Jamiyat
IIV sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev ishi sudga oshirildi: tafsilotlar
IIV sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudida ko‘riladi. Sud ishi 29-iyul kuniga belgilangan.
Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevich Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish)ning bir qator qism va bandlari bo‘yicha ayblanmoqda.
Sud ishi jadvaliga ko‘ra, Bekmurod Abdullayev bilan birga jami 30 kishiga oid ish jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudida ko‘rib chiqilmoqda. Ularning ko‘pchiligi (167-modda 3-qismi a-bandi v-bandi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish)da ayblanmoqda. Sudlanuvchilar orasida Jazoni ijro etish departamenti sobiq boshlig‘i Rustam Tursunov ham bor. U 167-modda 2-qismi a-, b-bandlari, 167-modda 3-qismi a-, v-bandlari hamda 205-modda 2-qismi a-, b-bandlari bilan ayblanmoqda.
Ma’lumki, Bekmurod Abdullayev 2021-yil aprel oyidan ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan, 2025-yil 3-noyabr kuni ishdan olingan edi.
2026-yil yanvar oyida u qamoqqa olindi, keyinroq garov evaziga ozod etilgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi.