Jamiyat

Irrigatsiya tizimi balansidan 10 sotix yer olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Published

on


Andijon viloyatida “Norin-Qoradaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi balansidan 10 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Shahrixon tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, fuqaro M.A. fuqaro S.T.ning ishonchiga kirib, unga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish hamda qo‘shimcha obekt qurish uchun Shahrixon tumani, “Norin-Qoradaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi balansidagi 10 sotix yer maydonini go‘yoki kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali noturar joy sifatida kadastr hujjatlarini tayyorlab olib berishi evaziga 32 000 AQSh dollari berishi kerakligini aytib, shundan 18 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version