Dunyodan
Istanbulda yetti yil avval sodir etilgan qotillik ishi fosh etildi. O’zbek ayoli vafot etdi
2019-yildan beri bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosi 36 yoshli Hurriyat Tursunboyeva Istanbulning Maltepe tumanida sodir etilgan qotillik qurboni ekanligi ma’lum bo‘ldi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u turmush o‘rtog‘i, 37 yoshli Ersin Y. tomonidan o‘ldirilgan, jasadi maydalangan.
G‘oyib bo‘lish haqidagi ishni qayta ko‘rib chiqishda jinoiy dalillar aniqlandi. Politsiya maxsus guruh tuzib, ayolning qarindoshlari va qo‘shnilarini so‘roqqa tutgan. Qo‘shnilarning aytishicha, o‘sha paytda erkak ularga ayol “deportatsiya qilingani” va uydan yoqimsiz hid kelayotganini aytgan.
Tergov jarayonida ayolning Turkiyani tark etgani haqida rasmiy ma’lumot topilmadi. Uning telefon raqami ham o‘sha paytda Yaponiyada faol ekanligi aniqlangan.
Prokuratura buyrug‘i bilan uy tintuv qilinib, maxsus kimyoviy usuldan foydalanilgan, oshxona va balkondan qon dog‘lari topilgan.
Keyinroq gumonlanuvchi, ayolning eri va tanishi qo‘lga olindi.
So‘roq paytida asosiy gumonlanuvchi xotini bilan janjallashganda uni kaltaklab o‘ldirganini tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jasadni dastlab balkonga olib chiqishgan va hidni yashirish uchun qum va ohak ishlatilgan. Keyin jasad qismlarga bo‘linib, chiqindixonaga tashlandi. Shu tariqa gumonlanuvchi izlarini yashirishga urindi.
Ikkinchi gumonlanuvchi: “Men qotillik haqida bilmaganman, lekin men shaxsiy maʼlumotlarimdan foydalanishga ruxsat berganman”, dedi.
Tergov ishlari yakunlangach, har ikki gumonlanuvchiga oid to‘plangan hujjatlar sudga yuborildi.