Sport
Javohir Sindarov Nomzodlar turnirida yetakchilikni qo‘lga oldi
Joriy yilning, 28-mart – 16-aprel kunlari Kiprning Pafos shahrida «Jahon toji» uchun FIDE Candidates Tournament 2026 nufuzli xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Turnirda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan iqtidorli shaxmatchi Javohir Sindarov (reyting 2 745) yuqori saviyada ishtirok etib, chempionlik uchun kurash olib bormoqda.
Turnir g‘olibi amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi jahon toji uchun rasmiy match o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritadi.
1-aprel kuni o‘tkazilgan 4-tur bahslari turnir jadvalida muhim burilish yasadi. Ushbu turda Javohir Sindarov AQSh vakili Fabiano Caruanani 1:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqa peshqadamiga aylandi.
4-turdan so‘ng natijalar quyidagicha:
1-o‘rin – Javohir Sindarov – 3,5 ochko
2-o‘rin – Fabiano Karuana – 2,5 ochko
3–5-o‘rinlar – Anish Giri, Rameshbabu Pragnanandha, Mattias Blyubaum – 2 ochkodan
6–7-o‘rinlar – Hikaru Nakamura, Vey I – 1,5 ochkodan
8-o‘rin – Andrey Yesipenko – 1 ochko
Navbatdagi 5-turda Javohir Sindarov qora donalarda Hikaru Nakamuraga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 3-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.