Connect with us

Iqtisodiyot

Jahon banki Surxondaryoda yo‘l qurishga 200 mln dollar ajratadi

Published

on


Bank direktorlar kengashi ma’qullagan loyiha doirasida O‘zbekistonni Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘oniston bilan bog‘laydigan mavjud 2 qatorli trassa 4 qatorli qilib qaytadan quriladi. Natijada bu yo‘ldagi o‘rtacha tezlik 65 dan 90 km/soatgacha oshadi.

Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida transport infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan 200 mln dollarlik loyihani ma’qulladi.

Bosh ofisi Vashingtonda joylashgan bankning 23 mart kungi xabarida aytilishicha, 5 yillik loyiha quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1. Surxondaryo viloyatidagi M41 mintaqaviy avtomobil yo‘lining 91 kilometr qismini rekonstruksiya qilishda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi “Avtoyo‘linvest” agentligini qo‘llab-quvvatlash. Bu yo‘l O‘zbekistonni Tojikiston, Qirg‘iziston Respublikasi va Afg‘oniston bilan bog‘laydi. Mavjud 2 qatorli trassa 4 qatorli bo‘ladi.

Yo‘lning ushbu qismi ta’miri yakunlangach, undan kuniga 35 mingga yaqin haydovchi va yo‘lovchi foydalanadi. Avtomagistral, shuningdek, yondosh hududlarning taxminan 550 ming aholisi uchun transport xizmatlari va iqtisodiy imkoniyatlardan kengroq foydalanishni ta’minlaydi. Bunday imkoniyatlarga ta’mirlangan yo‘l bo‘ylab biznesning rivojlanishi va yangi ish o‘rinlarining yaratilishi kiradi.

Loyiha yo‘l qoplamasi sifatini yaxshilash, yo‘l harakati xavfsizligi va avtobus bekatlarining qulayligini oshirish bo‘yicha qurilish ishlarini moliyalashtiradi. Shuningdek, suv toshqini xavfidan himoya qiluvchi 180 ga yaqin ko‘prik va drenaj inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan.

Ushbu chora-tadbirlar avtomobil yo‘lining rekonstruksiya qilinayotgan qismida yo‘l-transport hodisalari va o‘lim holatlari sonini kamaytirishga, yo‘lga ketadigan vaqtni qisqartirishga (aholi punktlaridan tashqarida o‘rtacha harakat tezligi 65 dan taxminan 90 km/soatgacha oshadi), yo‘lovchi va yuk tashishning ishonchliligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek, Surxondaryo viloyatining O‘zbekistonning boshqa hududlari va qo‘shni davlatlar bilan transport aloqalari mustahkamlanadi.

2. Transport vazirligiga multimodal tashuvlarni rivojlantirish milliy strategiyasini ishlab chiqishda ko‘maklashish. Ushbu hujjat davlat organlarining transport xizmatlari va infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” bo‘ladi. Strategiya yo‘lovchi va yuk tashishni yaxshilash uchun ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilishga, shuningdek, har xil transport turlari ishini muvofiqlashtirishga yordam beradi.

Hujjat transport sektorining ta’minot zanjiridagi uzilishlar va ob-havo xatarlariga chidamliligini oshirish, shuningdek, sohada chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha iqtisodiy jihatdan samarali yechimlarni joriy etish choralarini o‘z ichiga oladi.

3. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ biznes-jarayonlarini, jumladan korporativ boshqaruvni mustahkamlash, moliyaviy shaffoflikni oshirish, yo‘lovchi tashishni rejalashtirish hamda ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarni moliyalashtirish. Ushbu chora-tadbirlar kompaniyaning operatsion samaradorligi va faoliyati natijadorligini oshiradi, shuningdek, uni yanada rivojlantirish uchun xususiy investitsiyalarni jalb qilish salohiyatini mustahkamlaydi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘uzor tumanida «Qashqadaryo Jingu» korxonasi tomonidan Shinjon usulida paxta yetishtirilayotgan dalada bo‘ldi.

Davlatimiz rahbariga chigit ekish, g‘o‘zani sug‘orish va parvarishlashda qo‘llanayotgan texnologiyalar haqida ma’lumot berildi. Bu yerda 2,2 ming gektar maydonga chigit plyonka ostiga qo‘sh qatorlab ekilgan, tomchilatib sug‘orish to‘liq joriy qilingan.

Plyonka tuproqdagi namlik va haroratni saqlab, chigitning erta hamda bir tekis unib chiqishiga yordam beradi. Suv va o‘g‘it esa tomchilatib sug‘orish tizimi orqali bevosita g‘o‘za ildiziga yetkaziladi. Natijada suv sarfi 30-40 foizga, o‘g‘it sarfi qariyb 30 foizga kamayadi. Hosil an’anaviy maydonlarga nisbatan 10-15 kun oldin pishib yetiladi.

Prezidentimiz paxtazorda yetishtirilgan hosil va agrotexnik tadbirlarni tashkil etish jarayoni bilan tanishdi. An’anaviy usulda gektaridan 30-35 sentner paxta olinsa, Shinjon texnologiyasida bu ko‘rsatkich 60-70 sentnergacha yetishi mumkin. Korxona dalalarida hosildorlik gektariga 55 sentnerni, yalpi hosil esa 12,3 ming tonnani tashkil etmoqda.

Dala ishlarida agrodronlardan ham foydalanilmoqda. Bu ayrim agrotexnik tadbirlarni tezroq bajarish, yonilg‘i sarfini kamaytirish imkonini bermoqda.

Xitoy sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan «Qashqadaryo Jingu» agroklasteri Koson, Nishon, G‘uzor, Ko‘kdala va Mirishkor tumanlarida jami 18,3 ming gektar maydonda faoliyat yuritadi. Ushbu yerlarning katta qismi ilgari foydalanilmagan cho‘l va qarovsiz maydonlar bo‘lgan. Loyihaga 128 million dollar investitsiya kiritilib, 50 ta ish o‘rni yaratilgan. Eksport hajmi esa 8,5 million dollarni tashkil etadi.

Shu yerda davlatimiz rahbariga viloyat qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham axborot berildi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi

Published

on


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.

«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

Published

on


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).

Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).

Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.