Jamiyat
Istiqbolli mutaxassislar uchun xorijiy stajirovka tanlovining yangi tartibi joriy etildi
Hukumat qarori bilan “Istiqbolli mutaxassislarning “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan maqsadli stajirovkasini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, nomzodlarni saralash Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan amalga oshiriladi, stajirovkaga chiquvchi mutaxassislar esa qat’iy mezonlar asosida tanlab olinadi.
Hukumat qarori (743-son, 26.11.2025 y.) bilan “Istiqbolli mutaxassislarning “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan maqsadli stajirovkasini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, maqsadli stajirovkaga yuborish bo‘yicha nomzodlarni saralab olish Boshqaruv samaradorligi agentligi (Agentlik) tomonidan amalga oshiriladi.
Buyurtmachi tashkilotlar har yili 10 noyabrgacha kadrlar tayyorlashga bo‘lgan ehtiyojlar to‘g‘risida lavozim va yo‘nalishlar kesimida Agentlikka ma’lumot taqdim etadi. “El-yurt umidi” jamg‘armasi Boshqaruv kengashi esa 15 yanvargacha stajirovka dasturining xorijiy mamlakatlar kesimidagi kvotalarini tasdiqlaydi.
Nomzodlarni tanlashda buyurtmachi tashkilotlar quyidagi talablarni inobatga oladi:
stajirovka yo‘nalishiga mos mutaxassislik bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribasi, shu jumladan oxirgi 12 oy davomida ushbu sohada ishlagan bo‘lishi;
davlat tilini bilishi;
stajirovka o‘tash rejalashtirilgan xorijiy tashkilotning sharsiz taklifnomasi mavjud bo‘lishi.
Saralash tartibi ikki bosqichdan iborat:
test sinovlari;
nomzodlar bilan suhbat.
Test sinovlaridan 71 foiz va undan yuqori natija to‘plagan nomzodlar suhbat bosqichiga o‘tkaziladi.
G‘olib deb topilgan mutaxassislar bilan “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Agentlik, buyurtmachi tashkilot va moliyaviy (qo‘shimcha) kafil o‘rtasida shartnoma tuziladi. Bu orqali maqsadli stajirovkalarni moliyalashtirish, mutaxassislarning mas’uliyati va qaytib kelib, mamlakat rivojiga hissa qo‘shish mexanizmlari huquqiy jihatdan mustahkamlanadi.
Jamiyat
Qashqadaryoda baliqchi tabiatga yetkazgan zarar million dollarga baholandi
Shahrisabz tumanida baliqchi Tanxoz daryosidan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 412 dona Amudaryo gul balig‘i va 6 dona oddiy qorabaliqni noqonuniy ovlagan. Tabiatga yetkazilgan zarar 12,7 mlrd so‘m hisoblangan.
Foto: Ekologiya vazirligi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida noqonuniy baliq ovlagan shaxs tabiatga katta miqdorda zarar yetkazgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Shahrisabz tumanida reyd o‘tkazilgan. Unda Hisor mahallasida yashovchi Y.Q. noqonuniy ravishda Tanxoz daryosidan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 412 dona Amudaryo gul balig‘i (forel) hamda 6 dona oddiy qorabaliq ovlagani aniqlangan.
Huquqbuzarlik oqibatida tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 12 mlrd 749 mln so‘mdan ortiqni tashkil etgan.
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar tegishli chora ko‘rilishini ta’minlash maqsadida viloyat prokuraturasiga yuborilgan.
Avvalroq Zangiota tumanida baliqlarni nobud qilgan korxonaga 92 mln so‘m kompensatsiya hisoblangandi.
Jamiyat
Milliy bog‘ ko‘chasida «Makro Yangi Zamon» ochilmoqda
7 may kuni soat 15:00 da «Makro Yangi Zamon» filialining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tadi.
Dasturda DJ, boshlovchi va blogerlar ishtirokida ko‘ngilochar tadbirlar, sovg‘ali o‘yinlar, qimmatbaho sovg‘alar hamda bepul tatib ko‘rish imkoniyati mavjud. 150 000 so‘mdan ortiq xarid qilganlar sovg‘ali o‘yin ishtirokchisiga aylanadi.
Manzil: Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Milliy bog‘ ko‘chasi 9-uy (Uchxoz).
Reklama huquqi asosida
Jamiyat
Ekologiya qonunbuzarliklari uchun jarimalar keskin oshirildi
Ekologiya sohasidagi ayrim huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar joriy etildi. Yangi qonunga ko‘ra, jarimalar endi tabiatga yetkazilgan zarar hajmiga bog‘liq tarzda hisoblanadi.
Jumladan:
daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash tartibini buzgan yuridik shaxslarga – zararning 3 baravari miqdorida;
daraxtlarni muhofaza qilish choralarini ko‘rmaganlik uchun – 5 baravari miqdorida;
suvlarni ifloslantirish yoki oqova suvlarni noqonuniy oqizish uchun – 10 baravari miqdorida jarima qo‘llaniladi.
