Dunyodan

Isroil AQShni Trampga qarshi yangi suiqasd haqida ogohlantirdi

Published

on


Isroil AQSh hukumatiga Eron prezident Donald Trampga qarshi yangi suiqasd tayyorlayotgani haqida ma’lumot berdi. Bu haqda The Wall Street Journal va CNN manbalarga tayanib xabar berdi.

Isroilning ogohlantirishi shu hafta Vashingtonga yetkazilgan, deydi rasmiylar. AQSh razvedka idoralari so’nggi haftalarda prezident Trampga qarshi ehtimoliy tahdidlar haqida xabar berishdi, biroq Isroil brifingida ehtimoliy suiqasd rejasi haqida yangi ma’lumotlar bor edi.

Ushbu rejaning tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan. AQSh rasmiylari bu ma’lumotni hali mustaqil ravishda tasdiqlagani yo’q. Shu bilan birga, ayrim amerikalik rasmiylar Isroilning ogohlantirishi Vashingtonni Eronga qarshi harbiy harakatlarni kuchaytirishga undash bo‘lganini ham inkor etmadi.

Bu xabar AQSh va Isroilning Eron masalasida turlicha qarashlari fonida yangradi. Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Eronga harbiy bosimni saqlab qolish tarafdori, biroq prezident Donald Tramp mojaroga diplomatik yoʻl bilan barham bermoqchi. Ikki davlat rahbari 9 iyul kuni telefon orqali vaziyatni muhokama qilgan.

Eron rasmiylari 2020-yilda general Qosim Sulaymoniyning o‘limiga sabab bo‘lgan AQSh zarbasi uchun Donald Trampdan qasos olish haqida yillar davomida bir necha bor bayonotlar berib kelgan. Trampning o‘zi NATOning Anqaradagi sammitida Eron tomonidan hayotga tahdid solayotganini yaxshi bilishini aytdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version