Iqtisodiyot
Ijara xizmatlari hajmi 5,1 trln so‘mga yetdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar–may oylarida ijara xizmatlari hajmi 5,1 trln so‘mni tashkil etdi.
O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 25,6 foizga o‘sish qayd etilgan.
Hududlar kesimida yuqori o‘sish Surxondaryo (32,4 foiz), Sirdaryo (28,7 foiz) viloyatlari va Toshkent shahri (29 foiz)da kuzatilgan.