Jamiyat
«Jismoniy shaxslarning soliqlari hisobidan xarajatlar» moduli ishga tushiriladi
2026-yil 1-yanvardan «Ochiq budjet» portalida jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan soliqlar hisobidan amalga oshiriladigan budjet xarajatlari ma’lumotlarini o‘zida aks ettiruvchi «Jismoniy shaxslarning soliqlari hisobidan xarajatlar» moduli ishga tushiriladi. Bu «Soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish va faol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarorida ko‘zda tutilgan.
Bunda quyidagilar doimiy ravishda e’lon qilib boriladi:
jismoniy shaxs tomonidan muayyan davrda to‘langan daromad solig‘i, mol-mulk va yer solig‘i to‘g‘risidagi ma’lumot;
to‘langan soliqlar evaziga Davlat budjetidan amalga oshirilgan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
2026-yil 1-yanvardan Namanganda yangi soliq boshqaruvi modelini joriy etish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutgan holda eksperiment o‘tkaziladi:
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va (yoki) yer solig‘i bo‘yicha 1 mln so‘mdan oshgan soliq qarzdorligini undirishda elektr energiyasining billing tizimi mexanizmidan foydalanishni joriy etish;
soliq organlari faoliyatini baholashda inson omili ta’sirisiz avtomatik shakllanadigan eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini joriy etishni tizimli davom ettirish.
2026-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulklarni ijaraga berishdan olingan daromad bo‘yicha to‘langan soliq to‘liq miqdorda mulk joylashgan tuman (shahar) mahalliy budjetlariga yo‘naltiriladi.
Jamiyat
33 ta hokimlikda tajriba tariqasida yangicha boshqaruv yo‘lga qo‘yiladi
“Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Ma’lumot uchun: Boshqaruv samaradorligi agentligi (Agentlik) Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi negizida tashkil etilgan.
Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomidagi 33 ta tuman (shahar) hokimliklarida tajriba-sinov tariqasida quyidagilarni nazarda tutuvchi natijaga asoslangan boshqaruv tizimi joriy etiladi:
davlat organlari faoliyatining maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlari ularga qo‘yilgan vazifalar asosida Agentlik tomonidan shakllantiriladi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
Agentlik:
– natijaga asoslangan boshqaruv modelini ishlab chiqadi hamda uning joriy etilishini uslubiy jihatdan muvofiqlashtiradi;
– maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilganligini “samaradorlik.gov.uz” elektron platformasi orqali baholashni tashkil etadi;
– tegishli vazifalarni bajarish va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishda kadrlar salohiyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
– davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash uchun tanlovlarda zamonaviy yondashuv, zarur hollarda, qo‘shimcha bosqichlarni joriy etadi.
Jamiyat
Ayrim hududlardagi davlat organlarida kadrlar rotatsiya qilinadi
O‘zbekiston prezidentining “Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, davlat organlarining vazifa va funksiyalari quyidagi 5 ta darajaga ajratiladi:
konstitutsiyaviy va milliy daraja;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari darajasi;
hududiy daraja;
tuman (shahar) darajasi;
mahalla (qishloq, ovul) fuqarolar yig‘ini darajasi.
2026-yil 1-yanvardan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomidagi 33 ta tuman (shahar)da faoliyat yurituvchi davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi. Bunda:
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman (shahar) bo‘linma rahbari hamda tuman (shahar) hokimi va uning o‘rinbosarlari har 5 yilda, qoida tariqasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri doirasida boshqa tuman (shahar)ga rotatsiya qilinadi;
rotatsiya qilinadigan rahbarlar Agentlikning “hrm.gov.uz” elektron platformasi orqali aniqlanadi;
rahbar yangi hududga o‘tishdan oldin hududning iqtisodiy va ijtimoiy holati bo‘yicha intensiv kursda o‘qitiladi;
rotatsiya qilingan rahbar faoliyati Agentlik tomonidan elektron platforma orqali onlayn tarzda monitoring qilinadi.
Jamiyat
Toshkentda katta miqdorda psixotrop dori biologik qo‘shimcha idishlariga solingan holda topildi
DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida biologik faol qo‘shimcha idishlariga solib, yashirin tarzda sotishga mo‘ljallangan katta miqdorda psixotrop dori vositalari aniqlandi.
Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda bojxona idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir doirasida avvaldan kuzatuvda bo‘lgan, poytaxtda yashovchi 1970 yilda tug‘ilgan shaxsning Uchtepa tumanida joylashgan yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Ko‘rik vaqtida unga tegishli uydan 1 835 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari topilib, belgilangan tartibda daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olindi.
Tarkibida katta miqdorda pregabalin moddasi bo‘lgan ushbu psixotrop dorilar biologik faol qo‘shimchalar idishlariga solingan holda saqlangani va kelgusida ularni dorixonalarda yashirin tarzda sotish rejalashtirilgani aniqlandi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 251¹-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Jamiyat
Akademik Abdulla Ubaydullayev olamdan o‘tdi
Taniqli pulmonolog olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tibbiyot xodimi Abdulla Muharramovich Ubaydullayev 91 yoshida olamdan o‘tdi.
«Xabar.uz» jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Jamiyat
Qimor o‘yinlari reklamasi sabab 70 ga yaqin veb-sayt bloklandi
Raqobat qo‘mitasi qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni targ‘ib qilishga qaratilgan veb-saytlar yuzasidan navbatdagi o‘rganish va tahlillari natijasini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, reklamaga oid qonunbuzilishlarga nisbatan tezkor choralar ko‘rish maqsadida Tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Bunda, bukmekerlik xizmatlariga oid reklamani targ‘ib qiluvchi veb-saytlarga kirishni cheklash (bloklash) choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, joriy yilning o‘tgan vaqtida amalga oshirilgan ishlar natijasida bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qiluvchi 86 ta veb-saytni bloklash bo‘yicha Tegishli nazorat organiga ma’lumotlar kiritilib, shundan 70 ga yaqin saytlar belgilangan tartibda bloklangan.
Eslatib o‘tamiz, «Reklama to‘g‘risida»gi qonunining 46-moddasiga muvofiq, qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar reklamasi taqiqlanadi.
-
Sport3 days agoТуркия Суперлигаси. «Башакшеҳир» – «Фенербаҳче». Шомуродов ва Файзуллаев — асосий таркибда
-
Jamiyat5 days agoSirdaryoda 100 million kub metrlik yangi suv ombori quriladi
-
Iqtisodiyot5 days agoO‘zbekiston oktyabrda oltinning eng yirik xaridorlaridan biri bo‘ldi
-
Iqtisodiyot5 days agoSirdaryodagi 9 ta tuman-shahar hokimlari Xitoyga yo‘l oladi
-
Jamiyat5 days agoPrezident Gulistonga keltirilgan zamonaviy avtobuslarni borib ko‘rdi
-
Jamiyat5 days agoSirdaryoda 122 mln dollarlik avtomobil ishlab chiqarish loyihasi yo‘lga qo‘yiladi
-
Turk dunyosi4 days agoTurkiya qimor o’yini-onaviy tergovning bir qismi sifatida futbolchilar va sheriklar hibsga olingan
-
Turk dunyosi4 days agoTurkiya Rossiya quvur liniyali gaz ta’minotini bir yil davomida kengaytirmoqda
