Jamiyat
Iste’mol qilish muddati tugayotgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun chegirmalar joriy qilinadi
Iste’mol qilish muddati tugash arafasida bo‘lgan mahsulotlar narxi har 10 kunda pasaytirib boriladi.
O‘zbekistonda iste’mol qilish muddati tugayotgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun chegirmalar joriy qilinadi. Bu haqda “Oqilona iste’mol” (Save food) dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida belgilangan.
Unga ko‘ra, doimiy ravishda yirik savdo markazlari va oziq-ovqat do‘konlarida iste’mol qilish muddati tugash arafasida bo‘lgan mahsulotlar rastalari tashkil etiladi.
Iste’mol qilish muddati tugash arafasida bo‘lgan mahsulotlar narxi har 10 kunda pasaytirib boriladi.
Shuningdek, daladan savdo rastalarigacha yetkazib berish tizimining har bir bosqichida oziq-ovqat mahsulotlari yo‘qotishlarining oldini olish choralari ko‘riladi. Bunda yetishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini yig‘ishtirib olish, saralash, yuklash, tashish, muzlatkichlarga joylashtirish jarayonlari monitoring qilinadi.
Jamiyat
Uch yil avval pora olgan sobiq arxiv xodimasi sudga tortildi
Buxoro viloyat Arxiv tizimida ishlab kelgan ayolning firibgarlik va hujjatni soxtalashtirish bilan hujjat soxtalashtirish bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumani Sudi qaroriga ko‘ra, u pensiya chiqarib berish va’dasi bilan o‘z qarindoshi bo‘lgan fuqarodan pul olgan va soxta arxiv ma’lumotnomasini tayyorlagan.
1987-yilda Olot tumanida tug‘ilgan E.A. bir vaqtlar Olot tumani idoralararo shaxsiy tarkib arxivida fond saqlovchi vazifasida ishlagan. Keyinchalik ishdan chiqib, uyda o‘tirgan bo‘lgan.
Tergov materiallariga ko‘ra, E.A. 2023-yilda o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, «Denov» mahallasida yashovchi S.Q.ni aldagan. Unga pensiyaga chiqish uchun ish staji yetarli emasligini bilib, tanishlari orqali bu masalani hal qilib berishini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, pensiyani rasmiylashtirish uchun arxiv hujjatlari orqali qo‘shimcha ish staji «yozdirib berish» mumkin edi.
Buning uchun esa 300 AQSh dollari talab qilgan. S.Q. buncha miqdordagi puli bo‘lmagani uchun qo‘shnisidan qarz olgan va shu kuniyoq, E.A.ga 300 AQSh dollari topshirgan.
E.A. tayyorlagan ma’lumotnoma elektron baza orqali Davlat xizmatlari markaziga yuborilgan va uning asosida S.Q.ga shu asosda yoshga doir pensiya tayinlangan. U bir necha oy davomida pensiya olib kelgan.
Oradan vaqt o‘tib, pensiya hujjatlari qayta tekshirilganda, arxiv ma’lumotlari bilan solishtirish orqali jiddiy farqlar aniqlangan. 2025-yilning oxirida holat yuzasidan tergov ishlari boshlanib ketgan. Tergov hujjatlariga ko‘ra, E.A. arxivda saqlanayotgan «Denov kolxozi ish haqi kitoblari» asosida S.Q.ning ish kunlarini sun’iy ravishda ko‘paytirgan. Natijada, aslida, 5 yil 9 oy ish staji bo‘lgan fuqaroga 7 yil 10 oy staj borligi haqida soxta arxiv ma’lumotnomasi tayyorlangani oshkor bo‘lgan.
Tekshirish natijasida S.Q.ning 1984-yildagi ish kunlari asossiz ko‘paytirilgani, 1985-yildagi ish kunlari boshqa fuqaroga tegishli bo‘lgani hamda ayrim yillardagi ish kunlari sun’iy ravishda qo‘shib yozilgani aniqlangan. Va shu sabab bilan S.Q.ning pensiyasi bekor qilingan va u olgan 5 million 789 ming 863 so‘m pullar davlatga qaytarilishi belgilangan.
