Sport
«Inter Mayami» Oltin to‘p sohibini o‘z safiga qo‘shib oladi
Xorvatiya terma jamoasi sardori va «Real» afsonaviy yarim himoyachisi Luka Modrich faoliyatini AQShda davom ettirishi kutilmoqda. «Mundo Deportivo» xabariga ko‘ra, u «Inter Mayami» bilan bir yillik shartnoma imzolab, yiliga 2,5 million dollar maosh oladi.
Qizig‘i shundaki, transfer tashabbuskori Lionel Messining o‘zi bo‘lgan. Uning taklifiga javoban klub prezidenti Devid Bekxem: «Men ham Modrichni jamoamda ko‘rishni ancha vaqtdan beri xohlardim», — degan.
Ma’lumot uchun, hozirda «Inter Mayami» safida Messi, Suares, Buskets va Jordi Alba kabi yulduzlar bor. Endilikda ular qatoriga Luka Modrich ham qo‘shiladi.