Iqtisodiyot

Issiqxonachilik sohasi qayta ko‘rib chiqiladi. Buning uchun Loyiha ofisi ochilmoqda

Published

on


Prezident farmoni va hukumat qarori asosida, O‘zbekistonda issiqxona sohasini isloh qilish bo‘yicha dastur qabul qilinadi. Dasturni xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda, Vazirlar Mahkamasi huzurida ochilayotgan Loyiha ofisi ishlab chiqadi.

Iqlim o‘zgarishi, tuproq degradatsiyasi, suv taqchilligi, geosiyosiy chaqiriqlar – bularning hammasi oziq-ovqat xavfsizligi masalasiga jiddiy yondashishni, xususan sohadagi oxirgi – yuqori texnologik yechimlarni joriy qilishni buyurmoqda.

Kun.uz O‘zbekistondagi issiqxonalar holatini ko‘rsatuvchi “O‘lgan issiqxonalar” hamda beshinchi avlod issiqxonalari haqidagi “Kelajak issiqxonasi” nomli hujjatli filmlarini e’tiboringizga havola qilgandi.

Hukumat hozirda sohani isloh qilish choralarini ko‘rmoqda. 2025 yil 8 oktyabr kuni “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” prezident farmoni qabul qilingan edi. Farmonga muvofiq, xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan dastur ishlab chiqish va bunda samarali boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yishga mas’ul tashkilot ta’sis etish belgilangan edi.

2026 yil 7 yanvar kuni ushbu dasturni ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2-sonli qarori qabul qilindi va unda 6 ta shtat birligidan iborat Loyiha ofisi (Issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha loyiha ofisi) ochilishi belgilandi.

Loyiha ofisi Vazirlar Mahkamasi huzurida alohida yuridik shaxs bo‘ladi. Uning rahbari va xodimlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Loyiha ofisi o‘z faoliyatida Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari kotibiyatiga hisobdor bo‘ladi.

Loyiha ofisining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:


issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturga qo‘yiladigan talablar va texnik shartlarni belgilash;
dasturni ishlab chiqishni tashkil etish va muvofiqlashtirish;
xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, shuningdek, xalqaro baholash tashkilotlari va konsalting kompaniyalarining issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha bergan tavsiyalarini umumlashtirish, tahlil qilish hamda maqbul tashabbuslarni amaliyotga joriy etishni ta’minlash.

Loyiha ofisi issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirish masalalarini institutsional tahlil qilish va islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini belgilash bilan mashg‘ul bo‘ladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version