ish o‘rni, budjetga qo‘shimcha 120 milliard so‘m tushum, 100 million dollarlik eksport imkoniyati yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Prezidentimiz loyihalarning iqtisodiy asosi va bozor talabi bilan qiziqdi. Hokimlar va “Islohotlar shtabi” birgalikda ishlab, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm va xizmat sohalarida “katta sakrash” qilishi kerakligi ta’kidlandi. Shunda Jizzax viloyati investitsiya, ish o‘rni, aholi daromadi va eksport eng tez o‘sayotgan hududlardan biriga aylanadi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Davlat ishxonalarida har oyda bir marta «Qog‘ozsiz bir kun» aksiyasi o‘tkaziladi

Published

on


Hukumatning joriy yil 18-martdagi 19-son qarori bilan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qog‘ozdan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-iyunga qadar:


ishlatilgan qog‘ozlarni yig‘ish uchun maxsus chiqindi quti (konteyner)lari tashkil etiladi va ularni qayta ishlash korxonalariga yetkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
har bir tarkibiy bo‘linmadagi xodimlar soni, ish hajmi va haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda, qog‘oz sarfi uchun cheklov joriy qilinadi.

2026-yil 1-maydan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida:


kelgusi 5 yilda xarajatlar smetasini tuzish jarayonida qog‘oz, siyoh, printer va nusxa ko‘chirish uskunalarini xarid qilish xarajatlari miqdori har yili 15 foizga kamaytirilgan holda rejalashtiriladi;
printerlardan markazlashgan holda umumiy foydalanish tizimi joriy qilinadi. Bunda umumiy foydalanishdagi ochiq ofisda faoliyat yurituvchi har 20 nafar xodim uchun 1 dona printer ajratiladi;
har oyda 1 marotaba «Qog‘ozsiz bir kun» ekoaksiyasi o‘tkaziladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, birodar xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

Suhbatda Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tovar ayirboshlash barqaror ortib borayotgani, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor sohalarda qo‘shma kooperatsiya loyihalari ilgari surilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tomonlar, shuningdek, Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildilar. Uning yanada keskinlashishi keng mintaqa uchun oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga, jahon iqtisodiyoti retsessiyasiga olib kelishi mumkinligi, vaziyatni faqat siyosiy-diplomatik vositalar bilangina tez fursatda yumshatish zarurligi qayd etildi.

Bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda isitish mavsumi bosqichma-bosqich yakunlanadi

Published

on


Toshkent shahar hokimligi ayni kunlardagi ob-havo sharoitini inobatga olgan holda poytaxtda isitish mavsumini bosqichma-bosqich yakunlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.

Shu bilan birga, aholi qulayligi uchun kelayotgan bayram kunlari issiqlik ta’minoti saqlab qolinishi, isitish davri rejali yakunlanishi ma’lum qilingan.

Shunga ko‘ra, isitish mavsumini yakunlash 24 martdan boshlanishi rejalashtirilgan. U bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Ta’kidlanishicha, mavsumni yakunlashga o‘tish, shuningdek, kommunal infratuzilmaga tushadigan yuklamani kamaytirishga va resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qiladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Hayit va Navro‘z munosabati bilan qo‘shimcha poyezd va avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Published

on


Ramazon hayiti hamda Navro‘z umumxalq bayrami davrida yo‘lovchilarni o‘z manzillariga xavfsiz yetib borishlarini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etilmoqda.

Jumladan, 19 – 25 mart kunlari aholi talabini qondirish uchun jami 25 000 ta qo‘shimcha yo‘lovchi o‘rni yaratiladi.

Qo‘shimcha «Afrosiyob» reyslari:


19 – 21 mart kunlari (6 ta reys)

Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida;


19, 20, 21, 22, 23 va 25 mart kunlari

Toshkent — Buxoro — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, 19 – 25 – mart kunlari quyidagi yo‘lovchi poyezdlarga 4 tadan qo‘shimcha vagonlar ulanadi:


Toshkent – Xiva – Toshkent
Toshkent – Shovot – Toshkent
Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent
Toshkent – Termiz – Toshkent
Toshkent – Buxoro – Toshkent (Sharq) 

Chiptalarni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rasmiy sayti, mobil ilovasi hamda temir yo‘l kassalaridan xarid qilish mumkin. 

Shu bilan birga, «Toshkent» avtovokzalidan amaldagi reyslardan tashqari har kuni shaharlararo yo‘nalishlarda 70 dan ortiq qo‘shimcha avtobus qatnovlari ham tashkil etilmoqda. 

Qatnovlar «Toshkent» avtovokzalidan Zomin, Samarqand, Jarqo‘rg‘on, Buxoro, Qorako‘l, Mirbozor, Navoiy, Jo‘sh, Nurota, Zarmitan, Zarafshon, Xatirchi, Qiziltepa, Konimex, Uchquduq, Kadan, Payariq,  Shahrisabz, Qarshi, G‘uzor, Sherobod, Termiz, Denov, Uzun, Urganch, Xiva, Gurlan, To‘rtko‘l va Nukus shaharlariga amalga oshirilyapti.

Qatnov jadvali va chipta narxlari bilan avtovokzalning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida tanishish mumkin. Chiptalarni esa «Toshkent» avtovokzali chiptaxonalaridan hamda «UzBus» mobil ilovasi orqali onlayn tarzda sotib olish mumkin.

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Boysunda jarlikka tushib ketgan ayol qutqarildi

Published

on


Surxondaryo viloyati Boysun tumanida FVV qutqaruvchilari 25-30 metr pastlika sirpanib tushib ketgan fuqaroning hayotini saqlab qolishdi.

21 mart kuni soat 10:00 da Surxondaryo viloyati FVBga Boysun tumanida yashovchi fuqaro uyidan 20 metr narida joylashgan adirlikka tomosha qilish maqsadida chiqib, ehtiyotsizligi oqibatida taxminan 25-30 metr pastlikka sirpanib tushib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, fuqaroni jarlikdan chiqarib olgan va uning hayotini saqlab qolishgan.

Shundan so‘ng fuqaro tibbiyot xodimlariga topshirilgan.

Xabar qilinishicha, hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.