Dunyodan

Islandiya Prezident Trampning Grenlandiyaga “ko‘zi” qaratishidan xavotirda va imkon qadar tezroq Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishni istaydi.

Published

on


Islandiya Yevropa Ittifoqiga (YeI) qo‘shilish bo‘yicha yangi muzokaralarni boshlash masalasini referendumga qo‘ymoqchi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Kristrun Xrostadottir ma’lum qildi.

“Keyingi bir necha oyni referendumga tayyorgarlik ko’rishga sarflaymiz. Bilamizki, bu qaror biz uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Biz Yevropaga yaqinlashmoqchimiz”, – dedi u.

Islandiya ham 2009-yilda Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish uchun ariza bergan, biroq 2015-yilda muzokaralar toʻxtatilgan edi.Yangi hukumatning bu tashabbusi mamlakat tashqi siyosatida muhim burilish nuqtasi boʻlishi kutilmoqda.

Politico nashrining xabar berishicha, Reykyavik hukumati referendum o‘tkazish muddatini ko‘paytirishga qaror qilganiga bir qancha sabablar bor. Bu asosan Tramp omiliga bog‘liq bo‘lib, Islandiya AQSh prezidentining Grenlandiyaga bo‘lgan da’volari (uning Grenlandiyani sotib olish yoki nazorat qilish istagi) va yangi tariflar joriy etilishidan xavotirda. Islandiya hukumati YeI bilan muzokaralarni 2027-yilgacha qayta boshlashni rejalashtirgan edi, biroq hozirgi geosiyosiy vaziyat referendumni joriy yilning avgustiga ko‘chirish masalasi muhokamasiga sabab bo‘ldi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version