Jamiyat
IIBB arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmaslikka chaqirdi
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasining ogohlantirishicha, mehmon uylariga internet orqali to‘lov qilishda shoshilmaslik kerak.
Firibgarlar bu yo‘nalishga ham allaqachon kirib olgan. Bugun internet orqali, ayniqsa, Bo‘stonliq tumanining tog‘li hududlaridagi dachalarni band qilish uchun “Oldindan to‘lov qiling” mazmunidagi ko‘plab e’lonlar joylashtirilmoqda. Ular orasida firibgarlar ham e’tiborni tortuvchi, ishonarli e’lonlarni joylashtiradi.
Suratlar, videolar haqiqiy e’lonlardan olingan bo‘ladi. Farq shundaki, firibgarlar katta va hashamatli mehmon uylarini juda arzon narxlarda taklif qiladi. Mijozlari ko‘pligini va zudlik bilan oldindan to‘lov qilish kerakligini ta’kidlaydi.
Pullar o‘tkazilishi bilan ushbu dacha haqidagi e’lon va yozishgan akkaunt o‘chirib tashlanadi.
Bularga aldanmaslik uchun faqatgina rasmiy saytlardan foydalanish kerak. Arzon narxdagi hashamatli uylarga hech qachon oldindan to‘lov qilmaslik lozim.
Jamiyat
Davlat ishxonalarida har oyda bir marta «Qog‘ozsiz bir kun» aksiyasi o‘tkaziladi
Hukumatning joriy yil 18-martdagi 19-son qarori bilan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qog‘ozdan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-iyunga qadar:
ishlatilgan qog‘ozlarni yig‘ish uchun maxsus chiqindi quti (konteyner)lari tashkil etiladi va ularni qayta ishlash korxonalariga yetkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
har bir tarkibiy bo‘linmadagi xodimlar soni, ish hajmi va haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda, qog‘oz sarfi uchun cheklov joriy qilinadi.
2026-yil 1-maydan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida:
kelgusi 5 yilda xarajatlar smetasini tuzish jarayonida qog‘oz, siyoh, printer va nusxa ko‘chirish uskunalarini xarid qilish xarajatlari miqdori har yili 15 foizga kamaytirilgan holda rejalashtiriladi;
printerlardan markazlashgan holda umumiy foydalanish tizimi joriy qilinadi. Bunda umumiy foydalanishdagi ochiq ofisda faoliyat yurituvchi har 20 nafar xodim uchun 1 dona printer ajratiladi;
har oyda 1 marotaba «Qog‘ozsiz bir kun» ekoaksiyasi o‘tkaziladi.
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, birodar xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
Suhbatda Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tovar ayirboshlash barqaror ortib borayotgani, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor sohalarda qo‘shma kooperatsiya loyihalari ilgari surilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tomonlar, shuningdek, Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildilar. Uning yanada keskinlashishi keng mintaqa uchun oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga, jahon iqtisodiyoti retsessiyasiga olib kelishi mumkinligi, vaziyatni faqat siyosiy-diplomatik vositalar bilangina tez fursatda yumshatish zarurligi qayd etildi.
Bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
Jamiyat
Toshkentda isitish mavsumi bosqichma-bosqich yakunlanadi
Toshkent shahar hokimligi ayni kunlardagi ob-havo sharoitini inobatga olgan holda poytaxtda isitish mavsumini bosqichma-bosqich yakunlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.
Shu bilan birga, aholi qulayligi uchun kelayotgan bayram kunlari issiqlik ta’minoti saqlab qolinishi, isitish davri rejali yakunlanishi ma’lum qilingan.
Shunga ko‘ra, isitish mavsumini yakunlash 24 martdan boshlanishi rejalashtirilgan. U bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Ta’kidlanishicha, mavsumni yakunlashga o‘tish, shuningdek, kommunal infratuzilmaga tushadigan yuklamani kamaytirishga va resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qiladi.
