Dunyodan

Isroil Hamasning yuqori martabali qo‘mondonini nishonga oldi

Published

on


Isroil harbiylari Hamasning G‘azo sektoridagi al-Qassam brigadasi yetakchisi Izzaddin al-Haddodga havo hujumi uyushtirdi.

Hozircha uning vafot etgani yoki jarohatlangani rasman tasdiqlanmagan. Hamas hujumga hozircha izoh bermadi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Mudofaa vaziri Isroil Kats al-Haddodni 2023 yil 7 oktyabrdagi hujum tashkilotchilaridan biri deb atagan.

G‘azodagi mahalliy manbalar hujum oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar yaralanganini ma’lum qildi.

Ayni paytda, oktyabr oyida e’lon qilingan otashkesimga qaramay, mintaqada deyarli har kuni hujumlar davom etmoqda. Isroil va HAMAS bir-birini kelishuvni buzganlikda ayblamoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version