Dunyodan
Hindiston 30 milliard yevroga qiruvchi samolyotlar sotib oladi
Hindiston havo kuchlari va dengiz floti 114 ta Fransiyaning Rafale qiruvchi samolyotlarini sotib oladi.
Shartnomaning umumiy qiymati taxminan 30 milliard yevroni tashkil qiladi. Le Monde gazetasining xabar berishicha, kelishuv Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Hindistonga to‘rt kunlik tashrifi chog‘ida imzolanadi.
Kelishuvning umumiy shartlari prezident Makronning tashrifidan bir necha kun oldin e’lon qilingan edi. Tomonlar shartnomaning texnik va tijorat shartlari bo‘yicha haligacha kelishmagan. Hindiston havo kuchlari va dengiz floti uchun 62 ta frantsuz qiruvchi samolyotini sotib olgan.
Prezident Makronning Hindistonga tashrifi ikki davlat oʻrtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashga bagʻishlangan. Fransiya prezidenti allaqachon Mumbayga tashrif buyurgan, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va bir qancha investorlar bilan uchrashgan, so‘ngra Nyu-Dehlidagi sun’iy intellektga bag‘ishlangan anjumanda ishtirok etgan.