Jamiyat
Hayit va Navro‘z munosabati bilan qo‘shimcha poyezd va avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Ramazon hayiti hamda Navro‘z umumxalq bayrami davrida yo‘lovchilarni o‘z manzillariga xavfsiz yetib borishlarini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etilmoqda.
Jumladan, 19 – 25 mart kunlari aholi talabini qondirish uchun jami 25 000 ta qo‘shimcha yo‘lovchi o‘rni yaratiladi.
Qo‘shimcha «Afrosiyob» reyslari:
19 – 21 mart kunlari (6 ta reys)
Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida;
19, 20, 21, 22, 23 va 25 mart kunlari
Toshkent — Buxoro — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, 19 – 25 – mart kunlari quyidagi yo‘lovchi poyezdlarga 4 tadan qo‘shimcha vagonlar ulanadi:
Toshkent – Xiva – Toshkent
Toshkent – Shovot – Toshkent
Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent
Toshkent – Termiz – Toshkent
Toshkent – Buxoro – Toshkent (Sharq)
Chiptalarni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rasmiy sayti, mobil ilovasi hamda temir yo‘l kassalaridan xarid qilish mumkin.
Shu bilan birga, «Toshkent» avtovokzalidan amaldagi reyslardan tashqari har kuni shaharlararo yo‘nalishlarda 70 dan ortiq qo‘shimcha avtobus qatnovlari ham tashkil etilmoqda.
Qatnovlar «Toshkent» avtovokzalidan Zomin, Samarqand, Jarqo‘rg‘on, Buxoro, Qorako‘l, Mirbozor, Navoiy, Jo‘sh, Nurota, Zarmitan, Zarafshon, Xatirchi, Qiziltepa, Konimex, Uchquduq, Kadan, Payariq, Shahrisabz, Qarshi, G‘uzor, Sherobod, Termiz, Denov, Uzun, Urganch, Xiva, Gurlan, To‘rtko‘l va Nukus shaharlariga amalga oshirilyapti.
Qatnov jadvali va chipta narxlari bilan avtovokzalning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida tanishish mumkin. Chiptalarni esa «Toshkent» avtovokzali chiptaxonalaridan hamda «UzBus» mobil ilovasi orqali onlayn tarzda sotib olish mumkin.
Jamiyat
Boysunda jarlikka tushib ketgan ayol qutqarildi
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida FVV qutqaruvchilari 25-30 metr pastlika sirpanib tushib ketgan fuqaroning hayotini saqlab qolishdi.
21 mart kuni soat 10:00 da Surxondaryo viloyati FVBga Boysun tumanida yashovchi fuqaro uyidan 20 metr narida joylashgan adirlikka tomosha qilish maqsadida chiqib, ehtiyotsizligi oqibatida taxminan 25-30 metr pastlikka sirpanib tushib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, fuqaroni jarlikdan chiqarib olgan va uning hayotini saqlab qolishgan.
Shundan so‘ng fuqaro tibbiyot xodimlariga topshirilgan.
Xabar qilinishicha, hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi.
-
Dunyodan4 days ago
Eron Hormuz boʻgʻozi orqali cheklangan oʻtishga ruxsat beradi
-
Iqtisodiyot4 days agopayme Tez QR orqali to‘lovni 3% keshbek bilan ishga tushirmoqda
-
Jamiyat4 days ago
Tadbirkor boshpanasiz bo‘lgan 5 ta oilani uy-joy bilan ta’minladi
-
Siyosat4 days agoSoʻnggi savdo maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston temir yoʻllari importi eksportdan 2,5 barobar koʻp
-
Dunyodan4 days ago
Istanbulda yetti yil avval sodir etilgan qotillik ishi fosh etildi. O’zbek ayoli vafot etdi
-
Dunyodan4 days ago
Isroil mintaqaviy tuzilmani qayta tiklamoqchi
-
Iqtisodiyot4 days agoQashqadaryo viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi
-
Siyosat5 days agoOnlayn suiiste’mollik va zararli kontentga qaratilgan qonun loyihasi Senatga kiritiladi