S.Q. huquqni muhofaza qiluvchi organlarga o‘z yaqin qarishdoshi tomonidan 2023-yilda pensiya hujjatlari soxtalashtirib berilganini va u ishonganini aytib, murojaat qilgan. Shundan so‘ng, departament xodimlari tomonidan tezkor tadbir tashkil etilgan. E.A. o‘z qarindoshi S.Q.dan olgan pullarini qaytarish uchun jabrlanuvchi bilan uchrashgan va 200 AQSh dollarini qaytarayotgan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan ushlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tuman sudi aybdorga Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik), 28- (Jinoyat ishtirokchilarining turlari) hamda 211- ( Pora berish) moddalari bilan ish qo‘zg‘ab, 3 yil muddatga ozodlikni cheklash hamda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosini bergan.
Jamiyat
Bugun havo harorati 15-18 darajagacha iliq bo‘ladi – O‘zgidromet
O‘zgidromet 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq — 1 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Jamiyat
Qidiruvdagi mashina egasining hiylasi ma’lum bo‘ldi
Qidiruvdagi mashina egasining hiylasi ma’lum bo‘ldi
Source link
Jamiyat
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etiladi
Joriy yil 13-martdagi «Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–40-son farmon qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi negizida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi (Akademiya) tashkil etiladi.
Akademiya qishloq xo‘jaligi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar yo‘nalishlari, uzoq va yaqin muddatli dasturlarni belgilovchi hamda muvofiqlashtiruvchi, agrosanoat majmuini ilmiy jihatdan rivojlantirishni amalga oshiruvchi davlat ilmiy muassasasi hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi, yer munosabatlari bilan bog‘liq islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishish jarayonida majburiy tartibda Akademiyada ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
Akademiyada quyidagi unvonlar berish tartibi joriy qilinadi:
yosh akademik;
Akademiya professori;
Akademiyaning muxbir a’zosi;
Akademiyaning haqiqiy a’zosi (akademik);
Akademiyaning xorijiy a’zolari.
Jamiyat
IQAir Toshkent havosi sifati haqida ma’lumot berdi
14-mart kuni Toshkentda havo sifati salomatlik uchun zararli darajaga yetdi.
IQAir platformasidagi real vaqt ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da poytaxtdagi havo sifati indeksi 151 AQIni tashkil etgan va u «Unhealthy» – zararli toifasida baholangan. Asosiy ifloslantiruvchi modda PM2.5 bo‘lib, uning konsentratsiyasi 55,5 mkg/m³ qayd etilgan. Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yillik tavsiya etilgan ko‘rsatkichidan 11,1 barobar yuqori.
IQAir ma’lumotida Toshkent uchun havo ifloslanishi bo‘yicha ehtiyot choralari ham keltirilgan. Jumladan, ochiq havoda jismoniy faollikni cheklash, derazalarni yopib turish, tashqarida niqob taqish va xona ichida havo tozalash uskunalaridan foydalanish tavsiya etilgan.
O‘zgidrometning atmosfera havosi monitoringi platformasiga ko‘ra, O‘zbekistonda kuzatuvlar 26 shahardagi 66 ta statsionar post va 23 ta avtomatik stansiya orqali olib boriladi. Kuzatuvlar mahalliy vaqt bilan kuniga uch marta – 07:00, 13:00 va 19:00 da amalga oshiriladi.
-
Jamiyat4 days agoNogironlar uchun onlayn platforma tenderida shubhali holatlar aniqlandi
-
Jamiyat4 days agoRulda kamar taqmagan Sardor Mamadaliyev jarimaga tortildi
-
Dunyodan4 days ago
Ali Xomanaiyning o‘g‘li Eronning yangi oliy rahbari etib saylandi
-
Siyosat2 days agoPrezident Mirziyoyev fuqarolardan murojaatlar ko‘payib borayotgan bir paytda militsiya xodimlarining qo‘pol xatti-harakatlarini tanqid qildi
-
Siyosat3 days agoIkki nafar O‘zbekiston fuqarosi firibgarlik va o‘g‘irlik hodisasidan so‘ng Bahrayn va AQShdan qaytib keldi
-
Sport4 days agoAvstraliyadan boshpana so‘ragan eronlik futbolchilardan biri fikrini o‘zgartirdi
-
Iqtisodiyot2 days ago
13-mart kuni ham dollar kursi pastlaydi
-
Turk dunyosi4 days agoEron urushi kuchayib borayotgan bir paytda Turkiya o’rtada qoldi