Qonun rasman e’lon qilinganidan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ta’kidlanishicha, avvalgi tartibda jarimalar yetkazilgan zararga mutanosib emasligi sabab ayrim korxonalar uchun jarima to‘lab, faoliyatni davom ettirish osonroq bo‘lib qolgani tanqid qilingan edi.
Jamiyat
Jizzaxda poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan bolani tok urdi
Hodisa Marjonbuloq temir yo‘l bekatida sodir bo‘lgan. Vagon ustiga chiqqan 7-sinf o‘quvchisini yuqori kuchlanishli elektr toki urgan.
Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida 24 aprel kuni vagon ustiga chiqib, suratga tushmoqchi bo‘lgan maktab o‘quvchisini yuqori kuchlanishli elektr toki urdi. Bu haqda “Millar” ko‘rsatuvida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa Marjonbuloq temir yo‘l bekatida sodir bo‘lgan. Bekatda turgan vagon ustiga chiqqan 7-sinf o‘quvchisini yuqori kuchlanishli elektr toki urgan.
Jabrlanuvchi 2012 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan bola, hodisadan so‘ng tez tibbiy yordam orqali G‘allaorol tumani tibbiyot muassasasiga olib borilib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Tibbiy xulosaga ko‘ra, bolaga tana yuzasining 35–40 foizini qamrab olgan ikkinchi va uchinchi darajali kuyish tashxisi qo‘yilgan.
Holat yuzasidan Jizzax viloyati transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Meningit bilan bog‘liq vaziyat barqaror, ammo ehtiyot choralari muhim – Sanepidqo‘mita
So‘nggi kunlarda aholi orasida meningokokk infeksiyasi (meningit) bilan bog‘liq holatlar yuzasidan murojaatlar ko‘paygani kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan Sanitariya-epidemiologik qo‘mita vaziyat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, meningokokk infeksiyasi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham mavsumiy xususiyatga ega. Kasallanish holatlari, odatda, kuz va bahor oylarida, ayniqsa fevral-mart davrida ko‘proq qayd etiladi.
Sanepidqo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, epidemiologik vaziyat ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan. Barqarorlikni ta’minlash maqsadida profilaktik va sanitariya tadbirlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Jumladan, bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar to‘liq emlash bilan qamrab olingan bo‘lib, ular orasida kasallanish holatlari qayd etilmagan. Tibbiy qarshi ko‘rsatmasi bo‘lgan shaxslar esa shifokorlar nazoratida kimyoviy profilaktika tadbirlari bilan ta’minlanmoqda.
Mutaxassislar kasallikning asosiy belgilariga e’tibor qaratish muhimligini ta’kidlamoqda. Ular orasida yuqori harorat, kuchli bosh og‘rig‘i, bo‘yin qotishi, ko‘ngil aynishi yoki qusish, yorug‘likka sezgirlik, xolsizlik va ayrim hollarda tanada toshma paydo bo‘lishi bor. Bolalarda esa tinmay yig‘lash, ovqat yemaclik, ortiqcha uyquchanlik yoki bezovtalik kuzatilishi mumkin.
Shu kabi alomatlar kuzatilgan taqdirda, fuqarolarga oilaviy shifokorlik punktlari, poliklinikalar yoki yuqumli kasalliklar shifoxonalariga zudlik bilan murojaat qilish tavsiya etiladi.
Kasallikning oldini olish uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish, jamoat joylarida ehtiyot choralarini ko‘rish, ixtiyoriy emlanishdan o‘tish muhim. Shuningdek, haj va umra safariga chiqishdan oldin emlanish va safardan qaytgach ommaviy tadbirlarda ishtirokni vaqtincha cheklash tavsiya etiladi.
Ayni paytda respublika bo‘ylab barcha hududlarda vaksinatsiya markazlari faoliyat yuritmoqda va aholini meningokokk infeksiyasiga qarshi emlash uchun yetarli zaxiralar yaratilgan (ixtiyoriy emlash punktlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin)
Mutaxassislar aholini ortiqcha xavotirga tushmaslikka, vaziyat barqarorligini inobatga olgan holda faqat ishonchli va rasmiy manbalarga tayanishga chaqirmoqda.
-
Dunyodan3 days ago
Sudya Terranovaning o’ldirilishi
-
Sport5 days ago
FIDE reytingi yangilandi: ikki o‘zbekistonlik «top-5»talikda!
-
Jamiyat4 days ago
O‘zbekistonning ikki qo‘shnisi bilan tutashgan chegarasida «Tinchlik parki» tashkil etilishi mumkin
-
Jamiyat4 days agoJinoiy guruh yetakchisidan 2,7 ming dollar olgan profilaktika inspektori ushlandi
-
Jamiyat4 days agoDiyetolog qarishning asosiy «dushmani»ni ma’lum qildi
-
Dunyodan5 days ago
Smartfonlar nutqni o’ldiradiganmi?
-
Iqtisodiyot3 days ago
qaysi modellar ko‘p ishlab chiqarilmoqda?
-
Dunyodan5 days ago
AQShning Eronga iqtisodiy bosimi: inqiroz davom etadimi?
